O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Download 49.73 Kb.
bet3/7
Sana02.11.2023
Hajmi49.73 Kb.
#1739516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. O’simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyo-fayllar.org

2016


2017


2018


2019

Jami ekin ekilgan maydon


3706,7

3474,5

3396,0

3309,4

Donli ekinlar


1689,4

1655,6

1643,2

1578,3

Shu jumladan:










boshoqli don


1549,2

1512,6

1495,4

1409,9

shundan: bug’doy


1446,1

1411,1

1386,3

1316,1

makkajo’xori don uchun


39,9

37,8

40,8

44,1

sholi

72,8

73,1

46,8

71,0

dukkakli don

23,7

28,0

56,1

49,2

Texnika ekinlari


1333,9

1253,3

1150,5

1099,5

Shu jumladan: g’o’za


1265,1

1201,2

1108,2

1050,6

Kartoshka


84,6

78,8

86,8

89,6

Sabzavotlar


206,0

189,7

219,0

220,0

Poliz

58,8

52,3

52,6

53,4

Ozuqa ekinlari

333,5

243,4

242,7

267,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari


Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda 2016-2019-yillar mobaynida jami ekin ekilgan maydon 397,3 ming gektarga kamaygan. Ekin turlari bo’yicha esa texnika ekinlari, poliz va ozuqa ekinlari maydonida kamayish kuzatilgan.

Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorlik darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar 20.3-jadvalda keltirilgan.


20.3-jadval Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi, sentner/gektar




2015


2016


2017


2018

Don

45,3

45,0

39,7

38,1

Shu jumladan:









bug’doy

48,2

47,9

42,2

41,0

arpa

15,1

15,1

13,3

11,0

makkajo’xori don uchun


50,5

54,2

48,1

49,0

sholi

32,8

34,4

30,9

27,6

dukkakli don

15,5

17,8

15,6

13,4

G’o’za

25,8

23,4

23,7

20,7

Kartoshka

219,1

225,1

217,9

224,8

Sabzavotlar


271,0

271,1

253,6

237,1

Poliz

203,6

209,4

197,9

189,8

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 20.4-jadvalda keltirilgan.

20.4-jadval Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish (barcha toifadagi xo’jaliklarda, ming tonna)






2016


2017


2018


2019

Don - jami


8261,3

7288,5

6535,5

7437,8

shu jumladan:










bug’doy

6934,9

6079,2

5410,8

6093,5

arpa

167,4

134,3

111,8

133,5

makkajo’xori don uchun


491,9

389,4

413,2

421,3

sholi

452,0

395,4

221,1

314,7

Paxta xomashyosi

2959,0

2853,9

2285,6

2691,7

Kartoshka


2789,5

2793,7

2911,9

3089,7

Sabzavotlar


10184,0

10219,9

9760,3

10215,1

Poliz

2044,9

2031,0

1837,0

2068,7

Silos, ko’k ozuqa va senaj uchun ekilgan makkajo’xori

4366,4

2775,7

2782,9

3253,3

Ozuqabop ildizmevalar


213,1

180,6

120,5

140,5

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari


Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan o’simlikchilik mahsulotlari 20.5jadvalda keltirilgan.

20.5-jadval Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan o’simlikchilik mahsulotlari, kg







2016


2017


2018


2019

Don

259,4

225,0

198,3

221,5

Kartoshka

87,6

86,3

88,4

92,0

Sabzavotlar


319,8

315,5

296,2

304,2

Poliz

64,2

62,7

55,7

61,6

Meva va rezavorlar

82,0

80,7

82,1

82,0

Uzum

50,7

50,2

48,2

47,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk davridan boshlab ekin maydonlari tarkibini takomillashtirishga alohida e’tibor berildi. Sobiq ittifoq davrida mamlakatimiz qishloq xo’jaligi asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi. Shu sababli paxta yakka hokimligiga barham berish va mamlakatimiz aholisi ehtiyoji uchun kerak bo’ladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini o’zimizda yetishtirishga erishish bo’yicha islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk davrida don mustaqilligi Davlat dasturi ishlab chiqildi va boshoqli don ekinlari maydoni sug’oriladigan yerlar evaziga keskin ko’paytirildi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisi uchun kerak bo’ladigan don mahsulotlari o’zimizda to’liq yetishtirilmoqda va bir qismi eksport ham qilinmoqda.

20.6-jadval O’simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’sishi (o’tgan yilga nisbatab foizda)






2016


2017


2018


2019

Don - jami


101,1

88,2

89,7

113,8

shu jumladan:










bug’doy

99,6

87,7

89,0

112,6

arpa

110,4

80,2

83,2

119,4

makkajo’xori don uchun


111,9

79,2

106,1

102,0

sholi

106,2

87,5

55,9

142,3

dukkakli don

128,8

216,0

122,3

130,6

Paxta xomashyosi


88,0

96,5

80,3

117,8

Kartoshka


107,8

100,2

104,2

106,1

Sabzavotlar


108,5

100,4

95,5

104,7

Poliz

110,3

99,3

90,4

112,6

Silos, ko’k ozuqa va senaj uchun ekilgan makkajo’xori

104,3

63,6

100,3

116,9

Ozuqabop ildizmevalar


143,0

84,7

66,7

116,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari


Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlarning salmog’i ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin maydonidagi salmog’i 39,8 foiz bo’lgan bo’lsa, 2000-yilga kelib bu ko’rsatkich 42,7 foizni, 2008-yilda 43,2 foizni, 2012-yilda 44,9 foizni va 2015-yilda esa 45,2 foizni, 2018-yilda esa 48,4 foizni tashkil etgan.

O’simlikchilik tarmoqlari tarkibida donchilik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Donchilik mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holada non va non mahsulotlari xalqimizning dasturxonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab don mustaqilligiga erishishga alohida e’tibor berildi. Ushbu maqsadga erishish uchun donli ekinlar maydoni keskin oshirildi, seleksiya va urug’chilikka e’tibor berildi, donli ekinlarning hosildorligini oshirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda va hozirgi vaqtda mamlakatimizda yillik ehtiyoj uchun yetarli miqdorda don yetishtirilmoqda. Donli ekinlar chorvachilikni ozuqa bazasi bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.


G’allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me’yorlari bo’yicha bir kishi yil davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste’mol qilishi lozim. G’allachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug’doy aholi ehtiyojlarini to’liq qondirib, yetishtirilgan bug’doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda. G’allachilikning rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari yuksalishiga ham ijobiy ta’sir etadi.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, mustaqillikning ilk davrida mamlakatimizda 940 ming tonna g’alla yetishtirilgan bo’lib, aholi uchun zarur bo’lgan bu mahsulotga ichki ehtiyojni ta’minlash uchun taxminan 4,5 mln. tonna bug’doy chetdan xarid qilinar edi. Mamlakatimizda oziqovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida don mustaqilligi davlat dasturi qabul qilindi. Chunki, non xalqimiz asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi, shu sababli bug’doy yetishtirishni ko’paytirisjga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda bug’doy ekiladigan maydonlar keskin ko’paytirildi. Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlarning salmog’i ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin maydonidagi salmog’i 39,8 foiz bo’lgan bo’lsa, 2000-yilga kelib bu ko’rsatkich 42,7 foizni, 2008-yilda 43,2 foizni, 2012-yilda 44,9 foizni, 2015-yilda 45,2 foizni, 2019-yilda esa 47,7 foizni tashkil etmoqda.
Don mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirishga erishish uchun dastlab urug’chilikka e’tibor berildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil dekabr oyida qabul qilingan “Andijon viloyatida boshoqli don ekinlari urug’chiligini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi qarori aynan shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan edi. Mazkur me’yoriy hujjatga asosan, hududda bug’doyning yangi navlarini yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklar, urug’lik bug’doy sanoat miqyosida tayyorlanadigan va qadoqlanadigan zamonaviy korxonalar yuzaga keldi.
20.7-jadval Mamlakatimizda don ishlab chiqarish








Download 49.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling