Oshirish instituti


Download 24.05 Kb.
bet2/8
Sana23.10.2023
Hajmi24.05 Kb.
#1717481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bolalar va o\'smirlar gigiyenasi tib-prof

Mavzular soni

12

Dasturning maqsadi

O‘sib kelayotgan avlodning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash. Ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlari, jismoniy rivojlanishlari va salomatliklari mustahkamlanishini ta’minlash. Sanitariya-gigiyena me’yor va talablariga javob beruvchi tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqishdir.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

-bolalar va o‘smirlarni tibbiy va sanitariya jihatdan salomatligini saqlash o‘rganiladi;
-bolalar va o‘smirlarni kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishni takomillashtirish shakllanadi;
-kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlabchiqish, bolalarning jismoniy rivojlanishini yaxshilashga zamin yaratishning o‘ziga xosligi o‘rganiladi;
-bolalar va o‘smirlar muassasalarida joriy sanitariya nazorat o‘rnatish shakllanadi;
-jismoniy jihatdan chiniqtirishning gigiyenik asoslari o‘rganiladi;
- bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri, rasional ovqatlanishi, yuqumli va somatik kasalliklardan saqlash kabi bilimlar shakllanadi;
- sanitariya- gigiyena me’yor talablariga javob beruvchi bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan muassasalarni loyihalash, qurish me’yorlari, jihozlanishi o‘rganiladi;
-sanitariya nazoratning turli shakllari yordamida bolalarning kiyim-kechak, poyafzallariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar shakllanadi.

Bilim

- bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fani, sanitariya nazorati haqidagi tushuncha, rivojlanish tarixi,
fanning vazifasi, sanitari vrachi va epidemiolog yordamchisining huquq va burchlari;
- bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash, o‘qitishda tibbiy-sanitariya xizmatini tashkil etishning asosiy tamoyillari;
- bolalar va o‘smirlar muassasalariga tibbiy sanitariya xizmatini ko‘rsatish, bolalar muassasalarida sog‘lomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlarning sanitari vrachi va epidemiolog yordamchisi nazorat qilib borishi;
- bolalar va o‘smirlar muassasalarida bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rik ma’lumotlarga asosan xulosa berishni nazorat qilish;
- jismoniy rivojlanish va uning asosiy qonunlari, bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, jismoniy rivojlanishni aniqlash usullari;
- kun tartibining gigiyenik asoslari, bolalar bog‘chasi, maktab, maktab-internatlarning kun tartibi, dars jadvallarini tuzishga qo‘yilgan gigiyenik talablar;
- jismoniy tarbiyaning bola salomatligiga va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, jismoniy tarbiya o‘tkazish uchun mo‘ljallangan sharoitni baholash;
- sanitar-gigiyenik talablar va normativlar, travmatizmning oldini olish chora-tadbirlari, bola tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng guruhlarga taqsimlanishi, dars soatlari orasida jismoniy tarbiya soatlari to‘g‘ri joylashtirilganligiga xulosa berishni;
- bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar, bolalar va o‘smirlar ovqatlanishini tashkil etish, bolalar va o‘smirlar ovqatlanishidagi sutkalik rasion, bolalar va o‘smirlar muassasalarida tibbiy nazoratni tashkil etishni;
- bolalar va o‘smirlar o‘rtasida uchraydigan yuqumli va gijja kasalliklarini tarqalishi, yuqish yo‘llari, bolalar muassasalariga qabul qilish qoidalari, epidemiolog holatni tekshirish, yuqumli va gijja kasalliklari tarqalishining oldini olish tadbirlari, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida gigiyenik tarbiya ishlarini olib borish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalarining yer maydonini tanlash, loyihalashtirishva qurilishi, bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi mebellarga qo‘yilgan gigiyenik talablar;
- maktab, kollejlar va liseylarda mehnat ta’limini tashkil etilishi, noqulay omillarning o‘quvchilar organizmiga ta’siri va uning oldini olish;
-komyutersinfxonalargaqo‘yiladigangigiyeniktalablar;
- bolalar uchun tanlangan gazlamalar va tikiladigan kiyimlarga, oyoq kiyimlariga bo‘lgan gigiyenik talablarni;
- yozgi dam olish muassasalari uchun joy tanlashda ishtirok etish, dam olish muassasalarida bolalarning yoshiga ko‘ra kundalik reja tuzish,bolalar uchun ajratilgan o‘ynash maydonchalarga gigiyenik baho berish;
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, turmush tarzining salomatlikka ta’siri, talablari.


Download 24.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling