Orzular og’ushida yangi yil


Download 61.12 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi61.12 Kb.
#1761911
Bog'liq
FAYZLI YANGI YIL SHOUSI TADBIRLARIGA TAYYORGARLIK


FAYZLI YANGI YIL SHOUSI TADBIRLARIGA TAYYORGARLIK
Y angi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtgato’g’ri keladi. Ko’pchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Rossiyada (Pyotr I tomonidan 1699 yil belgilangan) har yili 1 yanvarda nishonlanadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. Urta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda navro’z bayramini Ya.y.ning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi 

Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri bo’lib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari ma’lum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan bo’lishiga qaramasdan bayramning tub mohiyati bir hilligicha qolib kelgan, ya’ni Yangi Yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va o’tgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan. Masalan qadimgi Misrda Yangi Yil bayrami Nil daryosining eng to’lib toshgan davriga, ya’ni Sentyabr oylariga to’g’ri kelgan bo’lib, misrliklar uchun bu davr dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi hisoblanib, Ra xudosi sharafiga bayram o’tkizilib qurbonliklar qilingan. Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tug’ilishi davriga to’g’ri kelib dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi bo’lib, yangi yilda dexqonchilikni mo’l ko’l bo’lishini so’rab mabudlar sharafiga qurbonliklar qilinib bayram qilingan. Bizning qadimgi O’rta Osiyoda yangi yil Zardushtiylik udumlariga ko’ra bahorning dastlabki oylarida nishonlangan bo’lib, ko’kalamzorlikning kelishi va tabiatning uyg’onishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navro’z bayramimiz ana shu Zardo’shtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yo’qdir. Undan tashqari barcha davrlarda Yangi Yil bayrami turli hil dinlarga bog’liq holda nishonlanishiga qaramasdan, bu bayram tub ma’nosi jihatidan DINIY bayram emas, ko’proq IJTIMOIY bayram sifatida nishonlangan.[1]


Tarixda birinchi mata rasmiy jihatdan Yangi Yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 46-yilda ta’sis etilgan bo’lib u 1 Yanvar deb e’lon qilingan. Bu bayramga asos qilinib qadimgi Rimdagi xudolardan biri Janus xudosi olingan bo’lib, u yangi yilning boshi va eski yilning ohirida tug’ilganligi aytiladi. Uning yuzi ikki tomonlama bo’lib, bir yuzi eski yilga, ikkinchi yuzi yangi yilga qaratilgan bo’lgan. 1-yanvar kuni qadimgi Rimda katta bayram tashkil etilgan bo’lib Janus xudosi sharafiga turli hil sovg’a salomlar ulashilgan. Lekin shu o’rinda bir narsani ta’kidlab o’tish lozim Rimliklar kalendari bo’yicha Yanvar oyi hozirgi dunyoda ishlatiladigan Grigorian kalendarining mart oyiga to’g’ri kelgan.
Rim imperiyasining qulashi va Xristianizmning keng tarqalishi bilan Yangi Yil bayramini nishonlash har bir mamlakatda turlicha yo’nalish oladi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Fransiyada bu sana Paxsa bayrami haftasining birinchi kuniga to’g’ri keladi, Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oralig’ida har yilgi kalendarning o’zgarishiga qarab o’zgargan, Provaslav cherkovidagi xalqlarda (jumladan Ruslarda) yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi Yil Iso alayhsalomni tug’ilgan kuni 25-dekabrda nishonlangan. Bu bayram xar bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab o’zgargan. O’rta Osiyo va Yaqin sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan bo’lib, keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan ko’pchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan, O’rta Osiyo, Eron va boshqa Navro’z bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno.
Islom dinida ham Yangi Yil mavjud bo’lib u 15-16 iyul oylariga to’g’ri kelib, Muharram deb ataladi. Aynan 622-yil 15 yoki 16 iyuldan boshlab Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida o’tkazilishi hamon bahsli bo’lib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidat sifatida qaraladi. Lekin u ikkita mazhabdagi turli diniy yo’nalishlarga qarab o’zgarishi mumkin. Shuningdek Islom dini boshqa sivilizatsiyalar mahsuli bo’lgan barcha Yangi Yil bayramlarini (1-yanvar, 21-mart, Xitoy yangi yili, Iso alayhsalom tug’ilgan kuni) qatiyan rad qiladi.
1582-yilda Papa Grigorian, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi, unga ko’ra yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigorianning tavsiyalari umuman yo’q, bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan, lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan. Lekin asta sekinlik bilan Yevropada uyg’onish davrining ohirlariga kelib Cherkovdan ajralish yaqqol sezila boshladi. Mamlakatlardagi inqiloblarning boshlanishi bilan Katolik cherkovining obro’si yemirilib, davlatlarning ichki siyosatiga ta’sirini deyarli yo’qotdi. XIX-asrning ohiri va XX-asrning boshlarida butun Yevropa davlatlari dunyoviy davlatlarga aylanib bo’ldi. Undan tashqari Protestanizmning keng miqyosda yoyilishi bilan Katolik cherkovi butunlay nazoratni qo’ldan chiqarib qo’ydi. XX-asrning boshlaridan boshlab Yangi Yil bayrami nishonlanishi keng tarqaldi va Katolik cherkoviga qarama qarshi ravishda Iso masihning tug’ilgan kuni bo’lmish (rojdestvo) 25-dekabrga raqobatchi bayram sifatida 1-yanvar, Yangi Yil bayrami paydo bo’ldi. O’rta Osiyoda Yangi Yil (Navro’z) har doim ham nishonlanib kelgan. Yangi Yilning bizning madaniyatimizga kirib kelishi Chor Rossiyasi bilan emas balki Sovet Ittifoqi bilan bog’liqdir. Garchi 1-yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699-yilda Yevropaga hayrihohlik munosabatida bo’lgan Pyotr I tomonidan tayinlangan bo’lsada u Rus Imperiyasida eng katta bayramlar sirasiga kirishga ulgurmagan edi. Keyinchalik Sovet Ittifoqi davriga kelib Yangi Yil ommaviy ravishda nishonlana boshlandi.
Hozirgi kunda 1-yanvar dunyoviy bayram bo’lib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi, diniy qonunlarga asoslanib qurilgan jamiyatlar bundan mustasno.

Download 61.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling