O‘simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati


Download 1.14 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1310469
Bog'liq
Усимликчилик


OSIMLIKCHILIK TARMOQLARINING AHAMIYATI

O‘simlikchilik - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, mevachilik, bog‘dorchilik va shu kabilarni oladi.


Odam undan oziq-ovqat mahsulotlarini, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom- ashyo, chorvachilik - ozuqa oladi. Tarmoq tuzilmasining ko‘rsatkichi bo‘lib umumiy hajmda ishlab chiqilgan mahsulotlarning har bir tarmog‘idan sotilgan mahsulotning ulushi xizmat qiladi. Hozirgi paytda o‘simlikchilik qishloq xo‘jaligining hamma mahsulotlari orasida eng ko‘p ulushni egallaydi.
O‘simlikchilik yem-hashak, dag‘al, yashil, shirali ozuqa bo‘lib, chorvachilikning rivojlanishi uchun baza hisoblanadi. O‘z navbatida chorvachilik ham somon, poya, shuningdek, oziq-ovqat sanoati chiqindilari (kunjara, sheluxa, kepak, barda va b.) kabi qo‘shimcha mahsulotlarni chiqaradi.

O'simlikchilikda foydalaniladigan asosiy resurs - bu yer, pichanzor, yaylov, bog‘lar. Haydaladigan yer maydonini ekinlar bo‘yicha taqsimlash uzoq vaqtlargacha qabul qilingan dehqonchilik tizimiga bog‘liq bo‘ldi. Xo‘jaliklar daromadliroq ekinlarni tanlay boshladilar va ekin ekiladigan, yer maydoni strukturasi narx ta’siri ostida o‘zgara boshladi.


Shu tarzda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hamma turini, chorvachilikni va qayta ishlashni ham qo‘shib ishlab chiqish, bevosita o‘simlikchilikni shartli ravishda quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin: paxta ishlab chiqarish, g‘alla ishlab chiqarish, yog‘li ekinlar ishlab chiqarish, kartoshka va sabzavot ishlab chiqarish, meva va polizlar o‘stirish. Bu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish texnologiyasi har biri o‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Ushbu sharoitda eng rentabelli bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlashda tabiiy-iqlim omillari, transport tarmoqlarining rivojlanishi, mintaqada u yoki bu mahsulotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qayta ishlash korxonalarining mavjudligi katta ta’sir o'tkazadi.
Barcha g‘alla mahsulotlarini oziq-ovqat va yem-hashakka ajratish qabul qilingan. Shu bilan birga, oziq-ovqatga oid ekinlar tarkibidan non va non mahsulotlariga doirlari ajratiladi. G‘allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga boigan talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me'yorlari bo‘yicha bir kishi yil davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste'mol qilishi lozim. G‘allachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug‘doy aholi ehtiyojlarini to'liq qondirib, yetishtirilgan bug‘doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda. G‘allachilikning rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari yuksalishiga ham ijobiy ta'sir etadi.

Ayniqsa, g‘allachilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, davlatimiz tomonidan dehqon va fermerlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rIik o‘z


natijasini berdi: g‘alla hosildorligi va sifati yil sayin oshib, murakkab iqtisodiy
sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga asos bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari rivojlanishi uchun zarur ozuqa bazasi bunyod etilishiga mustahkam zamin yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ichki ehtiyojlar o‘zimizda ishlab chiqarilgan un va non mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanmoqda.
,,O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli 44 ta korxonaning faoliyati urug‘lik tayyorlash, yetishtirilgan hosilni qayta ishlash, aholini uzluksiz ravishda un va non mahsulotlari bilan ta‘minlashga qaratilgan bo‘lib, hukumatimiz tomonidan ularni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Umuman, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari sanab o‘tilgan guruhlar bo‘yicha quyidagi tarzda klassifikatsiyalanadi:
- paxta-paxta xom-ashyosi;
- oziq-ovqat - non mahsulotlari olinadigan g‘alla ekinlari, bug‘doy,
javdar;
- oziq-ovqat - krupa-g‘alla ekinlari: tariq, grechixa, makkajo‘xori,
sholi;


- yem-hashak ekinlari;


- dukkakli ekinlar;
- yog‘li ekinlar: kungaboqar, kanop, zig‘ir;
- texnika ekinlari: kartoshka, qand lavlagi;
- sabzavotlar: pomidor, bodring, piyoz, sarimsoq piyoz, karam, sabzi;
- mevalar: danakli mevalar, pista mevalar, uzum va boshqa ekinlar.
Keltirilgan ro‘yxat mamlakatimiz hududida o‘stiriladigan hamma ekinlarni qamrab ololmaydi. Ro‘yxatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning umumiy hajmida eng ko‘p ulushiga ega bo‘lganlari, holos.
O‘simlikchilikda ishlab chiqarishning asosiy vositasi - yer. Undan to‘g‘ri foydalanish tuproq unumdorligining oshishiga yordam beradi, bu esa qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishga samarali ta’sir qiladi. Yerdan foydalanishda xo‘jalik yuritishning hududiy tizimini yuritishning hisobi katta ahamiyatga ega.
Dehqonchilik tizimi deganda tuproq unumdorligini oshirishga, o‘simlikchilik mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag‘ va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga yo‘naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari: almashlab ekish tizimlari, mashinalar tizimi, o‘g‘itlar tizimi, urug'chilik tizimi, o‘simliklarni himoya qilish tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug‘orish, quritish, kimyoviy melioratsiya va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar tizimi, dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish.
Mamlakatning hamma mintaqalarida dehqonchilikning yagona tizimidan foydalanishning imkoni yo‘q, chunki turlicha tuproq-iqlim sharoitlarida tizimidagi alohida elementlarning ahamiyati har xil bo'ladi.
Quruq iqlimli tumanlarda - sug‘orish, shamol eroziyasiga qarshi kurashish, namlik ko‘p tumanlarda - yerning melioratsiya holatini yaxshilash, sug‘oriladigan dehqonchilik tumanlarida - o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, sho‘rlangan va kislotasi yuqori tuproqlarda - kimyoviy melioratsiya katta ahamiyatga ega.
Dehqonchilik tizimining asosini almashlab ekish tizimi - dala, o‘tloq-beda, makkajo‘xori, sabzavot, tuproqni himoya qiluvchi va boshqa ekinlarni almashlab ekish tashkil etadi. Ilmiy asoslangan almashlab ekishlar - tuproqqa ishlov berishning tavsiya etilgan tizimini joriy etish uchun sharoit yaratadi, uning suv-havo tizimini yaxshilaydi, yuqori samarali texnikadan, organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanishga imkon beradi.
Unumdor tuproqqa mexanizatsiyalash (mashinalar tizimi) ulkan ta’sir etadi. Mashinalardan oqilona foydalanish tuproqda namlik yig‘ilishiga, havo va issiqlik tartibi to‘g‘rilanishiga, dalaning ifloslanishiga qarshi kurashga, qishloq xo‘jaligi ishlarini optimal muddatlarda o‘tkazishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash o‘simlikchilikda mehnat unumdorligini oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish, hamma turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ma’lum maqsadlami ko‘zda tutadigan mintaqaviy dasturlar ishlab chiqiladi.
Dehqonchilik tizimi mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. Kiritiladigan o‘g‘itlar dozasi ko‘paytirilgan sug‘oriladigan yerlarda o‘g‘itni yuqori darajada qoplash kuzatiladi. Qisqa muddatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkoni bo‘lgan intensiv texnologiyalarda ishlab chiqarish xarajatlari strukturasida o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining ulushi ortishi (masalan, paxta va g‘alla ekinlari bo‘yicha 1,5 dan 3,5 martagacha) ko‘zda tutiladi.
Hozirgi paytda o‘g‘itlar qiymati yuqorililigi bilan bog‘liq holda ularning qoplanishi normativdan 60% ni tashkil etadi, shu bois muhim masala optimal usullar va ularni kiritish muddatlari, ozuqa elementlari nisbati to‘g‘riligi muhim masala hisoblanadi.
O‘g‘itlashning pasayishi tuproqdan ozuqa moddalar to‘liq chiqmasligiga sabab bo‘ladi. Tuproqda chirindi va ozuqa moddlalarining defitsitsiz balansini yaratish uchun 1 ga shudgorlanadigan ekin maydoniga har yili 7-8 t organik modda zarur. Dehqonchilik tizimida urug'chilik tizimi katta rol o‘ynaydi, chunki urug‘ning sifati past bo‘lsa, qishloq xo'jalik mahsulotlari sezilarli darajada to‘liq bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda u yoki bu tuproq iqlimiga moslashtirilgan minglab nav va gibridlar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. Biroq, urug‘chilikning yaxshi tashkil etilmaganligi, urug‘chilik xo‘jaliklari birinchi va ikkinchi reproduksiyadagi yaxshi urug'lar bilan ta’minlanmaganligi tufayli rayonlashtirilgan sifatli urug‘larga talab to'liq qondirilmayapti.
Mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashning muhim rezervi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xom-ashyo va oziq-ovqatning mintaqaviy fondlarini yaratishdir. O‘simlikchilik mahsulotlarini xarid va yetkazib berish hajmi va ro‘yxati hukumat tomonidan, mintaqaviy fondlar - O‘zbekiston Respublikasi sub’yektlari ijroiya hokimiyati sub’yektlari tomonidan belgilanadi. Xarid va yetkazib berish hajmi yillik aniqlashtirish bilan besh yilga belgilanadi va davlat tomonidan kafolatlanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlar g‘alladan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy omili bo'lmoqda.
Bugungi kunda Respublikamiz g‘alla yetishtirish va hosildorligi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi.
G‘alla dunyodagi barcha insonlarning asosiy oziq-ovqati hisoblanishini hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoda 220 mln. gektardan ortiqroq maydonda g‘alla ekiladi. Yalpi don hosili esa 650 mln. tonnani tashkil etadi.
Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo‘yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.
Seleksiya va urug‘chilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‘doy navlari keltirilib, ular mahalliy sharoitimizda har tamonlama sinovdan o‘tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi.Bu navlar ichida Kroshka, Polovchanka, Krasnodarskaya-99, Kuma, Moskvich, Tanya, Esaul, Fortuna, Vostorg, Pamyat, Selyanka kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4 O‘zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do‘stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug‘doy navlari yaratilib sinovga berildi.
Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning Saratov Yugo-Vostoka, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo‘lgan yangi navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.





Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo‘jaliklarida boshoqli don ekinlarini o‘stirishda agrotexnik tadbirlarini bajarishning texnologik talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapti. Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazmasligidir.


Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma’dan o‘g‘itlar yetarli miqdorda va to‘g‘ri nisbatlarda qo‘llanilmasligi, g‘allani sug‘orishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga, hamda begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rmaslik, g‘alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to‘la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to‘la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.
Umuman olganda g‘alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq. Boshoqli don o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta’sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug‘lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va me’yorda ekish, ekilgan urug‘likni bir tekisda undirib olish, bug‘doy maysalari to‘la to‘plangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, sug‘orish, ma’dan va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, o‘suv davrida ildizdan tashqari azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish suspenziya sepish, begona o‘tlar kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‘ib olishga bog‘liq. Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi texnologik talablar:
1. Yerni ekishga tayyorlash:
A). Ochiq yer maydonlarini ekishga tayyorlash;
- fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorini yerni ekishga tayyorlashdan oldin solish;
- yerni shudgorlash (35-40 sm);
- tekislash;
- mola bosish;
- sho‘r yuvish;
- to‘liq karta hosil qilish.
B). G‘o‘za qator orasiga bug‘doy ekish uchun yer tayyorlash:
- g‘o‘za ekilgan maydon qirg‘oqlarini 10-15 metr masofada g‘o‘zapoyadan tozalash;
- fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorini sepish;
- kultivatsiya yordamida g‘o‘za qator oraliqlarini 14-15 sm. chuqurlikda yumshatish
- birinchi kultivatsiyani to‘liq mayda ishchi organlar bilan amalga oshirish;
- ikkinchi kultivatsiyani mayda ishchi organlar bilan birgalikda britvalar yordamida amalga oshirish;
- qator orasiga ishlov berilganda ishchi organlarni g‘o‘za o‘simligidan 3-4 sm. masofada amalga oshirish.
2.Nav tanlash.
Boshoqli don ekinlarida yuqori va sifatli don yetishtirishda navning o‘rni katta. Eng yaxshi nav tanlash hisobida hosildorlikni gektaridan 5-10 sentnerga oshirish mumkin.
Ertapishar navlar — Chillaki, Bobur, Mars-1, Andijon-4, Zamin-1, Kuma, Esaul, Omad, Matonat, Selyahka.
O‘rtapishar navlar - Kroshka, Tanya, Pamyat, Nota, Krasnodarskaya-99, Andijon-2, Moskvich, Kupava, Nikoniya.
Kechpishar navlar — Polovchanka, Andijon-1, Durdona, Vostorg, Fortuna.
4. Ekish me’yorlarini belgilash:
- ekish me’yori urug‘ unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga olgan holda belgilanadi;
- ekish muddatiga qarab.
Erta muddatlarda gektariga 4,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 200 kg. hisobida belgilanadi.
O‘rta muddatlarda gektariga 4,5 mln unuvchan urug‘ ya’ni 220 kg. hisobida belgilanadi.
Kechki muddatlarda gektariga 5,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 240 kg. hisobida belgilanadi.
- G‘o‘za qator orasiga ekishda urug‘ sarfi 10-15 foizga oshiriladi.
G‘allachilikda ham o ‘tgan yillarda bir qator yutuqlarga erishildi.
Dunyoda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar anchagina. O‘zbekiston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimiz «oq oltin» yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Ochig‘i , bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat tobora keskinlashib borayotgan sharoitda oson emas. Mazkur jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bo‘yicha boy tajriba to‘plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mo‘l va sifatli hosil olishga erishilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar hamda serhosil, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o‘nlab yangi g‘o‘za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S-6524, «Buxoro - 6», «Buxoro - 102», «Namangan - 77», «An-Boyovut - 2» singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ta’kidlash kerakki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siri oqibatida jahon bozorida paxta xomashyosiga bo‘lgan talabning pasayishi kuzatilmoqda. Biroq bu jarayon o‘zbek paxtasiga bo‘lgan ehtiyojga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmayapti. Chunki serquyosh zaminimizda yetishtirilgan paxta tolasi rangi, tolasining uzunligi, pishiqligi jihatdan tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lib, sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustunlikka ega. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda mamlakatimizda paxta eksporti hajmini oshirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora- tadbirlar amalga oshirilayotgani o‘z samarasini berayotganini ta’kidlash joiz. Ularning tolasi sanoatbopligi esa o‘zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta’minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr ko‘rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon to‘qimachilarining O‘zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog‘lashining sababi shunda. Qolaversa, an’anaviy o ‘tkazib kelinayotgan Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalarning ro‘yobga chiqishi yo‘lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib borayapti.

Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan ishlab chiqarish va bozor infratuzilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) o‘z muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan me’yorlarda berilmasligi natijasida mumkin bo‘ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob kitoblarini keltirish mumkin, ya’ni:


- chigit ekishni o‘z muddatida o‘tkazilmasligi, g‘o‘zaning kech unib chiqishi hosildorlikni o‘rtacha 3,4 s/gacha;
- sho‘rlangan maydonlarning sho‘rini yuvmaslik yoki sifatsiz sho‘r yuvish 9,0 s/gacha;
- nam saqlash uchun boronalashni o ‘tkazilmasligi o‘rtacha 3,4 s/gacha;
- chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi o‘rtacha 2,8 ts/gacha;
- chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/gacha;
- umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklarni maydalab tuproqni ekishga tayyorlamaslik o‘rtacha 8,8 s/gacha;
- chigit ekishdan oldin mineral о‘g‘itlarni bermaslik 2,5 s/gacha;
- chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/gacha;
- barcha turdagi mineral o‘g‘itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/gacha;
- yagonani kechikib o‘tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/gacha kamayishiga sabab bo‘ladi;
- begona o‘tlar to‘liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/gacha;
- paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash o‘rtacha 6,6 s/gacha;
- har gektar maydonga 12 tonna organik o‘g‘itlarni berish hosildorlikni o‘rtacha 2,1 s/gacha oshiradi.
Hisob kitoblardan ko‘rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xo‘jalik mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xo'jaliklariga infratuzilma sub’yektlarining samarali xizmat ko‘rsatishi va ta’minot korxona tomonidan moddiy resurslarni o‘z vaqtida yetkazib berilishiga bog‘liq.
G‘alla yetishtirish - hamma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosidir. G‘alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta’minlaydi. G‘alla oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va yangilashda ham zarur, muhim eksport mahsuloti hamdir.
G‘allani barqaror yetishtirish ilg‘or texnologiyalarni joriy etmasdan, intensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy o‘simliklarning biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga o‘tmay turib erishib bo‘lmaydi.
G‘alla ishlab chiqarishning ko‘payishiga asosiy omil donli ekinlar hosildorligining ortishidir. Hosildorlikka ta’sir qiladigan haqiqiy omil yangi, yuqori hosilli, rayonlashtirilgan navlarni joriy etish, yuqori sifatli urug‘lik materiallaridan foydalanishdir. Qishloq xo‘jalik korxonalari muntazam ravishda navlarni yangilashlari, ya’ni selektsiya stantsiyalari yoki urug‘chilik xo‘jaliklaridan elita urug‘lar yoki birinchi reproduksiyalarni olishlari kerak.
Ishlab chiqarish samaradorligining muhim omili - navga bog‘liq bo‘lgan don sifatidir. Don sifatida qo‘yiladigan yuqori talablar, ushbu ozuqa mahsulotining uzoq vaqt saqlashda zarur bo‘ladigan alohida qiymatiga bog‘liq.
Saqlash uchun omborlarga to‘planadigan donlar namligi va iflos chiqindilar aralashib qolishi talab qilinadigan konditsiyalarga mos kelmog‘i zarur.
G‘alla yetishtirishda paxta, kartoshka, sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishga nisbatan kamroq mehnat talab qiladi. 1 Ga yerga ekilgan g‘alla ekinlariga qilingan mehnat sarfi o‘rtacha 17 kishi /soat, 11 donga esa 10 kishi/soatni tashkil etadi.
Mahsulot birligiga bevosita mehnat sarfini kamaytirish, g‘alla hosildorligi va sifatini oshirish g‘alla ekinlarini intensiv texnologiyasi asosida yetishtiriladi, ekinni eng yaxshi joylashtirish, ilmiy asoslangan dozadagi organik va mineral o‘g‘itlarni berish, hamma texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash, mehnatni oqilona tashkil etish ushbu masalalarni ко‘zda tutadi.
Intensiv texnikadan foydalanish 1 ga ekin maydoniga qilingan moddiy-pul mablag‘lari va mehnat sarflarini oshiradi, biroq mahsulot birligida ular hosildorlik ortishi bilan pasayadi. Don sifatining ortishi g‘alla ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi, chunki uni yuqori narxlarda sotish ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga ta’sir qiladi.
Intensiv texnologiyada 1 ga ekin maydoniga yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar sarfi omili, shu bois mineral o‘g‘itlar olib kelish, intensiv texnikani intensiv qo‘llashni susaytiradi.
G‘alla yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirishning muhim omili yig‘ishtirish va qayta ishlashdagi yo‘qotishlarni kamaytirish hisoblanadi. Yig‘ishtirib-tozalash paytida g‘alla yo‘qotilishini muddatning cho‘zilib ketganidan (sepilib, donning yotib qolishi), shuningdek, donni yomon yanchilishidan (nam ob-havo) yuz beradi. Yana bir sabab, g‘alla yig‘uvchi kombaynlarning yetishmasligidir.
Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ham katta ahamiyatga ega.
G‘alla bozorining shakllanishida asosiy vazifa - mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini himoyalash, don va don mahsulotlariga talab va taklifni bashorat qilish balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish muhim rol o‘ynaydi.
Mustaqillikning ilk yillarida mamlakadmiz aholisining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmas va shu sababli ehtiyojning ma’lum qismi chetdan sotib olingan kartoshka hisobidan qondirilar edi. Ushbu holatga barham berish va o‘zimizda yetishtirilgan kartoshka bilan mamlakatimiz aholisi ehtiyojini to‘liq qondirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Jumladan, yurtimizda kartoshka seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mahalliy sharoitlarga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli navlar yaratildi. Gollandiyadan ham kartoshkaning yuqori hosilli navlari olib kelib ekildi va mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Buning natijasida yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmi keskin oshdi.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda sabzavot ekinlari maydonini kengaytirish, hosildorlik darajasini oshirish va shu asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Yurtimizning janubiy mintaqasi bo‘lgan Surxon vohasi o‘ziga xos iqlim sharoitlariga ega va bu ayrim mevali daraxtlami, jumladan, anor, xurmo, anjir va boshqalami yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, viloyatda mevalar boshqa viloyatlarga nisbatan ertaroq pishib yetiladi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda Surxondaryo viloyatida mevachilikdan yuqori daromad olish imkoniyatlari mavjud va shu mahsulotlarining ham o‘rni katta. Shu sababli mamlakatimizda sabzavot imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Iqlim sharoitlari va quyosh energiyasining optimal tushishi ta’sirida yurtimizda yetishtirilayotgan meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari juda yuqori darajada bo‘ladi. Shu sababli respublikamizda yetishtirilgan mevalarga xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori.
Shuni e’tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko‘paytirish, aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlami izchil amalga oshirib borish lozim.


Xulosa qilib aytganda, o‘simlikchilik tarmoqlarining tarkibi va rivojlanishini tahlil qilish, iqtisodiy samaradorlik darajasini isbotlovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish, tarmoqning rivojlantirish masalalari va ularni rivojlantirish yo‘llarini to‘gri yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ana shundagina yuqori natijalarga erishishimiz mumkin.


T ayanch so‘zlar : o‘simlikchilik, iqtisodiy samaradorlik, g‘alla mustaqilligi siyosati, donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, bog‘dorchilik, mevachilik, urug‘chilik, oziq-ovqat, yuqori hosil, yig‘ishtirib-tozalash, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, oq oltin, hosildorlik, yem-hashak, xom-ashyo.
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling