O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Download 49.73 Kb.
|
1. O’simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyo-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda paxta xomashyosi ishlab chiqarish
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 2019-yil holatiga bug’doy ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 39,8 foizini tashkil etgan. 2019-yil holatiga bug’doy ishlab chiqarish bo’yicha Qashqadaryo (899,2 ming tonna), Samarqand (644,9 ming tonna), Surxondaryo (552,0 ming tonna), Farg’ona (547,9 ming tonna) va Jizzax (536,8 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa, Xorazm (281,3 ming tonna) va Navoiy (205,9 ming tonna) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi (172,6 ming tonna) eng past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2016-2018-yillar mobaynida mamlakatimizda bug’doyning o’rtacha hosildorligi pasaygan, lekin 2019-yilda uchbu ko’rsatkich bo’yicha o’sishga erishilgan. 2019-yil holatiga bug’doy hosildorlik darajasi ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (62,9 sentner/ga), Buxoro (61,9 sentner/ga), Xorazm (53,2 sentner/ga) va Sirdaryo (52,7 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi (29,2 sentner/ga) va Jizzax viloyatida (37,5 sentner/ga) va eng past ko’rsatkich qayd etilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ichki ehtiyojlar o’zimizda ishlab chiqarilgan un va non mahsulotlari bilan to’liq ta’minlanmoqda. G’allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me’yorlari bo’yicha bir kishi yil davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste’mol qilishi lozim. G’allachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug’doy aholi ehtiyojlarini to’liq qondirib, yetishtirilgan bug’doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda. Shu bilan bir vaqtda mamlakatimizga Qozog’istondan un va bug’doy import ham qilinmoqda. Bu mamlakatimizda yetishtirilayotgan donning aholi ehtiyojlarini qondirmayotganligidan dalolat bermaydi, balki Qozog’istonda yetishtirilayotgan bug’doyning sifat ko’rsatkichlari bilan izohlanadi. Bug’doyning sifatiga tabiiy-iqlim sharoitlari ham ta’sir ko’rsatadi, ya’ni salqinroq hududlarda yetishtirilgan bug’doylar konditer va boshqa sanoat talablariga mos keladi. Shu sababli mamlakatimizga Qozog’istondan bug’doy va un import qilinmoqda. Mamlakatimizda don ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish maqsadida ushbu jarayoniga bozor tamoyillarini joriy etish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “G’alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq: a) 2020-yil hosilidan boshlab: davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi. ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan xarid qilinadigan bug’doy mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning donni saqlash talablariga mos keladigan omborlarida shartnoma asosida saqlanadi. Ushbu qarorning 1-ilovasi bo’lgan “G’alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi”da “O’zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarni 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish choratadbirlarini belgilash hamda don saqlashga talabgor bo’lgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov va attestatsiyadan o’tkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar ro’yxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish belgilab qo’yilgan. b) 2021-yil hosilidan boshlab: davlat tomonidan g’alla xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi; davlat xaridi to’liq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan g’alla barcha iste’molchilarga, shu jumladan donni qayta ishlovchi korxonalar, g’allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi; ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdorda don O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17maydagi “2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o’z vaqtida va sifatli o’rib-yig’ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qaroriga ko’ra, ichki bozorda don va non narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2021-yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug’lik don xarid hajmi belgilandi. Shunga ko’ra, 2021-yil hosilidan davlat resurslariga jami 2 mln. 434 ming 425 tonna tovar va urug’lik don (shundan 2 mln 150 ming tonna tovar don, 284 ming 425 tonna urug’lik don) xarid qilish nazarda tutilgan. Xalqimiz tomonidan ko’p iste’mol qilinadigan don mahsulotlaridan yana biri bu – guruchdir. Lekin yetishtirilgan jami don tarkibida sholining salmog’i ancha past darajada. 2019-yil holatiga jami don tarkibida sholining ulushi 4,2 foizni tashkil etgan, ushbu ko’rsatkich 2016-yilda 5,4 foizni tashkil etgan. Suv resurslari yetarli bo’lgan hududlarda sholi yetishtirishni ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. O’simlikchilik tarmog’ining muhim yo’nalishlaridan biri – texnika ekinlari yetishtirishdir. Texnika ekinlari – sanoat xomashyosi sifatida yetishtiriladigan (xomashyo beradigan) bir va ko’p yillik qishloq xo’jaligi ekinlaridir. Texnika ekinlari bir qancha botanik oilaga mansub. Ularga tolali ekinlar (g’o’za, kanop, tolali zig’ir va boshqalar), shakarli ekinlar (qand lavlagi, shakarqamish va boshqalar), moyli ekinlar (kungaboqar, kanakunjut, yer yong’oq, soya, raps, maxsar, xantal, zig’ir va boshqalar), efir moyli ekinlar (atirgul, yorongul, yalpiz va boshqalar), oshlovchi modda olinadigan o’simliklar (skumpiya, badan), kauchukli o’simliklar (geveya, gvayula, ko’ksag’iz, tovsag’iz), po’kakli o’simliklar (po’kakli dub va boshqalar), dorivor o’simliklar (jenshen, kavrak, shrinmiya va boshqalar) kabilar mansubdir. Texnika ekinlari tarkibida mamlakatimizda eng keng tarqalgani va ko’p miqdorda yetishtiriladigani paxta xomashyosidir. Paxta xomashyosidan 30-35 foiz tola, 60-65 foiz chigit, 5-10 foiz har xil chiqitlar olinadi. Paxta tolasi to’qimachilik sanoatida qayta ishlanib, aholi uchun ekologik toza bo’lgan kiyim-kechak, harbiy soha, kosmonavtika va sanoat uchun sifatli mahsulotlar olinadi. 1 tonna paxta xomashyosidan 3000-3500 m2 gazlama olinadi. Chigitdan esa 17-20 foiz yog’, 40-45 foiz sheluxa, 30-35 foiz kunjara va bundan tashqari sovun, atir-upa singari yuzdan ziyod turli-tuman parfyumeriya mahsulotlari olinadi. Umuman g’o’zadan olinadigan mahsulotlar asosida sanoat usulida 1200 dan ko’proq turli mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, jahonda paxta tolasi va mahsulotlariga nisbatan talab ortib boraveradi. Paxtachilik asalarichilikning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. G’o’za asalarilar uchun asosiy ozuqa manbai hisoblanadi, asalarilar esa o’z navbatida g’o’zaning changlanishida muhim ahamiyatga ega va hosildorlikni oshiradi. Hozirgi kunda jahonning 66 mamlakatida paxta yetishtirilib, 100 dan ortiq mamlakat fabrikalarida paxta tolasiga ishlov beriladi. Shu o’rinda paxta yetishtiruvchi mamlakatlar soni bilan bog’liq muayyan tendensiya kuzatilayotganini ta’kidlash joiz. Ayrim adabiyotlarda paxta yetishtiruvchi davlatlar soni XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida 80 tadan ziyod ekani to’g’risida ma’lumot berilgan. Keyinroq, 1990-yillar o’rtasiga kelib, ular soni 70 taga tushdi. Bugungi kunda Paxta bo’yicha Xalqaro Maslahat qo’mitasi (ICAC)ning bergan statistik ma’lumotlariga ko’ra, paxta yetishtiruvchi davlatlar soni, yuqorida ta’kidlanganidek, 66 tani tashkil etmoqda. Odatda xalqaro statistikada 1000 tonna va undan ortiq paxta tolasi ishlab chiqargan davlatlar hisobga olinadi. Bundan kam paxta tolasi ishlab chiqaruvchi davlatlar mavjud bo’lsa-da, ularga paxta yetishtiruvchi mamlakat maqomi berilmaydi. Demak, jahonda mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining chuqurlashib borishi natijasida ayrim davlatlar paxta yetishtirishni qisqartirib yoki batamom tugatib, boshqa xildagi nisbatan afzalroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashmoqdalar. Kelajakda bu jarayonning yanada chuqurlashishi natijasida paxta yetishtiruvchi davlatlar soni bundan keyin ham kamayib borishi mumkin. Dunyo bo’yicha har yili o’rtacha 20-21 mln. tonna paxta tolasi yetishtiriladi. Shundan 0,9-1,0 mln. tonnasi mamlakatamiz hissasiga to’g’ri keladi. Yurtimiz g’o’za o’simligi ekiladigan eng shimoliy mamlakatlardan biri bo’lib, uni yetishtirish uchun qulay shart-sharoit va xalqimiz tomonidan to’plangan boy tajriba mavjud. O’zbekiston hozirgi vaqtda paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi. Paxta ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan eng yiriklari – Xitoy, AQSh, Hindiston, Pokiston, Turkiya va O’zbekiston davlatlari bo’lib, bu 6 ta mamlakat dunyo bo’yicha ishlab chiqariladigan paxtaning 3/4 qismidan ziyodrog’ini beradi. Mamlakatimizda paxta xomashyosi ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar 20.9-jadvalda keltirilgan. 20.9-jadval Mamlakatimizda paxta xomashyosi ishlab chiqarish
|
ma'muriyatiga murojaat qiling