2. Mamlakatimizda o’simlikchilik tarmoqlarining hozirgi
rivojlanish holati.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i bo’lgan o’simlikchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillikning ilk davrida o’simlikchilik tarkibida paxtachilik va g’allachilikka alohida e’tibor berilgan bo’lsa, 2008-yilda yuzaga kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan so’ng o’simlikchilik tarkibida sabzavotchilik, polizchilik, moyli ekinlar, bog’dorchilikni rivojlantirishga ham e’tibor berila boshlandi. Ayniqsa 2017-yildan boshlab qishloq xo’jaligida ekinlar tarkibini takomillashtirish, oziqovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni kengaytirishga e’tibor yanada kuchaydi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o’simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi ham takomillashib bormoqda.
2019-yilda mamlakatimizda qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsuloti hajmi 224265,9 mlrd. so’m bo’lib, uning 111904,8 mlrd.
so’mi yoki 49,9 foizi o’simlikchilik tarmog’ida yaratilgan (20.1-jadval).
20.1-jadval O’simlikchilik tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari
-
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan maydoni, ming ga
|
3706,7
|
3474,5
|
3396,0
|
3309,4
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsuloti hajmi, mlrd. so’m
|
119726,7
|
154369,4
|
195095,6
|
224265,9
|
shundan:
|
|
|
|
|
o’simlikchilik
|
61755,1
|
83303,4
|
98406,4
|
111904,8
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi o’sish sur’ati, o’tgan yilga nisbatan foizda
|
106,1
|
101,2
|
100,3
|
103,1
|
shundan:
|
|
|
|
|
o’simlikchilik
|
105,7
|
98,2
|
95,8
|
104,8
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda o’simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi so’nggi yillarda kamayish tendensiyasida bo’lgan va 2019-yilda o’sish tendensiyasiga o’tgan.
Turlari bo’yicha ekin ekilgan maydon to’g’risidagi ma’lumotlar 20.2jadvalda keltirilgan.
20.2-jadval Turlari bo’yicha ekin ekilgan maydon (barcha toifadagi xo’jaliklarda, ming gektar)
-
Do'stlaringiz bilan baham: |