Oshiruvchi omil
Download 9.83 Kb.
|
Maqolaaa
Alisher Navoiy nomidagi Tosh.DO'TAU . O'zbek tili va adabiyoti 1-kurs magistranti Yunusova Gulasal Shuhrat qizi O‘YINLAR – DARS SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI OMIL Ma’lumki, ona tilini o‘qitishda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, xususan, ta’limiy o‘yinlardan keng foydalanilmoqda. Bu, albatta, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, dars samaradorligini ta’minlaydi. Quyida 6-sinfda “Sifatlarning yasalishi” mavzusini o‘rganishda qo‘llanadigan ayrim interfaol usullarni havola qilamiz. “Domino” o‘yini Bunda o‘quvchilarning har biriga savolnomalar tarqatiladi. Savolnomalarda avval boshqa bir savolning javobi, keyin yangi savol beriladi. 1-savolni o‘qituvchi o‘qiydi. O‘qituvchi bergan savolga qaysi o‘quvchidagi javob to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘quvchi javob beradi hamda o‘z savolini o‘qiydi. Bu savolning javobi kimning qo‘lida bo‘lsa, javob beradi va u ham o‘z savolini o‘qiydi. O‘quvchilardan tez va aniq javob berish talab etiladi. Masalan, o‘qituvchi so‘raydi: Sifatlar qaysi so‘z turkumiga bog‘lanadi? 1-o‘quvchi: Javob: Otga bog‘lanadi. Savol: Sifat qatnashgan gapga misol keltiring? 2-o‘quvchi: Javob: Yurtimizda baland binolar ko‘p. Savol: Chiroyli ko‘ylak, devoriy gazeta kabi birikmalarda sifat bog‘lanib kelgan so‘zlar turdosh otning qaysi turi sanaladi? 3-o‘quvchi: J: Narsa otlari sanaladi. S: Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini ayting. 4-o‘quvchi: J: Sodda, qo‘shma, juft, takroriy otlar. S: Otlarning tuzilishiga ko‘ra qaysi turida sifat ish tirok etadi? 5-o‘quvchi: J: Qo‘shma otlarda. S: So‘z turkumlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi? O‘yin shu tariqa davom etadi. “Xotira mashqi” o‘yini Ushbu o‘yinda o‘quvchilarga bahor fasli aks etgan tasvir ko‘rsatiladi. 1-o‘quvchi tasvirga mos bir gap aytadi. 2-o‘quvchi o‘zidan oldingi gapni mantiqan bog‘laydigan gapni keltiradi. Shu tariqa oltinchi o‘quvchiga borganda hikoya tugallanishi kerak. Tuzilgan oltita gapdan kamida ikkitasida yasama sifat ishtirok etishi shart. Masalan, o‘quvchilarning bahor haqida tuzgan matni quyidagicha bo‘lishi mumkin. 1-o‘quvchi: O‘lkamizda bahor fasli hukm surmoqda. 2-o‘quvchi: Bu fasl o‘zining tarovati, go‘zalligi bilan ajralib turadi. 3-o‘quvchi: Bahor fasli yana shunisi bilan esda qolarliki, bu faslda bahor bayrami – «Navro‘z» o‘lkamiz bo‘ylab keng tantana qiladi. Shu tarzda gaplar tuzish davom etadi. «Sirli doiracha» o‘yini Bunda sifat yasovchi qo‘shimcha aks etgan doirachalar tayyorlanadi. O‘quvchilar topshiriqqa, asosan, faqat asos oldida kelib sifatlarni hosil qiladigan qo‘shimchalarni topib, ularni birlashtirib chiqishlari kerak bo‘ladi. Sifat yasovchi old qo‘shimchalar chizmada ko‘rsatilgan tartibda bajarilsa, «Sirli doirachalar» ortida «besh yulduz» surati yashiringani ma’lum bo‘ladi. Yuqoridagi o‘yinlardan tashqari ushbu mavzuni o‘rganishda quyidagi testlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi: 1. Foydali, serharakat, yengilmas. Berilgan so‘z lardagi sifat yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) -li, ser-, -mas C) -li, serB) -li, ser-, -ma D) -mas, -il, ser- 2. Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g‘am va qayg‘u ostidadir. Berilgan gapda nechta sifat qatnashgan va ularning nechtasi yasama? A) 3 ta; bitta yasama B) 2 ta; ikkalasi ham yasama C) 2 ta; bitta yasama D) 4 ta; bitta yasama 3. 1. -dor 2. -ga 3. no- 4. -ish. Berilgan qo‘shimchalardan qaysilari sifat yasovchi hisoblanadi? A) 1, 4
B) 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 3 4. Qaysi sifat yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasida zidlik kuzatiladi? A) -li – -siz B) no- – -siz C) ser- – -dor D) ba- – -li 5. Quyida berilgan sifatlardan qaysi birida daraja qo‘shimchasi yasovchi qo‘shimchadan keyin qo‘shilgan? A) shirinroq. B) juda andishali C) aqlliroq. D) A va C 6. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida so‘zlarni takrorlash orqali yasalgan sifatlar uchraydi? A) Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma. B) Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan. C) Uning egnida yo‘l-yo‘l ko‘ylak bor edi. D) Mening bir jaydari falsafamdir shu. 7. Uning qoshi sal qoraroq edi. Berilgan gapda sifatning qaysi daraja shakllari mavjud? A) B va C B) qiyosiy C) ozaytirma. D) orttirma 8. Berilgan gaplarning qaysi birida belgiga ega ekanlikni bildiruvchi yasama sifatlar berilmagan? A) Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, olib kelarsiz. B) Qaddi rost shamning tilidan o‘rtanur parvona ham. C) Kechagina yerga ursang ko‘kka sapchiydigan bolaning bugun quyilib, aqlli bo‘lib qolishi ajablanarli emasmi? D) Odobli bola elga manzur. Download 9.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling