Orzularingiz eshigini biz bilan oching


Ega, kesim, hol, ega, kesim


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.07.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1659605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOLOGIYA ONA TILI (1)

Ega, kesim, hol, ega, kesim
A) Eshik ochildi va rassom xonaga kirib keldi.
B) Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi.
C) Qizig'i shundaki, u yerda hech kim yo‘q ekan.
D) Sizlar ketdingizlar-u, tog‘da biz qolib ketdik.
68. Qaysi javobda ko'tarinkilik, tantanavorlik
bo'yog’ini ifodalagan, uslubiy xoslangan kelasi
zamon qo‘shimchasi qo’llangan?
A) Eshilib, to‘lg‘onib ingranadi kuy,
Qaylardan kelmoqda bu oh-u faryod?
Kim u yig‘layotgan Navoiymikan?
Va yo may kuychisi Hayyommikan dod?!
B) Men nechun sevaman O‘zbekistonni
Tuprog‘in ko'zimga aylab to‘tiyo?
Nechun Vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
C) Balki, ustoz Oybekdek to‘lib,
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki, Habib Abdulla bo‘lib,
Sahrolarda ochajaksan kon.
D) Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar. Tong
otmoqda, Quyosh —zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar
Boshlarida yashil chambarak.
69. Uning jussasi kichik bo‘lsa ham, yuzlari
jiddiy, boqishlari o'tkir, ovozi esa jarangdor.
Mazkur gapda qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi
madumot to'g'ri?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatning oddiy, ozaytirma va orttirma daraja
shakllari qatnashgan.
C) Sifatlar gapda ega va kesim vazifasida kelgan.
D) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
70. Qaysi javobdagi har ikki gapda yasama ot
ajratib ko‘rsatilgan?
A) Uning horg'in yuzlariga uzoq tikilib turdi.
Qirq yil qirg‘in kelsa, ajali yetgan o‘ladi, aylanay.
B) Ichkaridan yigitlarning kuchli qahqahasi
eshitildi.
Suv to’la idishlarni ayvonga, olib kirib qo‘ydim.
C) Dushmanga qaqshatqich zarba berish
boshlandi. Eshik tutqichini asta ushlab o‘ziga
tortdi.
D) Farzand uchun ota-ona ishonchi juda muhim.
Вu quvonch ikkovlariga ham dadillik baxsh etgan
edi.
71. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”
romanida Normuhammad qushbegi xonga
jo'natgan xatida: “Men Yusufbek hojining
bunchalik katta xizmati evaziga xon hazratidan
ulug‘ bir martaba olib berishka va’da bergan
edim. Ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga
insoflik bir bek belgulansa, manim uchun kifoya,
dedi”, —deb yozadi. Ushbu xatda
Normuhammad qushbegi Yusufbek hojining
qaysi “katta xizmati” haqida yozadi?
A) qipchoqlarning qirg’in qilinishida
kо’maklashgani
B) Homid boshliq fitnachilarning jazolanishida
ko‘maklashgani


C) Toshkent ahlidan o‘ttiz ikki tanga soliq yig’ib
berishda ko'maklashgani
D) Qo'qonga qarshi bosh ko‘targan Toshkent
hokimi Azizbekni qo’lga olishda ko’maklashgani
72. Qaysi ma’lumot Sergey Yeseninning “Dog'lar
ketmish majruh ko‘ngildan ...” she’ri haqida?
A)
She’rdagi “choyxona”, “choy”, “shohi
ro‘mol”, “ohu ko‘z”, “lolagun” kabi so‘z-
timsollar kitobxonga Sharqni eslatib turadi.
B) She’r Delvig haqidagi she’rning xuddi gulbog’
yanglig' ko‘ngilga yaqinligini qayd etishdan
boshlanadi.
C) She’rda shuhratparastlikka intilib
ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning
qilmishi tilga olinadi.
D) She’rda Vatan himoyasiga otlangan mard
o‘g‘lonning dushman bayrog’ini mahv etib olishi
tasvirlangan.
73. Qaysi javobdagi birlik nutqimizda so‘z
birikmasi sifatida qo'llana oladi?
A) uyga qadar
B) yaxshi ko‘rmoq
C) ruxsat bermoq D) rasm chiroyli
74. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Otangiz haqida roman qoralayapsizmi?
B) Mabodo men chiqolmay qolsam, qo‘ni-
qo‘shnilarga o'zing bosh bo’lib borasan.
C) Shoir o‘z qahramonini bejiz bunday
atamaganini asosladi.
D) Kim bilan do‘st tutinish mumkun?
75. Qaysi javobdagi ma’lumot "Farhod va Shirin"
dostoni haqida?
A) Dostonda yel esishini-yu suv mavjlanishini
ko‘rish niyatida dengiz sayriga chiqqan go‘zal qiz
tasodif bo‘roni tufayli zolim qaroqchi qo'liga a sir
tushgani tasvirlanadi.
B) Dostonning rostlik ta’rifidagi maqolatida sarv
to'g'rilik timsoli sifatida: "Sarvkim, ul to‘g‘ri
chekib qomatin, Ко‘rmayin osubi xazon оfatin, -
deb ta’riflangan.
C) Dostonda Adanni o'ziga manzil qilib, suv va
quruqlikda zulmni o'ziga kasb qilib olgan zolim
qaroqchi va uning makoni tasvirlari uchraydi.
D) Dostonda tasvirlanishicha, noqobil o‘g‘il
Sheruya o‘z otasining joniga qasd qiladi.
76. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari
jarangsiz til undoshlari sanalgan so‘z qatnashgan?
A) Ovulingdan ola chiqsa, oting o‘zar,
Ovulingdan yomon chiqsa, eling to'zar.
B) Ittifoq bitar,
Noittifoq yitar.
C) Ko‘p to'kilsa, ko‘l bo‘lar,
Ko‘p biriksa, el bo‘lar.
D) Ovul boshqa, tilak bir,
Barmoq boshqa, bilak bir.
77. Qaysi g’azalda ko'klamning eng sara
chechaklari: nastarin, yosuman va nargis yuzini
yuvib, o‘zini tuzatib yoronlarni kutib olishga
hozirlik ko'rayotgandek jonlantirib tasvirlanadi? 
A) “Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!”
g‘azali (Mashrab)
B) “Navro‘z" radifli g‘azal (Ogahiy)
C) “Fash navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar”
g‘azali (Furqat)
D) “Ey, sabo... ” g‘azali (Navoiy)
Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan 
topshriqlarni bajaring.
Chumchuq o‘z meros uyini tashlab, laylak 
uyasining bir chekkasiga kirib oldi. Uning bu 
ishidan hayron bo’lganlar:
— Sening laylak bilan nima munosabating borki, 
kichik tanang bilan bunday katta qushga 
hamsoyalik qilasan va bir uyda turishga intilasan? 
— deb so'radilar.
— Men ham buni tushunaman, - dedi chumchuq, 
— ammo bilganimga rioya qilolmayman. Chunki 
men ilon bilan yonma-yon yashayman, ya’ni 
ilonga qo'shniman. Har yili bola ochaman, jigar 
qonim bilan ularni parvarish qila boshlayman. 
Ammo ilon birdan hujum qilib, bolalarimni yeb 
ketadi. Men onaman, bolalarimning bunday yosh 
holida nobud bo’lishiga chidab turolmayman, bu 
juda ayanchli azob, bunga chidashim qiyindir.
Bu yil uning g'azabidan uzoqqa qochdim, ya’ni 
bu ulug‘ qush huzurida panoh topdim, Umidim 
shuki, u dodimga yetar. Har yili bolalarim ilonga 
yemish bo’lar edi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling