2. OQSILNI MIQDOR JIHATDAN ANIQLASH
LOURI USULI BO'YICHA
Kerakli asbob va reaktivlar: fotoelektrokolorimetr, 50 va 10 ml li o'lchov
silindrlari, 2 va 10 ml li darajalangan pipetkalar, A — reaktivi, V — reaktivi, Foling
reaktivi, kristall holidagi albumin.
Oqsilni miqdor jihatdan aniqlash usullari ichida eng keng tarqalgani va yuqori
sezgirlikka
ega
bo'lgani
Louri
usulidir.
Louri usuli bir vaqtning o'zida ikki xil, ya'ni biuret reaksiyasi hamda tirozin va
sisteinlarga xos Foling reaktivi bilan beradigan rangli reaksiyaga asoslangan.
Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari aralashmasi (Foling reaktivi)
qaytarilganda yuqoridagi aminokislotalarning radikallari bilan birikib, ko'k rangli
kompleks hosil qiladi. Bu qaytarish reaksiyasida mis sulfatning ishqordagi eritmasi
oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtirok etsa kerak. Louri usuli suyultirilgan
eritmalarda, ion almashinuv xromatografiyasi va molekulyar elaklarda oqsillarni
fraksiyalashda oqsil miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Tajriba.
Kalibrlash
egri
chizig'ini
chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |