o‘simliklar bo‘limi. Suzuvchi salviniya va o‘rmon erkak qirqqulog‘ining tuzilishi (2 soat) Kerakli materiallar


Download 476.37 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi476.37 Kb.
#1446481
Bog'liq
4-sistematika


4 - AMALIY MASHG’ULOT


Mavzu: Qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) o‘simliklar bo‘limi.
Suzuvchi salviniya va o‘rmon erkak qirqqulog‘ining tuzilishi (2 soat)


Kerakli materiallar: 1. Erkak qirqquloq (Dryopteris filix-mas) tirik yoki gerbariy namunalari, rivojlanish sikli tasvirlangan chizma.
2. Suzuvchi salviniya (Salvinia natans) gerbariysi va shuningdek soridiyali vayya kesigidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar.


UMUMIY TUSHUNCHA:
Bu bo‘limning o‘ziga xos xususiyatlari barglarining yirik (megafilliya) ligi ildiz sistemasining yaxshi shakllanganligi va spora saqlovchi boshoqchalarning bo‘lmasligidir.
O‘zbekiston hududida qirqquloqlarning faqatgina o‘tsimon vakillarigina uchraydi. Bo‘lim 10000 dan ortiq turga ega bo‘lib uchta sinfga bo‘linadi:
1. Ujovniksimonlar
2. Marattiyasimonlar
3. Polipodiyasimonlar yoki haqiqiy paporotniklar.
Polipodiyasimonlar yoki haqiqiy paporotniklar sinf ikkita qabilaga bo‘linadi:
1) Polipodiyanamolar
2) Salviniyanamolar
Hozirgi kundagi mavjud bo‘lgan ko‘pchilik qirqquloqlar sporangiyasi yupqa qobiqqa ega bo‘lib, halqa shaklida yoriladi. Sporangiyada asosan 64 ta spora etiladi. Ba’zi bir sinf vakillarida bir xildagi sporalar hosil bo‘lsa (erkak qirqquloq), ba’zi vakillarida esa har xil sporalar (katta-kichik) hosil bo‘ladi, (suv qirqquloqlari).
Ko‘pchilik vakillarining poyasi qisqa bo‘lib, bargi faqat yuqori tomonidan shakllanadi, qo‘shimcha ildizlar ega pastki tomonidan hosil bo‘ladi. Sporangiylar esa assimilyasiya qiluvchi barglarning orqa tomonida joylashgan. Gametofit o‘simtalari esa odatda bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, ular er ustki, yashil rangli bo‘ladi.
Har xil spora hosil qiluvchi vakillarida esa mikro va megasporangiyalar hosil bo‘ladi, har bir megasporangiy 32 tadan megaspora hosil qiladi, lekin faqat bittasigina hayotchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Har qaysi mikrosporangiyda esa 64 tadan mikrospora hosil bo‘ladi.
Mikro va megasporangiylar bir biri bilan tutashgan sporakarpiyalarda joylashgan bo‘lib, sporalar esa sporangiylar ichida o‘sadi.
Har xil spora hosil qiluvchi vakillarida gametofitlarning reduksiyalanishi kuzatiladi. Masalan, erkak gametofitning vegetativ qismi faqat ikkitagina xujayraga ega. Urg‘ochi gametofit esa shunchalik kichkinaki, uning bir qismi megaspora qabig‘ida qoladi.
Boshlang‘ich o‘sish davrida sporofit-yashil urg‘ochi gametofit hisobiga oziqlanadi (Salvinia, Marsilla va boshqalar).


TOPSHIRIQLAR:
1. Keng tarqalgan turlar gerbariysi va tirik qirqquloq na’munalari bilan tanishish va ular morfologik belgilarini taqqoslash.
2. Bir turni to‘liq tekshirish (zuhra sochi yoki erkak qirqquloq), izoh berish va chizib olish.
3. Mikroskop ostida soruslar ko‘ndalang kesigini ko‘rish va barg sorus qismlarini chizib ifodalash.
4. Bir xildagi va har xil spora hosil qiluvchi qirqquloqlar hayotiy taraqqiyotini sxematik ko‘rsatish .
ISH TARTIBI:
Namuna taraqasida erkak qirqquloq (Dryopteris filix-mas) tuzilishi bilan tanishamiz. Buning uchun spora hosil qilish davrida yig‘ilgan gerbariydan foydalaniladi va o‘simlikning hayotiy shakli, ildizpoyaning joylashishi, shakli, bargning morfologik tuzilishi; (soruslarning joylashishi, shakli, induziy (qoplagich pardaning) bor yo‘qligi kabilar aniqlanadi.
Erkak qirqquloq sporofiti ko‘p yillik, o‘t o‘simligi bo‘lib, balandligi 1 m.gacha etadi, er ostida yo‘g‘on, qisqa qora-qo‘ng‘ir ildizpoyaga ega. Ildizpoyaning yuqori uchki qismidan yashil barglar bog‘lami chiqadi. Barglari cho‘zilgan ellipssimon, ikki marotaba patsimon kesilgan. Bargning orqa (pastki) qismida markaziy tomirlar bo‘ylab sporangiylar to‘dasi-soruslar joylashgan, ular ustki tomondan qoplagich induziyalarga ega. Kuzatilgan belgilar chizib olinishi kerak.
So‘ngra soruslar kesigidan preparat tayyorlanib mikroskopning katta-kichik ob’ektlarida kuzatiladi. Sporalarni chiqishini kuzatish uchun esa buyum oynasiga ustki soruslardan ajratib olingan sporangiy qo‘yilib, suv tomchisi tomizilib kichik ob’ektivda kuzatiladi.
Sporalar qulay muhitga tushgach, ulardan o‘simtalar hosil bo‘ladi (gemetofit). U ikki jinsli bo‘lib, yashil, 4 mm kattalikda yuraksimon plastinka shaklida bo‘lib, o‘yiqchalar atrofida arxegoniylar va rizoidlarga ega bo‘lgan qismida esa-yumaloq shakldagi anteridiylar hosil bo‘ladi.
Har xil sporali qirqquloqlar tuzilishini suzuvchi salviniya (Salvinia natans) misolida mustaqil o‘rganib, taraqqiyot siklini chizing.

Vazifa:
O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Qirqquloqtoifa o‘simliklar bo‘limi vakillari boshqa zamonaviy yuksak sporali o‘simliklardan nima bilan farqlanadi?
2. Evolyusiya davomida vujudga kelgan qanday moslanishlar mavjud?
3. Erkak qirqquloqning gametofiti qanday tuzilishga ega?
4. Har xil sporali qirqquloqlarning sporofit va gametofit tuzilishidagi o‘ziga xos bo‘lgan belgilar nimada?
Download 476.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling