Orzu tomon borishingiz kerak ! 6-sinf Tarix 1-variant


Download 201.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.08.2023
Hajmi201.25 Kb.
#1670345
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf Tarix 5 ta variant (1)

6-sinf Tarix 
2-variant 
1. Quyida voqealardan bir asrda yuz berganlarini belgilang. 
1) Zardusht va’zlari matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlandi; 
2) Maurya davlati o'z ravnaqining cho'qqisiga ko'tarildi;
3) Rimda barcha fuqarolar qonun oldida teng deb e’lon qilingan 
qonunlar qabul qilindi;
4) Salavka Bobil taxtiga o'tirdi; 
5) Yunon-Baqtriya davlati yuechji qabilalari tomonidan bosib olindi. 
A) 1,2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 3, 4 
2. Ko’chmanchi giksoslar qabilalari hujum qilgan paytda Misrda 
qaysi podsholik hukm surardi? 
A) Yangi podsholik 
B) Qadimgi podsholik 
C) O’rta podsholik D) So’nggi podsholik 
3. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 
1) O'rta Osiyoda zardushtiylik dinining vujudga kelishi. 
2) Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilikning vujudga kelishi;
3) Qadimgi Sharqda dastlabki shahar-davlatlarning tashkil topishi; 
4) O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi;
a) mezolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri;
d) temir davri. 
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 
B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b 
D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 
4. Doro I hukmronligi davrida … O’rtayer dengiziga qadar yastangan 
ulkan imperiya barpo etildi. 
A) Afrika sharqidan 
B) Kichik Osiyo g’arbidan
C) Fors ko’rfazidan 
D) Hindiston shimolidan 
5. Quyidagi voqealardan qaysilari o'rtasida 100 yil farq borligini 
to'g'ri belgilang. 
A) Drakont qonunlarining qabul qilinishi va Fradaning qo’zg’alon 
ko’tarishi; 
B) Fors shohi Kir II ning halok bo'lishi va Aleksandr 
Makedonskiyning Ahamoniylar davlatini bosib olishi 
C) Salavkaning Bobil taxtini egallashi va Zama shahri yonidagi 
jangda Karfagen armiyasining tor-mor etilishi 


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
D) Sin Shixuandi Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirishi va 
Karfagen butunlay vayronaga aylantirilishi 
6. Yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin rangidan havorang 
yoki kulranggacha o’zgartirib, tuslanib turgan inshoot nomini 
aniqlang. 
A) Delfiya ibodatxonasi 
B) Panteon ibodaxonasi 
C) Parfenon ibodatxonasi 
D) Kolizey amfiteatri 
7. Quyidagi shaxslarga oid to'g'ri ta’rifni aniqlang. 
1) Skunxa; 2) Bess; 3) Diodot; 4) Miltiad; 
a) Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Baqtriya satrapi;
b) Marafon jangida yunon qo'shinlari sarkardasi; 
c) Doro I ga qarshi kurashgan saklar sardori;
d) Yunon-Baqtriya davlati asoschisi. 
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 
B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 
C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 
D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b 
8. Buyuk Ipak Yo’li qaysi asrlarda mavjud bo’lgan? 
A) mil.avv. III asr- milodiy VII asr
B) mil.avv. IV asr- milodiy X asr 
C) mil.avv. II asr- milodiy XVI asr
D) milodiy I-VIII asrlar 
9. Puni urushlari boshlangan asrda Hindistonda .... 
A) Magadxa, Koshala, Malla davlatlari tashkil topdi. 
B) buddaviylik dini vujudga keldi. 
C) yunon-makedon qo'shinlari quvib chiqarildi. 
D) Maurya davlati o'z taraqqiyotida yuksak pog'onalarga erishdi. 
10. Yunonlarning Qora dengiz sohillaridagi koloniyalarini aniqlang. 
A) Olviya, Xersones, Pantikapey
B) Kirena, Sirakuza, Massiliya 
C) Tir, Karfagen, Rim 
D) Persepol, Fiva, Delfiya 
11. Aholisi yerni ishlash, sholi va bug‘doy 
yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga 
erishgan davlatni aniqlang. 
A) Isroil B) Qang’ C) Finikiya D) Davan 
12. Yunon-fors urushlari tugagan asrda .... 
A) Xorazm Ahamoniylar imperiyasi tarkibidan ajralib chiqgan. 
B) Buyuk Xitoy devori barpo etila boshlangan. 
C) Puni urushlari boshlangan. 
D) Afinada «Perikl asri» bo’lgan. 
13. Quyidagilardan hududlar va ularga mos keluvchi yodgorliklarni 
aniqlang. 
1) Nil vodiysi
2) Dajla va Frot oralig’i
3) Hind vodiysi 4) Eron 
a) Moxenjodaro
b) Misr piramidalar majmuyi
c) Persepol
d) Bobil 
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b 
14. Quyidagilardan qadimgi dunyo tarixida urush xudolari 
hisoblanganlarini aniqlang. 
1) Maat; 2) Ishtar; 3) Set; 4) Merkuriy; 5) Artemida;
6) Ares; 7) Indra; 8) Mitra; 9) Mars. 
A) 1, 2, 3, 6, 8, 9
B) 3, 4, 5, 6,8 
C) 2, 6, 9
D) 2, 3, 5, 6, 9 
15. Qadimgi Misrda qaysi fir’avn davrida Falastin, Finikiya va 
Suriyani istilo qilish boshlandi? 
A) Menes 
B) Tutanxamon 
C) Tutmos III 
D) Tutmos II 
16. “Avesto”ning ilk qismlari paydo bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan 
voqeani aniqlang. 
A) Qadimgi Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj 
topishi bilan manzilgoh va shaharlar soni ortib bordi 
B) O‘zbekiston hududida ilk temir asriga o‘tish boshlangan 
C) Spartada qulga aylantirilgan aholi ko‘pchilikni tashkil etar, ular 
spartaliklardan nafratlanardi 
D) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi 
17. Qaysi omil tufayli olimlar uchun qadim ming yilliklar tarixini 
tiklash osonlashdi? 
A) Ularga keng texnik sharoitlar yaratilishi bilan. 
B) Yozma manbalarning topilishi bilan. 
C) Arxeologiya fanining rivojlanishi bilan. 
D) Qadimgi lotin tilini o'zlashtirish tufayli. 
18. Siddhartha Gautama hayotini tamomila o'zgartirib yuborgan 
voqeani aniqlang. 
A) munkillagan cholga o'xshab qolgan, bedavo dardga yo'liqqan 
navqiron kishini ko'rib qolishi 
B) jamiyatdagi kuchli tabaqalanish natijasida yuzaga kelayotgan jabr-
zulm 
C) saroydagi zolim amaldorlar bilan to'qnash kelishi 
D) xudolarga qilinadigan behisob xarajatlar, qurbonliklar marosimi 
19. Qaysi javobda hozirgi Markaziy Osiyo hududida qadimda 
mavjud bo’lgan davlatlar to’g’ri xronologik ketma-ketlikda berilgan? 
1) Salavkiylar davlati 2) Qadimgi Baqtriya
3) Ahamoniylar davlati 4) Yunon-Baqtriya podsholigi
5) Kushon podsholigi 
A) 2,1,4,3,5 B) 2,1,4,5,3 C) 1,2,3,4,5 D) 2,3,1,4,5 
20. Qaysi hukmdorlar davrida ular hukmronlik qilgan davlatlar o'z 
ravnaqining cho'qqisiga erishgan? 
A) Xammurapi, Kiaksar, Ashoka, Kanishka, Demetriy, U Di, Perikl, 
Oshshurbanapal 
B) Xammurapi, Kiaksar, Ashoka, Kanishka, Demetriy, U Di, Perikl 
C) Xammurapi, Kiaksar, Ashoka, Kanishka, Demetriy, U Di, Perikl, 
Neron 
D) Xammurapi, Kiaksar, Chandragupta, Kanishka, Demetriy, U Di, 
Perikl 
21. Vandallar Rimni talagan kun bilan bog‘liq raqamni aniqlang. 
A) Yunonistonda Xalq Majlisida ishtirok etish yoshi 
B) Rimda harbiy xizmatga olish yoshi 
C) Misrda kasb-hunarlar soni 
D) Rimda oq yo’llik toga kiyish yoshi 
22. Qadimgi dunyo tarixidagi ilohlarni ularga xos xususiyatlar bilan 
to'g'ri muvofiqlashtiring. 
1) Venera; 2) Demetra; 3) Vesta; 4) Artemida; 5) Afina; 
a) ov xudosi; 
b) bahor va sevgi xudosi; 
c) dehqonchilik va hosildorlik ilohasi; 
d) donishmandlik ilohasi. 
e) xonadon o'chog'i ilohasi. 
A) 1-b, 2-c, 3-e, 4-a, 5-d 
B) 1-d, 2-c, 3-e, 4-a, 5-b 
C) 1-b, 2-e, 3-c, 4-a, 5-d 
D) 1-d, 2-a, 3-e, 4-c, 5-b
23. Midiya podsholigi qayerlarda joylashgan? 
A) Urmiya va Van ko'li atrofida. 
B) Kaspiy dengizidan janubi-g'arbda. 
C) O'rtayer dengizining sharqiy sohilida. 
D) Dajla daryosining yuqori oqimida. 
24. Quyidagi qaysi voqea yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga 
sabab bo'ldi? 
A) Yunonlarning Kichik Osiyo koloniyalaridagi aholiga nisbatan olib 
borgan jabr-zulmi. 
B) Doro I ning O'rtayer dengiziga qo'shin tushirishi. 
C) Miltiatning fors kemalarini cho'ktirib yuborishi. 
D) Doro I ning Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani 
bosib olishi. 
25. Misrliklar fikricha, marhumlar saltanatidagi hayot nimaga bog’liq? 
A) muqaddas bayramlardagi ishtirokiga
B) piramidalar qurilishidagi ishtirokiga
C) Osiris sudining natijalariga


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
D) kohinlar tomonidan berilgan xulosalarga 
26. Ayni bir asrda yashagan tarixiy shaxslarni aniqlang. 
1) Kambiz II; 2) Drakont; 3) Sargon I; 
4) Salon; 5) Tarkviniy; 6) Perikl. 
A) 1, 3, 6
B) 2, 3, 5 
C) 4, 5, 6
D) 1, 4, 5 
27. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko'pchiligi qay tarzda 
tashkil topgan? 
A) Bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo'li bilan. 
B) Iqlim sharoiti qulay bo'lganligidan aholining ko'chib kelishi 
natijasida. 
C) Tashqi dushmanlaming bostirib kirib, o'z shaharlarini bunyod 
etishlari natijasida. 
D) Dengiz yaqin bo'lganligi sababli bandargohlarda aholi ko'payishi 
natijasida. 
28. Mesopotamiyada o’z oilasini boqish uchun kambag’allar nima 
qilar edilar? 
A) podsho va ibodatxona mulklarida mehnat qilar edilar 
B) boshqa mamlakatlarga ish qidirib ketishga majbur bo’lgan 
C) boylar yerida ishlar edilar 
D) oz bo’lsada o’z yerlarida ishlashgan 
29. Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa yurishi davomida 
quyidagilardan qaysi hududni egallamagan? 
A) Mesopotamiya B) Misr C) Suriya D) Kichik Osiyo 
30. Javoblarning qaysi biri noto’g’ri berilgan? 
A) mil. avv. IV mingyillik boshlarida Nil vodiysi o’zlashtirila 
boshlandi
B) Nil daryosi Afrikani shimoli-sharqida joylashgan
C) Misr g’arbda Liviya bilan chegaradosh
D) Misrliklar hosilni kuzda yig’ib olishgan 

Download 201.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling