Mavzu: Plastida va ularning turlari va fotosintez Reja: Plastida va ularning turlari


Download 14.75 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi14.75 Kb.
#1460767
Bog'liq
18-mavzu


Mavzu: Plastida va ularning turlari va fotosintez
Reja:

  1. Plastida va ularning turlari

  2. Fotosintez


Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromoplastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4—6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak oʻsimliklarda XP pigmentlari yashil a va v xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. XPdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va koʻkyashil suvoʻtlar hamda bakteriyalar DNKsiga oʻxshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. LPda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va boshqalar) sintezlanadi. LP toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi. XR dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va boshqalarning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor. P.ning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin.[1]
Xlorofil pigmentlari a va b yashil rang berib quyoshdan kelayotgan 300-700 nnm toʻlqin uzunligidagi nurlarni yutadi va bu nurlar ishtirokida fotosintez amalga oshadi.
Fotosintez (foto... va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. F. tabiatda sodir boʻladigan eng, muhim biologik jarayonlardan biri. F.da quyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. F.da hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi.
F.da barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi. F. haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo F.ni tajribalar orqali oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye (1782), shveysariyalik olim T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan boshlandi. Nemis fiziologi Yu.Saks (1863) barglardagi xloroplastlarda kraxmal sintezlanishini koʻrsatadi.
F.da kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis fiziologi T.V.Engelman (1881) oʻrgangan. F.da yorugʻlik nurining ahamiyati 19-asrning oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi K.A.Timiryazev (1875) yorugʻlik energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik oʻzgarishlar jarayonida ishtirok etishini koʻrsatdi.
19-asrning oʻrtalaridan boshlab F.ni oʻrganishda yangi metodlar (gaz analizi, izotop metodi, spektroskopiya, elektron mikroskopiya usullari va boshqalar) qoʻllanila boshlangandan soʻng F.da xlorofillning qatnashish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Rus biokimyogari A.N.Bax (1893) F. da SO2 assimilyatsiyasi suv vodorodi va gidroksil guruhi ishtirokidagi oksidlanishqaytarilish jarayonidan iborat ekanligi haqida fikr bildirdi.
Download 14.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling