Oshxona etiketi Dasturxon atrofida o‘tirish odobi


Download 26.86 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1233233
  1   2
Bog'liq
Ошхона этикаси


Oshxona etiketi

  • Dasturxon atrofida o‘tirish odobi

  • Dasturxonni zamonaviy tuzash

  • Taomlarni iste’mol qilish odobi

Dasturxon atrofida o‘tirish odobi
Stol oldida o‘zini tutishning qoidalar shundayki, unda kichik doirada qat’i amal qilishi unchalik shart bo‘lmagan, lekin ko‘pchilik oldida bu qoidalarni buzish mumkin emas bo‘lgan talablardan iborat. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 510 daqiqa vaqtliroq borish esa undan yaxshiroq bo‘ladi. Umuman, olganda, har qanday joyga kechikib borish odobsizlikdir. Doimiy ravishda hamma joyga kechikib boradigan odam atrofdagilar orasida o’z hurmatini yo‘qotadi.
Mezbonlar, odatda, kechikkanlarni 15 daqiqadan ortiq kutmaydilar. Mehmon keladigan vaqtda eshik ochiq turishi kerak. Ularni eshik oldida samimiyat va ochiqko‘ngillik bilan kutib olish lozim. Mezbon kelganlarni kiyimlar yechishga yordam bermog‘i, qo‘l yuvganida sochiq tutish kerak. So‘ng ular uyga taklif qilinadilar. Agar siz mehmonga kechikib kelgan bo‘lsangiz va barcha mehmonlar allaqachon stol atrofiga o‘tirgan bo‘lsalar ikkinchi xatoga yo‘l qo‘ymang – ularni aylanib chiqib salomlashib yurmaslik zarur. Faqatgina uy bekasi bilan ko‘rishib, kechikkanlik uchun uzr so‘rash kerak. Mezbon bunday holatda o‘rnidan turmaydi va kechikish sabablarini surishtirmaydi. Mehmonlarni joylariga o‘tkazar ekanmiz, ularga qulaylik tug‘dirishga harakat qilishimiz lozim. Stulni ayollar uchun erkaklar surib, o‘tkazadilar (agar erkak va ayol birga o‘tiradigan marosim bo‘lsa) Stol atrofida mezbon ruxsati bilan hamda ayollar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi.
Mehmon hamda mezbon oldiga etiket bo’yicha quyidagi talablarni qo‘yiladi

  • Mehmon uchun joyning to‘ri bu – ularni kamroq bezovta qiladigan hamda ular uchun qulay bo‘lgan joydir. Ya’ni, e’tiborli joy uy egasini chap yoki o‘ng tomonida ham bo‘lishi mumkin.

  • Uy bekalari stol chekkasida, ba’zi-ba’zida oshxonadan xabar olib kelish uchun chiqishga qulay bo‘ladigan joyda o‘tiradi.

  • Uchrashuv tashkilotchisi va uy egasining vazifasi mehmonlarda do‘stona munosabat va yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir.

  • Stolga o‘tirgach, gavdani to‘g‘ri tutishga harakat qilmoq lozim. Stulda cho‘zilmasdan, biroz suyangan holda o‘tirgan ma’qul.

  • Mehmonlarni yashash tarzi, yoshi, faoliyatiga qarab dasturxon uchun mebel jihozini tanlagan ma’qul: agar xontaxta o‘tirishga o‘rgangan mehmonlar ko‘pchilikni tashkil qilsa, ko‘p hollarda qarindoshlarni kutganda, xontaxtada foydalangan yaxshi. Ishxonadan, yoshlar, umuman xontaxta atrofida o‘tirishga o‘rganmagan mehmonlar uchun stol yaxshi. Albatta, bunda moddiy imkoniyatlar ham nazarda tutiladi. Agar sharoitingiz bo‘lmasa, qariyalarga yumshoq kursi taklif qilgan ma’qul,

  • Tirsak stolga qo‘yilsa, yonveridagilarga xalaqit beradi,

  • Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi,

  • Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma’qul. Qo‘l va lablarni qog‘oz salfetkalar bilan artgan yaxshi,

  • Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiq stolga qo‘yiladi,

  • Ovqat uy bekasining o‘ng tarafida o‘tirgan ayoldan boshlab uzatiladi,

  • Ovqatni sizga yoqmagani yoki to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib taomdan voz kechilmaydi. Raddiya zarur bo‘lsa, uzoq tushuntirishlarsiz, odob bilan buni bajarish lozim. O‘zbeklarda nomiga qoshiqni og‘izga olib, tashakkur bildirib qo‘yiladi,

  • Agar qoshiq yoki sanchqini tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat qilmaslik kerak. Boshqa tozasini so‘rash joiz. Ovqatlanayotgan paytda sanchqini chap, pichoqni o‘ng qo‘lda ushlaydilar,

  • Kichik barmoqni yuqoriga ko‘tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq yoki shunga o‘xshash narsalarni ushlash yaxshi emas. Qoshiqni birovga uzatayotganda o‘rtasidan ushlagan holda berish lozim. Qo‘ldan olganda esa qoshiqni ushlaydigan joyidan oladi.

  • Issiq ovqat yo ichimlik puflab ichilmaydi. Chapillatib yeyilmaydi. Xo‘rilatish ham odobsizlik sanaladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi ovoz chiqarmasdan, tinchgina, bamaylixotir, shoshilmay va shalpaymay ovqatlanadi.

  • Umumiy ovqatdan eng katta bo‘laklarni olib yeyish yaxshi emas. Faqat oldidan olib yegan ma’qul.

  • Og‘izni to‘ldirib eyish yoki katta tishlamagan yaxshi. Ovoz chiqarib yemaslikka harakat qilish, og‘izni yumib chaynash lozim.

  • Dasturxonda siz uchun kerak bo‘lgan narsaga cho‘zilib intilmay, uzatib yuborishni iltimos qilish lozim.

  • Og‘zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz. Bundan boshqacha harakatlar noo‘rin.

  • Og‘ziga tushgan nobop taom, qanchalik ko‘ngilni buzmasin, uni chaynab yutish shart. Imkon bo‘lmasa, bildirmasdan undan “qutulish” kerak. Og‘izdan faqat baliq qiltanoqlari yoki meva danaklarigina chiqishi mumkin.

  • Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuz pichoqning uchida olib ishlatish mumkin. Bunda pichoq, albatta, quruq va toza bo‘lmog‘i darkor.

  • Ovqatlanish vaqtinchalik to‘xtatilganida, qoshiq va sanchqilar kosani ustiga qanday ushlangan bo‘lsa, shunday qo‘yiladi. Kosaning ustiga ushlagichi bilan bir-biriga parallel qo‘yilgan anjomlar kosani almashtirish yoki yig‘ishtirib olish mumkin ekanligini bildiradi.

  • Uy egasi hammadan oldin boshlab, hammadan keyin ovqatlanishni to‘xtatadi. Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‘lsa, boshqalar tugatishini kutib turishi lozim.

  • Dasturxon ustida chekilmaydi. Agar erkak kishi dasturxondan turishni istasa, ruxsat so‘raladi.

  • Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi katta bo‘lgan bolalarni o‘tqazgan ma’qul. Bunda ular barchadan oldin dasturxonga qo‘l uzatishlari joiz emas, hamda kattalar boshlab bergandan keyin boshqalarni taklif qilgandan so‘ng taomni boshlagan ma’qul.

  • Bundan tashqari, kattalar bilan dasturxon atrofida o‘tirgan bolalar madaniyatli bo‘lgan kattalar kabi umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda o‘zlarini tutishlari lozim.

  • Mehmonlar kelgandan so‘ng mezbon televizorni o‘chirib qo‘ygani ma’qul. Faqat ba’zi holatlardagina mehmonlarga barcha yig‘ilgunga qadar qiziqarli ko‘rsatuvni ko‘rishni tavsiya etish mumkin. Mehmonlar bu taklifingizga nisbatan e’tiborsizlik bildirsalar, bu fikrdan qaytgan ma’qul.

  • Uy bekasi kunini oshxonada o‘tkazmasligi kerak. Oldindan mehmondorchilikka tayyorlanib qo‘yish lozim. Mehmonlar bilan biroz o‘tirishi darkor.

  • Idish yuvishni keyinga qo‘yish kerak. Bunday paytlarda unga dugonasi, yaqin qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘i yordam berishi mumkin.

  • Uyga mehmonlar tashrif buyurganlarida uzundan-uzun telefon suhbatlarini qurish. Uy egalari dasturxon atrofida nafaqat tashkiliy jihatdan, balki munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‘lishlari lozim.

  • Ular biror – bir o‘tirganlarning befarosatligi tufayli vujudga kelgan noqulay holatlarga barham bergan holda, hajviyalarni haddan tashqari chegaradan chiqmasligini ham kuzatib turishlari kerak.

  • Ular mehmonlarning har biriga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.

  • Uy bekasi tomondan tayyorlangan taomni tanqid qilish mumkin emas. Biroq maqtash – shart.

  • Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‘ngilsiz narsalar haqida gapirilmaydi.

  • Sizdan uzoqroq joylashib olgan odam bilan suhbat olib bormang, unga yaqinroq o‘tirib olish imkoniyatini kutish mumkin.

  • Qiziqarsiz va boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan mavzularni chetlab o‘tgan ma’qul.

  • Ketishdan avval yaxshi mehmondorchilik va qiziqarli o‘tkazilgan vaqt uchun uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni kanda qilmaslik lozim.

  • Boshqalardan avvalroq turib ketmoqchi bo‘lsangiz, bildirmasdan chiqib ketishga harakat qiling. Uy egalaridan uzr so‘rab xayrlashiladi.

  • Mehmondorchilikda yarim tungacha qolib, o‘tirib qolmang. Ayniqsa, agar mezbonlarning farzandlari bo‘lsa.

  • Mehmonlar ketgandan so‘ng xonani kuzatib chiqib, imkon qadar tartib bilan yig‘ib qo‘yish lozim.

Dasturxonni zamonaviy tuzash

  • Dasturxon did bilan yasatilgan va o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan lazzat topa olish mumkin. Yozilgan dasturxon doimo ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish-tovoqlarni qo‘yishda ularning tusi dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor berish lozim.

  • Taomlar xilma-xilligiga qarab, asosiy oshxona jihozlari turlicha bo‘lishi mumkin. Stolda servirovka uchun mo‘ljallangan jihozlardan tashqari oshxona jihozlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: alohida qoshiqlar, sanchqilar, qisqichlar. Ovqat vaqtida foydalaniladigan asboblar-pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalardan eng ko‘p ishlatiladigani pichoq, sanchqi, sho‘rva qoshig‘i, disert qoshiq va choy qoshig‘idir.

  • Pichoqlar asosiy likopchaning o‘ng tomoniga tig‘ini likopcha tomoniga qaratib, sanchqi esa chap tomoniga, dasturxonni teshib yubormasligi uchun uchini yuqoriga qilib qo‘yiladi.

  • Qoshiqlarning botiq tomoni yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Likopchaning orqasidagi sho‘rva qoshig‘i bilan desert qoshiq stol chetiga parallel yotishi, ularning sopi o‘ng tomonga qaratilishi lozim. Sho‘rva qoshig‘ini likopchaning o‘ng to

  • Har xil meva suvi va ichimliklar uchun maxsus tor stakanlar yoki bakallar qo‘yiladi. monidagi pichoq yoniga qo‘yish mumkin.


Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling