Oshirish instituti


Naqd pulsiz hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilish tartibi


Download 362.89 Kb.
bet99/190
Sana28.12.2022
Hajmi362.89 Kb.
#1015981
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190
Bog'liq
50410501 Bank ishi

Naqd pulsiz hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilish tartibi.

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi (“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom. 13.04.2020 y., № 3229). Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari. Naqd pul aylanishi. Naqdsiz pul aylanishi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish prinsiplari. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari: to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, akkreditivga ariza, inkasso topshiriqnomasi, hisob-kitob cheki, memorial order, huningdek plastik kartochkalar. To‘lov topshiriqnomasi to‘g‘risida tushuncha. U bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi. To‘lov topshiriqnomasinining rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish tartibi. To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha talab qilinadigan hujjatlar. To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hujjatlar aylanish grafigi. Elektron to‘lov topshiriqnomasi va uni shakllantrish tartibi. To‘lov topshiriqnomasi nusxalari va ularning ishlatilishi. To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirilganda bajariladigan buxgalteriya provodkalari, ularning tavsifi. To‘lov talabnomasini qo‘llash amaliyoti. To‘lov talabnomasini bankka taqdim etilishi. To‘lov talabnomasi reestr bilan birga taqdim etilishi. Reestr, uning tuzilishi va qo‘llanilishi. Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomasi. Akseptli to‘lov talabnomasi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi. Akseptli to‘lov talabnomasini akseptlash shartlari. «To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari» deb nomlanuvchi Kartoteka-1 va uning hisobini yuritish. Akseptsiz to‘lov talabnomasi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirilishi. Akseptsiz to‘lovlar, ularni qo‘llash amaliyoti. Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomasi bo‘yicha hujjatlar aylanishi tartibi. «O‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari» deb nomlanuvchi Kartoteka-2. K-2 ni yuritish tartibi va uni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olish. Inkasso topshiriqlari haqida tushuncha. Mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni undirish bo‘yicha muomalalarni amalga oshirish tartibi va hisobi. Inkasso topshiriqlarini taqdim etuvchilar ya’ni, undiruvchilar. Inkasso topshiriqlarini rasmiylashtirish tartibi. Undiruvchilar va to‘lovlar, ularning inkasso topshiriqnomasi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblari yuzasidan munosabatlari. Ijro varaqalari va ularga qo‘yiladigan talablar. Akkreditiv, uning mamuni va amal qilish shartlari. Akkreditivning turlari. Chaqirib olinuvchi va chaqirib olinmaydigan akkreditivlar, Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar, ularning tavsifi. Akkreditivga ariza, uni to‘ldirish tartibi. Akkreditiv ochish, to‘lovni amalga oshirish, akkreditiv shartlarini o‘zgartirish, akkreditivni chaqirib olish va akkreditivni yopish bo‘yicha muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish umumiy sxemasi. Hisob-kitob cheki, uning qo‘llanilishi. Hisob-kitob cheki bilan hisob-kitoblar qilish va ular hisobining yuritilishi. Cheklarni berish tartibi. Hisob-kitob cheki rekvizitlari va uni rasmiylashtirish tartibi. Hisob-kitob cheki xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lov uchun qabul qilinishi va banklarga topshirish tartibi. Memorial order bo‘yicha banklarda amalga oshiriladigan operatsiyalar. Memorial orderni rasmiylashtirish, uni imzolash huquqiga ega shaxslar.
Plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 3 aprelda 3294 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizom”). Plastik kartochkalarni olish tartibi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi.

18

N,A

9

7.


Download 362.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling