Oshirish instituti malaka talabi o'rta professional ta'lim darajasi kasb(mutaxassislik) kodi va nomi


Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari texnigi


Download 129.12 Kb.
bet2/25
Sana20.02.2023
Hajmi129.12 Kb.
#1216321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MT 40710406 -Issiqlik elektrostansiyalari turbina qurilmalarini ishlatish

Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari texnigi.

Kamida umumiy o'rta ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o'qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardanbirortasini muvaffaqqiyatli o'zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o'zlashtirishga ruhsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o'zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

    1. Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga qaratish, fikrni jamlash, komunikabellik, qo'l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug'likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik.

    2. Ta'limni davom ettirish imkoniyatlari.

________-Quyosh panellarini o’rnatuvchi va ularga hizmat ko’rsatuvchi texnik-operator kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta'limini chuqurlashtirish maqsadida:

  • kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o'quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;

  • kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta'lim muassasasida o'qishni davom ettirishi mumkin.

    1. O'qishga qabul shartlari.

O'qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.

  1. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi

    1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan elektr ishlab chiqarish stansiyalarda, Quyosh, shamol geotermal energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalarda, Quyosh energiysidan foydalangan holda energiya ishlab chiqarishning alternativ tizmiga ega bo’lgan issiqli, atom, bug’-gaz elektr stansiyalarida, quyosh energiyasiga asoslangan alternativ energiya manbalari o’rnatilgan korhona va tashkilotlarda, energiyaning muqobil turidan foydalanib elektr energiya ishlab chiqaruvchi katta va kichik stansiyalarda, Quyosh elektr stansiyalari va panellariga, shuningdek qayta tiklanuvchi va muqobil energiyadan foydalanib elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilma hamda jixozlarga texnik va servis xizmat ko’rsatish, yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish kabi ishlarni amalga oshirish.

    1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari:

      1. Quyosh panellari o'rnatuvchisi bo'yicha:

  • quyosh panellari;

  • quyosh panellarini o’rnatish karkaslari, moslamalari;

  • quyosh panellarini sovutish tizimi;

  • elektr o’tkazgichlar montaji va montaj kabellari;

  • kontrollerlar;

  • invertorlar;

  • energiya saqlash tizimi.

      1. Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish operatori:

  • quyosh panellari konstruksiyasi;

  • quyosh panellarining montaj tizimi;

  • quyosh panellari sovutish va texnik suv tizimi;

  • panellarning nazorat va o'lchov asboblari;

  • panelning energiya konvertatsiya va nazorat tizimi;

  • energiya saqlash va ups tizimi.

      1. Quyosh elektr stansiyasi operatori:

  • quyosh panellari konstruksiya maydoni;

  • quyosh panellaridan olinayotgan energiyani boshqaruv elementlari;

  • energiya taqsimlash elementlari;

  • nazorat o’lchov asboblari va elementlarini boshqarish jarayoni;

  • umumiy tizimda kechayotgan jarayonlarni masofadan turib boshqarish elementlari va boshqaruv organi;

      1. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari texnigi:

  • shamol generatorlari yordamida energiya olish qurilmasi;

  • issiqlik ta’minoti va issiq suv hosil qilish qurilmasi;

  • geotermal va geliostat qurilmalar;

  • biogaz hosil qilish jarayonlari va qurilmalari;

  • kichik quvvatli gidro elektr stansiyalar.

    1. _________-Quyosh panellarini o’rnatuvchi va ularga hizmat ko’rsatuvchi texnik-operator kasbi bo'yicha ta'lim oluvchi qo'yidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:

      1. Quyosh panellari o'rnatuvchisi bo'yicha kvalifikatsiyasi bo'yicha:

  • quyosh panellarini quvvat bo’yicha hisoblash;

  • quyosh panellarini o’rnatish;

  • payvandlash ishlari va usullari;

  • panellarni o’rnatishda elektr montaj ishlari;

  • invertor va kontrollerlarni tanlash;

  • quyosh panellari quvvatidan kelib chiqib akkumulyatorlar tanlash.

      1. Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish operatori kvalifikatsiyasi bo'yicha:

  • quyosh panellari va konstruksiyasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari;

  • quyosh panellarining sovutish tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari;

  • montaj va boshqaruv organlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari;

  • energiya saqlash tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari

      1. Quyosh elektr stansiyasi operatori kvalifikatsiyasi bo'yicha:

  • quyosh panellarini tanlash, loyihalash va o’rtanish ketma-ketligi;

  • quyosh panellarini boshqaruv elementlari ish prinsiplari;

  • quyosh panellarini boshqaruv elementlarining dasturiy ta’minotida yuzaga keladigan hatoliklar va ularni bartaraf etish choralari;

      1. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari texnigi kvalifikatsiyasi bo'yicha:

  • shamol generatorlarini hisoblash, loyihalash, o’rnatish va texnik xizmat ko’rsatish;

  • quyosh energiyasi yordamida issiqlik energiyasini olish usullari va qurilmalari;

  • geotermal va geliostat qurilmalarni loyihalash va tatbiq etish;

  • kichik konstruksiyali biogas qulilmalarini loyihalash va ishlatish;

  • kichik quvvatli gidro elektr stansiyalarini hisoblash, loyihalash.

  1. Ta'lim dasturini o'zlashtirgan bitiruvchining umumiy va kasbiy
    kompetensiyalariga qo'yiladigan talablar


    1. 40710406-Quyosh panellarini o’rnatuvchi va ularga hizmat ko’rsatuvchi texnik-operator kasbi bitiruvchilari umumiy kompetensiyasiga qo'yiladigan talablar:

PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak:
UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
UK-3. O'zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borishi;
UK-4. Jamoada va ma'lum vazifani bajarishga yo'naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuoma va samarali muloqot qilish;
UK-5. Ta'lim olgan tilida fikrini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo'lish, o'z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf - odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo'ladigan ma'lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash;
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10.Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi
qoidalariga amal qilish ko'nikmalariga ega bo'lish;
UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko'rish va utilizatsiya qilish;
UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib borish.

    1. 40710406-Quyosh panellarini o’rnatuvchi va ularga hizmat ko’rsatuvchi texnik-operator kasbi ta'lim dasturini o'zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak.

      1. Quyosh panellari o’rnatuvchisi kvalifikatsiyasi bo'yicha:

KK-1.1. Quyosh panellarini kerakli quvvatlarini hisoblash;
KK-1.2. Panellarni o’rnatish, joylashtirish usullari va payvandlash ishlari;
KK-1.3. Elektr montaj ishlari;
KK-1.4. Quyosh panellari uchun kerakli jixoz va uskunalarni tanlash.

      1. Quyosh panellariga texnik xizmat ko’rsatish operatori kvalifikatsiyasi bo'yicha:

KK-2.1. Quyosh panellari va konstruksiyalarida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
KK-2.2. Quyosh panellari sovutish tizimida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
KK-2.3. Montaj va boshqaruv tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
KK-2.4. energiya saqlash va taqsimlash tizimida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.

      1. Quyosh elektr stansiyasi operatori kvalifikatsiyasi bo'yicha:

KK-3.1. Quyosh panellarini tanlash, loyihalash jarayonlarini amalga oshirish;
KK-3.2.Boshqaruv elementlarini ishlash prinsiplarini bilish va ulardan foydalana olish;
KK-3.3.Boshqaruv elementlarini dasturiy ta’minotlari bilan ishlashni bilish;
KK-3.4. Quyosh stansiyalarini takomillashtirish, qo’shimcha energiya ta’minotlarini ulash usullarini bilish.

      1. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari texnigi kvalifikatsiyasi bo'yicha:

KK-4.1. Shamol generatorini o’rnatish, hisoblash usullarini bilish va nosozliklarni bartaraf etish;
KK-4.2. Quyosh issiqlik tizimlarini loyihalash, ishga tushirish va nosozliklarni bartaraf etish;
KK-4.3. Geotermal, geliostat hamda biogas olish qurilmalarni loyihalash, o’rnatish va nosozliklarni bartaraf etish;
KK-4.4. kichik quvvatli gidro elektr stansiyalarni hisoblash, loyihalash va nosozliklarni bartaraf etish;

  1. O'quv reja tuzilmasi va ularga qo'yiladigan talablar hamda bitiruvchida shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 129.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling