Oshirish instituti


Download 24.05 Kb.
bet3/8
Sana23.10.2023
Hajmi24.05 Kb.
#1717481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bolalar va o\'smirlar gigiyenasi tib-prof

Ko‘nikma

- sanitariya- epidemiologiya xizmatining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limi ish rejasi, hisobot hujjatlari va shakllari bilan tanishish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limida ish yuritish,bolalar va o‘smirlar muassasasini sanitariya-gigiyenik jihatdan tekshirish sxemasini tuzish;
- bolalar vao‘smirlar muassasalarini sanitariya-gigiyenik jihatdan tekshirib, dalolatnoma to‘ldirish, bolalar va o‘smirlar muassasalarida tibbiy ko‘rik o‘tkazishni tashkil etish;
- bolalar o‘rtasida antropometriya va fiziometrik o‘lchash ishlarini bajarish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga asosan baholash, sanitar-gigiyenik tekshirishlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi kun tartibini tahlil qilib baholash;
- maktab o‘quvchilarining dars jadvalini gigiyenik jihatdan baholash, taxlillar yakuniga asosan dalolatnoma yozish va chora -tadbirlarni belgilash, o‘quvchilar o‘rtasida xronometraj kuzatuvlarini olib borish;
-darsdavomiyligini anketa yordamida aniqlashni;
- bolalar muassasalarining birida jismoniy tarbiya darslarining tashkil qilinishini analiz qilish, antropometrik ko‘rsatkichlarga qarab bolaning jismoniy rivojlanishiga baho berish, bolalar o‘rtasida tibbiy chiniqtirish ishlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya dars soatini nazorat qilish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi oshxonalar va bufetlarni tekshirish, tayyor mahsulotlarning kaloriyasini, bakteriyalar bilan zararlanganligini, vitaminlar bilan sun’iy boyitilishini aniqlash uchun namuna olish, oshxona ishchi xodimlari va ularning ishini gigiyenik nazorat qilish, bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun xaftalik taomnoma tuzish;
- brokiraj daftari va taomnomaga asosan ovqat tarkibini tahlil qilib baholash, bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishiga qo‘yilgan gigiyenik talablarga asosan o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomasini yozish va tadbirlar ishlab chiqish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalarida tibbiy xizmatning tashkil qilinganligini tekshirish, ishchi xodimlar: o‘qituvchilar, tarbiyachilar, taom tayyorlovchi va boshqalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tekshirish;
- muassasalardan suv namunasini olish laboratoriya tahlili uchun yo‘llanma yozib yuborish, bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya-epidemiologik tekshirish o‘tkazish va dalolatnoma yozib tavsiyalar berish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalari loyihasini hamda qurilishini, yoritilganlik va mikroiqlimni aniqlab, baholash, tegishli profilaktik chora-tadbirlarni belgilash;
- bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi mebellarni gigiyenik jihatdan tekshirib, baho berish, maktab ustaxonalari, kollejlar va liseylarda mehnat ta’limining tashkil etilganligini tekshirib baholash, kompyuter sinflaridagi yoritilganlikni o‘lchashni;;
- bolalar uchun tikilgan kiyim-bosh, gazlamalar, poyafzallarni baholash;
- yozgi dam olish muassasalari uchun ajratilgan yerlarga baho berish, bolalarning yoshiga ko‘ra kunlik rejim tuzish, bolalar o‘ynash maydonchalarini tekshirib, baho berish.


Download 24.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling