O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1196750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu Ma\'ruza

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Golji apparati. Endoplazmatik to‘rning ma’lum qismlarida joylashgan
pufakchalik qatlamlarga Golji apparati deyiladi. Ular endoplazmatik to‘rdan uzilib 
chiqib ketadigan pufakchalarning o‘zaro qo‘shilishi va o‘zgarishlaridan yuzaga keladi.
Turli disk, tayoqcha va boshqa shakllarda bo‘lib, har to‘plamda bir nechtadan
joylashgan (3-rasm). Membranasining qalinligi 7-8 nm ga teng. Har bir o‘simlik 
hujayrasida bir nechtadan to yuztacha
Golji apparati bo‘lishi mumkin. Golji apparatining membranasi endoplazmatik 
to‘r va plazmolemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Ular 
metabolitik jarayonda, ya’ni ayrim moddalarning sintez qilinishi, hujayra po‘sti, 
vakuola shirasining hosil bo‘lishida va hujayra uchun keraksiz (shilimshiq) 
moddalarning hujayradan chiqarib tashlanishida ishtirok etadilar. 
Plastidalar. O‘simlik hujayralari plastidalarning bo‘lishi bilan hayvon 
hujayralaridan farq qiladi. Plastida-grekcha "plastikos" so‘zidan olingan bo‘lib, 
shakllangan degan ma’noni anglatadi. 
Sitoplazmada plastidalar o‘zlarining qo‘shqavat membranalari bilan ajralib 
turadilar. Ular dumaloq yoki oval shaklda. Yuksak o‘simliklarning barg hujayralarida 
20-50 donagacha uchraydi. Plastidalar rangsiz (protoplastlar, leykoplastlar) yoki rangli 
(xloroplastlar, xromoplastlar) bo‘ladi. 
O‘simlik hujayrasida uch xil plastidalar mavjud: xloroplastlar, xromoplastlar va 
leykoplastlar. 
Xloroplastlar - asosan yashil rangda (Grekcha «xloros» -yashil so‘zidan 
olingan). Tarkibida xlorofill va karotinoidlardan iborat pigmentlar bor. Mazkur 
organoidning asosiy vazifasi shundan iboratki, unda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. 
Shu sababli u fotosintetik organ ham deyiladi (fotosintez bo‘limida buni kengroq 
ko‘rib chiqamiz). 
Xromoplastlar -(grekcha «xroma» -rang so‘zidan olingan) sariq, qizil va qo‘ng‘ir 
ranglarda bo‘lishi mumkin. Ular o‘simliklarning yer usti va yer osti organlarida
o‘simlik gullari va meva hujayralarining protoplazmasida uchraydi. Xromoplastlarda - 
karotinoidlar jumlasiga kiruvchi pigmentlar (karotin- С
40
Н
56
, lyutin -С
40
Н
56
О
2

violaksantin- С
40
Н
56
О
4
) bo‘ladi. Ular gultoj barglarida, ayrim mevalarda (apelsin 
po‘stlog‘ida, namatakda, tarvuz, pomidor, sabzida va boshqalarda) uchraydi. 
Xromoplastlarning shakli juda xilma-xil: dumaloq, elipsoidsimon, uchburchak, ko‘p 
burchakli, ignasimon, qirrali va hokazo. Gullarning xromoplastlar tufayli turli rangga 
3-rasm. Golji 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling