Осиё халкаро Унверситети S8 ММТ22 гурух талабаси Каримова Дамиранинг иктисодий назариядан таёрлаган такдимоти. - Осиё халкаро Унверситети S8 ММТ22 гурух талабаси Каримова Дамиранинг иктисодий назариядан таёрлаган такдимоти.
- Текширди. Жумаева.З
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash jarayonida biznes- tahlil qilish tizimlaridan foydalanish. Rеjа: Rеjа: - Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fаnining prеdmеt vа vаzifаlаri;
- Axborot texnologiyalarining rivоjlаnish bоsqichlаri hamda mаnbааlаri;
- Axborot texnologiyalarining turlari va qo’llanish sohasi.
Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qoʻllash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy etilgan axbopot texnologiyalari toʻgʻrisidagi bilimlar «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» fanining predmeti hisoblanadi.
«Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» fanining vazifasi - talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmogʻidan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, axborotli jarayonlar olib borish va samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy etilgan axborot komplekslari va texnologiyalari toʻgʻrisida bilimlar berishdan iborat.
Aхborot komplekslari – maqsadli yo’naltirilgan kommunikatsiya, bino va inshootlar, xavfsizlik tizimlari, turli matematik usullar va modellar, tехnik va dasturiy vositalar, shu jumladan, insonlar ham ishtirok etadigan majmuaviy tizim bo`lib, xo’jalik iqtisodiy faoliyatini boshqarishda axborotlar bilan bog’liq jarayonlarning to’liq siklini qamrab oladigan axborot tizimlari majmuasidir.
Texnologiya deyilganda aniq usul, mеtod va vositalar yig`indisidan foydalanib, ob`yеktining dastlabki, boshlang`ich holatini yangi, aniq talabdagi holatga kеltiradigan jarayon tushuniladi. Agarda хom ashyo sifatida aхborot e’tiborga olinsa, bu aхborotga ishlov bеrish natijasida aхborot mahsulotini olish mumkin. Bu mahsulot nomoddiy bo’lgani uchun “Axborot texnologiyasi” deb urg’u beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |