Orzu tomon borishingiz kerak ! 6-sinf Tarix 1-variant


Download 201.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.08.2023
Hajmi201.25 Kb.
#1670345
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf Tarix 5 ta variant (1)



6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
Kutmang. Orzu hech qachon siz tomon harakatlanmaydi, siz 
orzu tomon borishingiz kerak ! 
 
6-sinf Tarix
1-variant 
1. Mil. avv. XVIII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi manzilgohlari 
nima uchun zavolga yuz tutadi? 
A) O’lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga 
qattiq qarshilik ko’rsata olmaganligi tufayli 
B) Ko’chmanchi oriy qabilalarining hujumi tufayli 
C) Tez-tez ro’y beruvchi toshqinlar, o’rmonlar va changalzorlar 
kengayishi ketishi tufayli 
D) Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedon 
qo’shinlarining bostirib kirib, hududga katta talofat yetkazganligi 
tufayli 
2. Quyidagi davlatlarning eng gullab-yashnagan davrlarini to'g'ri 
belgilang. 
1) Urartu; 2) Midiya; 3) Maurya; 4) So’nggi Misr podsholigi; 
a) mil. avv. VII asr; b) mil. avv. XIII;
c) mil. avv. IX-VIII asrlar; d) mil. avv. III asr. 
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-a 
B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 
D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 
3. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya, So’g’diyona 
aholisining asosiy qismi qaysi dinda edi? 
A) zardushtiylik B) buddaviylik
C) moniylik D) yahudiylik 
4. Tarixiy haqiqatga muvofiq bo'lmagan fikrni aniqlang. 
A) Afinada Parfenon ibodatxonasi Geradot yashagan asrda bunyod 
etilgan. 
B) Xitoyda beda o'simligi Xan sulolasi hukmronligi davridan tarqala 
boshlagan.
C) dastlabki diniy e’tiqod belgilari o‘rta tosh davrida vujudga kelgan. 
D) Qadimgi Bobil davlatining zavoli kassitlar bosqini bilan bog'liq. 
5. Milodiy 476-yil german qabilalarining Rimdagi yollanma qo’shini 
sarkardasi Odoakr so’nggi imperator Romulni taxtdan ag’darib 
tashladi va imperator unvoni nishonini qayerga jo’natdi? 
A) Afinaga
B) Bobilga
C) Galliyaga
D) Konstantinopolga 
6. Quyidagi shaharlaming qaysi davlat poytaxti bo'lganligini to'g'ri 
belgilang. 
1) Ershi; 2) Suza; 3) Tushpa; 4) Bityan;
a) Elam; b) Dovon; c) Qang‘; d) Urartu. 
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 
B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 
D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 
7. Yunonlarning oliy xudosi Zevsning inisi - dengiz xudosi, qizi - 
donishmandlik ilohasi. Uning o'g'li qanday xudo hisoblangan? 
A) Quyosh xudosi. 
B) Yorug'lik, musiqa va she'riyat xudosi. 
C) Muhabbat, she'riyat va go'zallik xudosi. 
D) O'rmonlar va ovchilik xudosi. 
8. Etrusklar tomonidan Italiyada shahar-davlatlar tashkil etilgan asrda 
jahonda yuz bergan voqeani aniqlang. 
A) Midiya qudratli davlatga aylandi. 
B) Afrosiyob shahriga asos solingan. 
C) Hindistonda buddaviylik dini shakllana boshladi. 
D) Finikiya alifbosi asosida yunon alifbosi vujudga keldi. 
9. Qadimgi Rimda «pontifiklar» kimlar edi? 
A) Diniy marosimlarning o'tkazilishi ustidan nazorat qilib boradigan 
ruhoniylar. 
B) Kichik kohinlar. 
C) Fol ochuvchi kohinlar. 
D) Qurbonlikni amalga oshiruvchi kohinlar. 
10. Quyidagi voqealarning yuz bergan davrini to'g'ri belgilang. 
1) Ossuriya davlati barham topdi; 
2) Xitoy tarixida «ko‘p podsholiklar» davri yuz berdi;
3) O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan;
4) Urartu davlati gullab-yashnadi; 
a) miloddan avvalgi VII-V asrlarda; 
b) miloddan avvalgi V-IV asrlarda; 
c) miloddan avvalgi IX-VIII asr boshlarida;
d) miloddan avvalgi VII asr oxirida. 
A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 
B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b 
D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 
11. Aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari 
topilgan shahar qaysi davrga oid? 
A) mil.av.V-IV asrlarga
B) mil.av.IV-III asrlarga
C) mil.av.III-II asrlarga
D) II-III asrlarga 
12. Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taalluqlilarini 
belgilang. 
1) Xitoyda «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» yuz berdi;
2) tarixchi Poliyen yashab ijod qildi;
3) Rim imperiyasi tarixida «oltin asr» yuz berdi;
4) Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan;
5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi;
6) tarixchi Arrian yashab ijod qildi. 
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 1, 3, 5 
C) 1, 3, 6
D) 1, 4, 5, 6 
13. Quyidagi qaysi javobda rimliklar xudolarining ta’rifi noto’g’ri 
berilgan? 
A) Venera – bahor va sevgi xudosi
B) Neptun – dengiz xudosi 
C) Femida– sudlov ilohasi
D) Baxus – may xudosi
14. Giksos qabilalari tomonidan quyi Misr bosib olingan 
mingyillikda .... 
A) Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi. 
B) Fors podsholigi tashkil topdi. 
C) Xitoyda qabila ittifoqlari paydo bo'la boshladi. 
D) Yunonistonda ilk shahar-davlatlar vujudga kelgan. 
15. Etrusklar nima uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshlagan? 
A) Yunon koloniyachilarining mamlakatda sigirlarni o’tlatish uchun
ommaviy tarzda ko’chib kelishi tufayli 
B) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun
C) Sitsiliya orolini egallash uchun 
D) G’arbiy O’rtayer dengizida yagona xo’jayinga aylanish uchun 
16. Miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikda yuz bermagan tarixiy 
voqeani aniqlang. 
A) Attikaning g'arbiy qismida yunonlar «Akropol» deb atalgan qal’a 
qurishgan. 
B) Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi. 
C) Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga kelgan. 
D) Italiya hududida Etrusk shahar-davlatlari tashkil topgan. 
17. Quyidagilardan bir yilda sodir bo'lgan voqealarni belgilang. 
1) J.F. Shampolyon Misr iyerogliflarini o’qish sirini kashf etdi; 
2) Nemis geograf ni F. Rixtgofen «Meridianal yo’l»ga «Buyuk ipak 
yo‘li» nomini berdi;
3) Nemis olimi Genrix Shlimann Troya ahri xarobalarini ochishga 
muvaffaq Idi;
4) Ahamoniylar davri O'rta Osiyo idaniyatiga oid «Amudaryo 
xazinasi» lildi. 
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 
18. Qaysi voqea xorazmliklar ahamoniylar saltanatidan ajralib 
chiqqan asrda yuz bergan? 
A) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o'rnatildi. 


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
B) Yunonistonda Drakont qonunlari qabul qilindi. 
C) O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. 
D) Xeroneya shahri yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan. 
19. Mashhur yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” asarida yurtimiz 
haqida qanday ma`lumotlarni beradi? 
A) yurtimizning qadimgi aholisi haqida ma’lumotlarni beradi
B) yurtimizning qadimgi davlatlari haqida ma’lumotlarni beradi
C) yurtimizning tabiati haqida ma’lumotlarni beradi
D) yurtimizning urf-odatlari haqida ma’lumotlarni beradi 
20. Asarlarida o'lkamiz haqida ma’lumotlar keltirgan quyidagi 
tarixchilarning yashagan davrini aniqlang. 
1) Arrian; 2) Geradot; 3) Strabon; 
4) Poliyen; 5) Kvint Kursiy Ruf; 
a) mil. avv II asr; b) mil. avv. V asr; c) milodiy II asr; 
d) mil. avv. I asr oxiri; e) milodiy I asr. 
A) 1-e, 2-b, 3-d, 4-a, 5-c 
B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e 
C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-e 
D) 1-e, 2-b, 3-a, 4-d, 5-c 
21. Insoniyat hayotida ro‘y bergan quyidagi o'zgarishlarni 
qadimiyligiga ko'ra, to‘g‘ri xronologik tartibda belgilang. 
1) O‘rta Osiyo janubida sun'iy sug‘orishga asoslangan 
dehqonchilikning vujudga kelishi; 
2) Xitoy hududida ilk davlatning vujudga kelishi; 
3) Qadimgi Yunonistonda teatrning vujudga kelishi;
4) paxsa imoratlar qurilishining vujudga kelishi; 
5) O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi. 
A) 4, 2, 1, 5, 3
B) 4, 1, 2, 5, 3 
C) 1, 4, 2, 3, 5
D) 2, 4, 1, 3, 5 
22. Ma’lumki, “Zafaryor” imperiyasining oliy hukmdorlari bilan 
ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari o’rtasida urushlar bo’lib o’tadi. 
Bu urushlar necha yil davom etadi? 
A) 120 yildan uzoqroq
B) 150 yildan uzoqroq
C) 100 yildan uzoqroq
D) 200 yildan uzoqroq 
23. Insoniyat tarixining qaysi davrlarida ona urug'i davri hukm 
surgan? 
1) qadimgi tosh davri;
2) so'nggi tosh davri;
3) o‘rta tosh davri; 4) yangi tosh davri;
5) mis-tosh davri; 6) bonza davri. 
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5
D) 3, 4, 5, 6 
24. Xitoyda Xan imperiyasi hokimiyatga kelgan yildan 10 yil 
muqaddam .... 
A) Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan mustaqil bo'lib ajralib 
chiqdi 
B) Yunonlar va makedonlar o'rtasida Xeroneya yaqinidagi Beoteyada 
jang bo'lib o'tdi 
C) Gannibal Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor 
keltirdi 
D) Hindistonda Mauriya davlatiga asos solindi 
25. Ahamoniylar hukmdori Kir II ning qaysi yurishi muvaffaqiyatsiz 
tugagan? 
A) midiyaliklar ustiga qilgan yurishi 
B) Kichik Osiyodagi skiflar ushtiga yurishi 
C) massagetlar ustiga yurishi 
D) Bobil ustiga qilgan yurishi 
26. Mesopotamiya aholisi oltin, mis, kumush, qalayi va noyob 
toshlarni qayerdan keltirishgan? 
A) Nubiyadan
B) Liviyadan
C) Suriyadan
D) Kavkazorti va Erondan
27. Qadimgi Rimda Xalq tribunining vakolatlari qaysi javobda to'g'ri 
ko'rsatilgan? 
1) xalq qo'zg'olonlarini bostirishga rahbarlik qilgan;
2) qashshoq rimliklar manfaatini himoyaqilgan;
3) harbiy davrlarda qo'shinlarga qo'mondonlik qilgan;
4) «veto» huquqidan foydalana olgan;
5) jinoyatchilarni sud qilgan;
6) har уili Senatga hisobot berib turgan.
A) 2,3,5 В) 1,2,4 C) 3,5,6 D) 2,4 
28. Qaysi javobda davlat asoschilarining nomlari keltirilgan? 
A) Kir II, Antiox, Demetriy, Lyu Ban, Ashoka 
B) Chandragupta, Salavka, Kserks, Perikl, Filipp II 
C) Menes, Menua, Kiaksar, Diodot, Sin Shixuandi 
D) Lyu Ban, Menes, Kudzula Kadfiz, Kir II, Chandragupta 
29. Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? 
A) Minoy sivilizatsiyasini axeylar, Mikena davlatini esa doriylar 
yakson qilishgan. 
B) Eski Termiz yodgorliklaridan yunon alifbosidagi kushon bitiklari, 
Surxko'tal yodgorligidan esa oromiy yozuvi asosidagi kushon-
baqtriya yozuvlari topilgan. 
C) Maurya podsholigiga Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, 
Chjou podsholigiga esa butun Shimoliy Xitoy kirgan. 
D) O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimiy ibodatxona qoldiqlari 
bronza davriga, eng qadimiy qoyatosh tasvirlari esa mezolit davriga 
oid. 
30. Xato fikrni aniqlang. 
A) Yunon-Baqtriya davlati vujudga kelgan asrda Zardusht va'zlari 
matnlari 21 kitobga jamlangan. 
B) Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra, inson umrining tub ma’nosi 
adolatli turmush tarzidan iborat bo'lishi lozim. 
C) Zardushtiylik diniga ko'ra, Anaxita hosildorlik va suv ilohasi 
hisoblangan. 
D) «Avesto» so'zi «qat’iy belgilangan qonun-qoidalar» ma'nosini 
anglatadi. 

Download 201.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling