Oshqazon ichak kasalliklarida parhez Me`daning buzilgan sovuq ho’l mizojini davolash


Download 25.78 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi25.78 Kb.
#1029661
  1   2
Bog'liq
Oshqazon ichak kasalliklarida parhez


Oshqazon ichak kasalliklarida parhez


Me`daning buzilgan sovuq ho’l mizojini davolash
Bu mizoj moddali bo`lsa, qonun va qoidalarda aytilganiga muvofiq bo`shatilsin. Agar modda ko`p bo`lmasa, bu haqida tajriba egalarining mashhur yo`llari bor. Modda bo`lmaganda ovqatlantirishdagi yo`l mana shunday kasalni burishtirishi va achchiqligi bor narsalar bilan ovqatlantiriladi, shunda ular burishtirish xususiyati bilan quritadi va achchiqligi bilan qizitadi.
Taxir sharob ham shular jumlasidandir. Ichiladigan dorilardan erman qo`shilgan dorilar, erman sharobi, ermanning o`zi va behi bilan tayyorlanadigan dorilar beriladi. Qo`yib bog’lanadigan, surtiladigan va ishqalanadigan dorilarga kelsak, qo`yib bog’lanadiganlarni amom, xushbo’y qamish, sunbul, sodaj, ladan, mukl, gulsafsar ildizi, bal'zam, uning yog’i va urug’i va may`a yelimidan tayyorlab ishlatiladi. Surtiladigan dorilar mastaki yog’i, zaytun yog’i, rum sunbuli yog’i va behi yog’idan tayyorlanadigan mumli yog’lar bo`ladi. Agar bular yetarli ta`sir qilmasa, tarqatuvchi quyuq surtmalarni va tog’ gazago`tining yelimidan tayyorlanadigan dorini ishlatadilar.
Kuchli quyuq surtmalardan biri mana bu za`faron shom sunbuli, mastaki va balzam yog’ining har biridan bir bo`lak asaldan uch bo`lak, murrdan uch bo`lak, saqichdan bir yarim bo`lak, farfiyundan bir bo`lakni olib shu tarkibdan quyuq surtma dori qilinib ishlatiladi bundan ozgina ichilishi ham mumkin.
Yana boshqa quyuq surtma to’rt bo`lak ma’ya yelimi, uch bo`lak mum, ikki bo`lak kiyik iligi, bir bo`lak saqich, bir yarim bo`lak balzam yog’i va ikki bo`lak Rum sunbulining yog’idan tayyorlanadi.
Boshqa quyuq surtmaning tarkibi: uch bo`lak ma’ya yelimi, uch bo`lak kiyik iligi, uch bo`lak qizil sabr va ikki bo`lak mastaki. Yana tarkib: sakkiz bo`lakdan maya yelimi va rum sunbulining yog’i, uch bo`lak balzam yog’i, besh bo`lak mum olib, mumli yog’ tayyorlab ishlatiladi.
Solishtirish usuli qiyos bilan davolovchilar esa oldin kasalni mo`tadil badantarbiyaga, yaxshi kaymusli, hazmi oson ovqatlarni ozgina va hazm qilinadigan miqdorda iste`mol qilishga buyuradilar. So`ngra bulardan sekin-asta aytib o’tilgan dorilarni va ularning o’rniga o’tadigan, xushbo’y issiqlik juvorishinlarni iste`mol qilishga o’tadilar ularni kasallikka qarshi turish talab qilganiga qarab mo`tadil yoki mo`tadildan ko`proq miqdorda beriladi, shunda me`da mizoji mo`tadil bo`ladi. Falofiliy va kammuniy shu juvorishinlardan sanaladi.
Yaxshi dori: tog’ archasining urug’i, saqich va murchning har biridan bir bo`lak. Atrogilon shahridan keltiriladigan murr,- gumonimcha, bu may`a yelimi bo`lsa kerak,- va Rum sunbulining har biridan ikki bo`lak fo’trosoliyun, ya`ni tog’ petrushkasi va Rum sassiq kavragining har biridan yarim bo`lak olib yetarli miqdordagi asal bilan qorib ishlatiladi. Agar me`da mizojining sovuqligi undan kuchliroq bo`lsa, amrusiyo va sajazoniyo ichiriladi. Dengiz piyozining ichimligi ho’l moddali va rutubati quyuq hamma me`da kasalliklariga foydali dorilardan sanaladi uning tarkibi: tozalab to’g’ralgan dengiz piyozidan uch man olib shisha idishga solinadi va olti oy idishning og’zini berkitib qo’yiladi.

Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling