Orzularingiz eshigini biz bilan oching
Men laylakdan yordam istab
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOLOGIYA ONA TILI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Men laylakdan yordam istab
keldim, zora mening bolalariming kuni ilonning ham boshiga tushsa edi, ... . 78. Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so'zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni toping. A) istiqomat qilmoq B) zulm qilmoq C) boshpana topmoq, himoyalanmoq D) qo‘shnichilik qilmoq 79. Ajratib ko'rsatilgan gap qaysi javobda matn mazmuniga mos ravishda to'g'ri davom ettirilgan? A) ya’ni endi ilonning o'zi laylakka yemish bo‘lsa edi B) ya’ni laylak ham ilonga yemish bo’lsa edi C) ya’ni ilon yemishsiz qolsa edi D) ya’ni ilon insofga kelib, laylak bilan do‘stlashsa edi 80. Berilgan qaysi xulosa ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi? A) Ikki ojiz kishi bitta kuchliga qarshi birlashib, uni mag'lub etishi mumkin. B) Ojiz kishilar har doim ham himoyasiz qolib ketmaydilar, ularga yordam beruvchilar topiladi. C) O‘zidan ojizlarga zulm qilgan kishilarga ham bas keluvchilar, kuchi yetadiganlar topiladi. D) Sendan ojiz kishilar har doim ham sening zulmingga chidab yashayvermaydilar. 81. Ijodkor o'zbek adabiyotida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va bu asarida “o‘qimagan bolaning holi”ni, ilmsizlik, tarbiyasizlikning ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Ushbu ma’lumot qaysi adibning ijodiy faoliyati haqida? A) Hamza Hakimzoda Niyoziy B) Abdulla Qodiriy C) Abdulla Avloniy D) Mahmudxo‘ja Behbudiy 82. Qaysi gapda tire noto‘g‘ri qo‘yilgan? A) Shamol, qor, yomg‘ir, do‘l —barcha tabiat hodisalari o‘z-o‘zidan paydo bo'lmaydi. B) Shokir ham —bizning guruhimiz a’zosi. C) Qor yog‘di —don yog‘di. D) Yer —don, dehqon —xazinabon. 83. ... mayxo'rlik ham bo‘lishini kutgan edi. Lekin u hamroh bo‘lib borayotgan bek-u navkarlarning o'zaro gap-so‘zlaridan shuni bildiki, yigirma besh yoshli Bobur hali umrida may ichmagan namozxon yigit. Uning shunday qor sovuqlarida ham tahorat olib namoz o'qiganini necha marta kо‘rgan ... о ‘zicha taajjublanib qo‘ydi. "Yulduzli tunlar" romanidan olingan ushbu parchada keltirilganidek, Boburning axloqi va xatti-harakatlaridan taajjublangan qahramon kim? A) Boburning maxsus taklifi bilan Hirotdan Agraga kelayotgan Mavlono Xondamir B) Boburni Marg‘ilon qo‘rg‘oniga kiritgan shahar dorug'asi Ali Do‘stbek C) Qasos olish niyatida Hindikush togddagi dovon yo‘lida Bobur va uning navkarlariga yo'lboshchilik qilishga rozi bodgan Sulton ismli yo‘l ko‘rsatuvchi D) Samarqand taxtida o'tirgan Ko‘chkinchi xonning Agraga Boburning huzuriga kelayotgan elchisi 84. Qaysi gapda asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan yasama so‘z mavjud emas? A) Do‘stingga yordamlashsang, kulfat seni aylanib o‘tadi. B) Ona yuzin qoplar g‘am, chimirgancha qoshini, Asta suyar qo‘liga oppoq sochli boshini. C) Kimki farog‘atli kunni istasa, u fe’l-atvorini sozlashi lozim. D) Yomg‘ir tomchilarining derazani tiqillatib chertayotganini tomosha qilayotib, o‘yga tolib qoldi. 85. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida kela oladigan birliklar berilgan? A) axir, basharti B) ustida, naq C) sababli, atigi D) tashqari, bo‘ylab 86. Qaysi gapda gap mazmuniga mos bo’lmagan ibora qodlangan? A) Bular hali ona suti og‘zidan ketmagan go‘daklar-ku. B) Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini bolaning qulog‘iga quydi. C) Bu odam juda uddaburon, pixini yorganlardan biri edi. D) Sharti ketib, parti qolgan bu yigit o'ttiz yoshlarda bo‘lib, keng ko‘ylagining yenglari osilib turardi. 87. “Hunari va odobi bo’lmagan kishidan, — deydi Mahmud Koshg'ariy, — baxt va davlat ketadi”. Ushbu ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga to‘g‘ri aylantirilgan javobni aniqlang. A) Mahmud Koshg‘ariy hunari va odobi bo’lmagan kishidan baxt va davlat ketishini aytgan. B) Baxt va davlat odamning hunari va odobiga bogdiqligini Mahmud Koshg‘ariy aytgan. C) Kishining hunari va odobi bodmasligi undan baxt va davlatining ketishiga olib kelishini Mahmud Koshg'ariy aytgan. D) Mahmud Koshg‘ariyning aytishicha, baxt va davlat ketishiga hunar va odob sababdir. 88. Yaratildi bir shoh asar, go‘zal bir doston, G‘adir-budur mehnat qo‘li bitgandir buni, .. . Qofiyadir fabriklar-la qizlar qo‘shig‘i, O‘qi va sev! Buning ismi — yosh 0‘zbekiston. O‘zbekiston atalmish yurtning o'zligini — tarixi, buguni va kelajagini qunt bilan o‘qish, tanish va shular asosida sevishga, ardoqlashga yonib da’vat etilgan ushbu misralar muallifini aniqlang. A) Hamid Olimjon B) Mirtemir C) Oybek D) Zulfiya 89. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug'mish” dostoniga oid emas? A) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldiradi. B) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish jazoga mahkum etadi. C) Doston qahramoni Zangar yurtiga borib, vafot etib ketgan olti o'g'li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi. D) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi. 90. Uzun sochingdan uzmasman ko‘ngilni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Ushbu baytda qanday she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Talmeh B) Ishtiqoq C) Tarse D) Istiora Document Outline
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling