Oʻsimlik hujayrasi va toʻqimalar
Download 64.3 Kb.
|
Oʻsimlik hujayrasi va toʻqimalar bo`yicha test
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Oʻsimlik hujayrasi va toʻqimalar 1.Sitoplazmaning harakatini mikroskop ostida qaysi oʻsimlik bargida aniq koʻrish mumkin? a) elodeya b) geran s) begoniya d) atirgul 2 . Boʻlinadigan hujayralarning ilk oʻzgarishini farqlang. a) magʻiz yiriklashadi b) hujayra yiriklashadi c) magʻiz boʻlinadi d) sitoplazma boʻlinadi 3. Magʻiz kimyoviy tarkibiga koʻra qaysi hujayra organoidiga yaqin boʻladi? a) sitoplazma b) mitaxondriya c) ribosoma d) golji apparati 4. Mexanik toʻqimani aniqlang ? a) lub, yogʻochlik b) epidermis , yogʻochlik c) oʻtkazuvchi, epidermis d) qoplovchi ,oʻtkazuvchi 5. Agar mikroskopning okulyari 10, obektivi 15 boʻlsa, mazkur mikroskop necha marotaba kattalashtirib koʻrsatadi? a) 600 b) 200 c) 150 d) 400 6. Oʻsimlik hujayralari oʻsishi bilan uning qaysi qismi birlashib boradi. a) sitoplazma b) leykoplast c) xloraplast d) vakuola 7. Oʻsimlikdagi tolalar qanday toʻqimani hosil qiladi ? a) qoplovchi b) oʻtkazuvchi c) asosiy d) mexanik 8.Oʻsimliklarning yashil rangini beruvchi organoidini aniqlang . a) mitoxondriyalar b) golji majmuasi c) ribosoma d) plastidalar 9. Oʻsimlik hujayralari qanday gaz bilan nafas oladi? a) karbonat angidirid bilan b) kislorod bilan c) azot bilan d) kunduzi kislorod, kechasi CO2 bilan nafas oladi. 10. Hujayra shirasi egallagan boʻshliqni belgilang. a) sitoplazma b) yadro c) vakuola d) plastida 11. Mexanik toʻqimalar oʻsimlikning qaysi qismida koʻproq uchraydi? a) gul, meva, poʻstloq b) poʻstloq, gultojbarglar c) ildiz, poya, barg d) ildiz, poya 12. Qoʻl lupasi necha marta kattalashtirib koʻrsatadi? a) 10-25 b) 3-5 d) 3-6 d) 25-30 13.Chigit yuzasidagi tolasi (hujayralarning) necha santimetrda ekanligini aniqlang? a) 1-2 b) 3-4 c) 4-5 d) 3-5 14. Hosil qiluvchi toʻqima oʻsimliklarning qaysi qismida boʻladi? 1. bargida 2. ildiz qinchasida 3. ildizpoyada 4. oʻsish konusida 5. poyaning oʻtkazuvchi qismida 6. kambiyda 7. lub tolalarida 8. yogʻochligida 9. oʻzakda a) 1.3.5 b) 2.4.6 c) 3.5.7 d) 7.8.9 15. Qaysi belgilar yosh va qari hujayralarni bir-biridan ajratish imkonini beradi? a) qobiqning qalinligi ,vakuolaning sitoplazmada egallagan joyiga qarab b) hujayra qobigʻining shakli, vakuolaning egallagan joyiga qarab c) hujayra qobigʻini shakli,vakuola qobigʻining tuzilishiga qarab d) hujayra qobigʻining qalinligi, yadro va mitoxondriyalar soniga qarab 16. Magʻizni shakli va hajmi hujayraning … qarab xar-xil boʻladi 1. yirik, mayda 2. kimyoviy tarkibiga 3. yoshiga 4. yashash sharoitiga 5. karioplazma harakatiga a) 1.2.5 ) 1.3.4 c) 1.2.4 d) 1.4.5 17. Oʻsimlik hujayrasidagi xloroplastlar qanday vazifani bajaradi? a) oʻsimlik hujayrasining boʻlinishida ishtirok etadi b) nafas olishda ishtirok etadi c) zararli moddalarni chiqarib yuborishda ishtirok etadi d) organik moddani sintezlaydi, yashil rang beradi 18. Toʻqima deb nimaga aytiladi? a) tuzilishi va bajaradigan vazifasi bir xil boʻlgan hujayralar yigʻindisi b) tuzilishi va bajaradigan vazifasi har xil hujayralar toʻplami c) tuzilish har xil,bajaradigan vazifasi bir xil hujayralar toʻplami d) tolalar yordamida birikkan hujayralar toʻplami 19. Oʻsimlik organlari tarkibiga qanday toʻqimalar kiradi? a) hosil qiluvchi, qoplovchi b) qoplovchi, oʻtkazuvchi c) hosil qiluvchi, mexanik , qoplovchi, poʻstloq, asosiy d) oʻtkazuvchi, hosil qiluvchi, mexanik , qoplovchi , asosiy 20. Hujayra yadrosini qaysi olim,nechanchi yili kashf etgan? a) N. Gryu 1673-yil b) R.Guk 1665-yil c) M. Navashin 1915-yil d) R. Broun 1831-yil 21. Xromoplastlar oʻsimliklarning qaysi qismida koʻproq uchraydi? a) ildiz va ildiz bachkilarida b) kosachabarg va changchida c) yetilgan meva va tojbarglarda d) yetilgan mevada va yetilmagam pomildorida 22. Qaysi toʻqima hujayralarida boshqa turdagi toʻqimalar hosil boʻladi? a) gʻamlovch toʻqima b) hosil qiluvchi c) mexanik toʻqima d) oʻtkazuvchi toʻqima 23. Oʻsimlik hujayralarida…uchraydi. a) yashil xloroplastlar, sariq va pushti xromoplastlar, hamda rangsiz leykoplastlar b) faqat yashil rangdagi xloroplast va xromoplastlar c) yashil, sariq, qizil xloroplastlar,sariq va pushti hamda rangsiz leykoplastlar d) yashil xromoplastlar, sariq va pushti xloroplastlar, hamda rangsiz leykoplastlar 24.Qaysi kattalashtirib koʻrsatadigan asbob uchun preparat tayyorlanmaydi? a) qoʻl lupaga b) shtativli lupaga c) yorugʻlik mikroskopga d) electron mikroskopga 25. Mevalar ta’mi hujayraning qaysi qismi bilan bogʻliq? a) hujayra shirasi b) sitoplazma c) yadro d) mitoxondriya 26. Oʻsimlikka rang beruvchi hujayra organoidlarini belgilang. a) xromoplastlar, mitoxondriyalar b) xloroplastlar, ribosoma c) xromoplastlar, xloroplastlar d) lekoplastlar hujayra qobigʻi 27. Sklerenxima bu …… a) asosiy toʻqima hujayralari b) qoplovchi toʻqima hujayralari c) mexanik toʻqimani oʻlik hujayralari d) mexanik toʻqimani tirik hujayralari 28. Hujayra sitoplazmasida hujayra shirasi bilan toʻlgan boʻshliq… a) vakuola b) hazm vakuola c) qisqaruvchi vakuola d) plastida 29. Havo ildizlari epidermisining ostidagi etli qavat qaysi toʻqimadan tashkil topgan? a) gʻamlovchi b) qoplovchi c) hosil qiluvchi d) asosiy 30. Poya va ildizning poʻstloq va yogʻochlik tolalari qaysi toʻqimaga kiradi? a) hosil qiluvchi b) lub c) mexanik d) qoplovchi 31. Quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarda yashil rangni nima hosil qiladi? a) leykoplastlar b) xlorofill c) xromatofor d) xromoplastlar 32. Nima uchun elodiya bargidan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida ham tabiiy sharoitda oʻsgandek tirik boʻladi? a) hujayrasi bir qavat boʻlganligi uchun b) vakuolasi boʻlganligi uchun c) shirasi koʻpligi uchun d) suvda oʻsganligi uchun 33. Chigit yuzasidagi tola nechta hujayradan iborat. a) 2 b) 1 c) 5 d) 4 34. Nok, behi etidagi qattiq donachalar,danakli mevalar qobigʻidagi hujayralar qaysi toʻqimaga kiradi? a) jamgʻaruvchi b) oʻtkazuvchi c) hosil qiluvchi d) mexanik 35. Mikroskop obektivi preparat ustidan qancha balandlikda joylashadi? a) 3-4 sm b) 4-6 mm c) 0.5-1 sm d) 0.5-1 mm 36.Qaysi oʻsimlikda qand erigan holda boʻladi? a) noʻxat b) suli c) loviya d) lavlagi 37. Kollenxima (1) va sklerenxima (2) hujayralarining farqini koʻrsating? a. tirik; b. oʻlik; c. oʻsimliklarning harakatini ta’minlovchi a) 1 – a 2 – b b) 1 – b 2 – c s) 1 – c 2 – a d) 1 – c 2 – b 38. Uchki va yon hosil qiluvchi toʻqimalarga ajraladigan toʻqimani aniqlang. a) jamgʻaruvchi b) ajratuvchi s) mexanik d) hosil qiluvchi 39. Asosiy (I) va mexanik (II) to'qima xillarini ajrating. a. yog'ochlik tolalari; b. jamg'aruvchi; c. uchki; d. assimlyatsion; e. lub tolalari; g. yon a) I-b,e II-a, e, b) I-b, d, II-a,e s) I-a,d II-e,g d) I-a,e II-d,g 40. Jamgʻaruvchi toʻqima asosan qaysi hujayralardan tashkil topgan? a) oʻlik parenxima b) tirik parenxima c) oʻsimlikning boʻyiga oʻsishini ta’minlaydigan tirik hujayralar d) qalin qobiqli, oʻlik hujayralar 41. Nima uchun poʻkak oʻzidan suv va gazlarni oʻtkazmaydi? a) poyada ogʻizchalar boʻlmaganligi uchun b) qobigʻiga murein moddasi shimilganligi uchun c) qobigʻiga suberin moddasi shimilganligi uchun d) yasmiqchalar soni kam boʻlganligi uchun 42. Hujayra shirasi tarkibini aniqlang. a) 70-95% suv va organic moddalar,plastidalar b) 70-95% suv va unda erigan moddalar, oqsillar,moy, sakar c) Suv va unda erigan moddalar, oqsillar, moy, shaker d) 70-95% organic moddalar, oqsillar, moy, shakar 5-30% suv va mineral tuzlar 43. Shtativli lupasi necha marta kattalashtirib koʻrsatadi? a) 10-25 b) 3-5 d) 3-6 d) 25-30 44. Mikroskop obektivi byum stoli ustidan qancha balandlikda joylashadi? a) 3-4 sm b) 4-6 mm c) 0.5-1 sm d) 0.5-1 mm 45. Mikroskop stol chetidan qancha ichkarida joylashadi? a) 3-4 sm b) 4-6 mm c) 0.5-1 sm d) 0.5-1 mm 46. Piyoz hujayrasiga xos hususiyatlarni koʻrsating. 1. yumaloq 2.zich 3. choʻziq 4. siyrak 5. rangsiz 6. rangli a) 1.2.5 b) 2.3.5 c) 3.4.5 d) 1.3.5 47. Osimlik hujayralari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? a) hajmi, oʻlchami b) shakli c) katta kichikligi d) barchasi 48. Qari hujayralarda …. Uchramaydi. a) plastidalar b) magʻiz c) xloroplast d) ribasoma 49.Hujayrani qaysi xususiyati nobud boʻlguncha saqlanadi? a) boʻlinish b) oʻsish c) otkazuvchanlik d) fotosintez 50.Qaysi oʻsimlikda qand qattiq holda jamgʻarilgan boʻladi? a) olma b) uzum c) loviya d) lavlagi http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Download 64.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling