Plastidalar. Sitoplazmadagi oziq moddalar
Download 1.95 Mb.
|
Plastida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xloroplast
- Xromoplast
- Leykoplast
- Sitoplazmadagi zaxira oziq moddalari
- O`simlik moylari
Plastidalar. Sitoplazmaning zahira oziq moddalari.PlastidalarPlastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi.Plastida turlari:Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar, rangsiz leykoplastlar va rangli xromo-plastlar ga boʻlinadi.XloroplastXloroplastlar (yun. chloros — yashil va plastos — yasalgan) — oʻsimliklarning fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari).X. oʻsimliklarning yer ustki qismida joylashgan hujayralari, ayniqsa, barglar va yashil mevalar hujayralari sitoplazmasida kup uchraydi. Yashil suvoʻtlar hujayrasi X.i xromatoforalar deyiladi. Xromatoforalar, odatda, bitta, baʼzan bir nechta boʻladi. X.da fotosintez bilan bir vaqtda aminokislotalar va yogʻ kislotalari ham sintezlanadi; kraxmalning vaqtinchalik zaxiralari saklanadi. Xloroplastlar 5—10 mkm, eni 2—4 mkm ga yaqin, shakli yumaloqlinzasimon yoki ellipssimon. X. sitoplazmadan ikki qavat membrana bilan ajralgan, ichki boʻshligʻi stroma deyiladi. X. stromasida joylashgan tuzilma birlik — tilakoidlar yassi xaltachalarga oʻxshaydi. Bir guruh disksimon tilakoidlar ustmaust joylashib, granlar (qirralar) hosil qiladi. Granlardagi tilakoidlar boʻshligʻi oʻzaro tutashgan boʻladi. X.da granlar soni 40—60, baʼzan 150 taga yetadi.XromoplastXROMOPLASTLAR (xroma (o) … va yun. plastos — yasalgan) — pishgan mevalar, gultojibarglar, kuzgi yaproklar, baʼzi sabzavot ildizlari (mas, sabzi) hujayralari tarkibida uchraydigan sariq, toʻqsariq, qizil rangli plastidalar. X. rangi karotinoidlar deb ataluvchi pigmentlar tarkibiga bogʻliq. Baʼzi karotinoidlar lipidlarda erigan holda boʻladi; boshqalari esa oqsil fibrillalarida toʻplanadi. X. ham xloroplastlar singari ikki qavat membranalar bilan oʻralgan, lekin tilakoidlarining juda kam boʻlishi yoki butunlay boʻlmasligi bilan ulardan farq qiladi. X. plastidalar rivojlanishining oxirgi bosqichi boʻlib, xloroplastlar yoki leykoplastlardan vujudga keladi.Leykoplast. Leykoplastlar-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. Leykoplastlarda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va boshqalar) sintezlanadi. Leykoplastlar toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi.Sitoplazmadagi zaxira oziq moddalariO’simlik hujayralaridagi protoplastning xayot faoliyati natijasida zahira oziq moddalar : uglevodlar, yog’lar va oqsillar to’planadi. Bunday moddalar o’simliklarning urug’ida, mevasida va vegetativ organlarida to’planadi.UglaevodlarUglevodlar qand, kraxmal, inulin va yarim kletchatka kabi birikmalar holida bo’ladi. Qand va inulin hujayra shirasida (vakuolada) suvda erigan holda to’planmaydi. U hujayra gent plazmasida hosil bo’lib, donador shaklda to’planadi va kraxmal donalari deb ataladi. U dastlabki (birlamchi) assimilyatsion kraxmal deb ataladi. Kraxmal turkum shaklida rangsiz donachalardan iborat bo’lib, kattaligi 70-100 MK ga teng.O`simlik moylariOʻsimlik moylari — moyli xom ashyolardan ajratib olinadigan mahsulot, oʻsimlik yogʻlari "moylar" deb ataladi. Moylar, asosan, yuqori molekulali yogʻ kislotalarining uch atomli spirtlar (glitserin) bilan hosil qilgan murakkab efirlari — triglitseridlardan (95—97%) tashkil topgan. Triglitseridlar — rangsiz, hidsiz va taʼmsiz moddalar (qarang Yogʻ). Oʻsimlik moylari tarkibiga oz miqdorda fosfolipidlar, karotinoidlar, mumlar, vitaminlar, erkin yogʻ kislotalari ham kiradi. Oʻsimlik moylarining hidi, taʼmi, rangti ana shu moddalarga bogʻliq. Oʻsimlik moylariga bodom, yer yongʻoq, zigʻir, zaytun, indov (raps), kanakunjut, kakao, kashnich, kanop, kedr, kokos, kunjut kabi o'simliklar boy hisoblanadi.Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling