O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish
RA’NODOSHLAR, SHO’RADOSHLAR, KARAMDOSHLAR
Download 156,9 Kb.
|
6-7-sinf test kitobcha
RA’NODOSHLAR, SHO’RADOSHLAR, KARAMDOSHLAR
1. Yer yuzida ikki urug`pallali o`simliklarning qancha oila va turi mavjud? A 120; 3000 B 920; 19000 C 138; 3700 D 340; 175000 2. Qaysi o’simlik tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor A karam B rediska C jag`-jag` D o`sma 3. Lavlagiga xos xususiyatlarni aniqlang 1. 2 yillik o`t 2. ko`p yillik o`t 3.birinchi yili barglar va ildizmeva hosil qiladi 4. birinchi yili faqat barg hosil qiladi 5. 2-yili mayda bargli poya hosil qiladi 6. martda gullaydi 7. mayda gullaydi 8.gullari yirik 9. gullari mayda 10. gulqo`rg`oni oddiy 11. gulqo`rg`oni murakkab 12. mevasi avgustda pishadi 13. mevasi sentabrda pishadi 14.mevasi yong`oqcha A 1,3,5,7,8,11,13,14 B 2,4,5,6,9,10,12,14 C 1,3,5,7,9,10,13,14 D 2,4,5,6,8,11,12,14 4. Ra’nodoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud? A 1500 B 900 C 12000 D 3000 5. ko‘p danakli mevalarni belgilang. 1)nok 2)shaftoli 3)olma 4)o‘rik 5)malina A 1,2,3 B 2,4 C 1,3,5 D 3,4,5 6. Karamdoshlar oilasining poyasi qanday tuzilgan A tik o`suvchi B ko`tarilib o`suvchi C o`raluvchi D t.j.yo`q 7. Sho`radoshlar oilasi gullari uchun xos bo`lgan belgini aniqlang 1.gullari to`g`ri 2.gullari qiyshiq 3.gullari 2 jinsli 4.gullari ayrim jinsli 5. boshoqsimon, shingilsimon to`pgulda joylashgan 6.gullari mayda va yashil 7.gullari rangsiz 8. gulqo`rg`oni oddiy kosasimon 9.gulqo`rg`oni yo`qolib ketgan A 1,2,3,5,6,8 B 1,2,3,4,5,7,8,9 C barchasi D 2,3,5,6,7,8 8. Ra’nodoshlar oilasi bargi uchun xos javoblarni belgilang 1.oddiy 2. yonbargchali 3. Panjasimon 4. murakkab 5. patsimon 6. murakkab toq patsimon 7. poyada qarama-qarshi joylashgan 8. poyada navbatma-navbat joylashgan A 1,2,3,5,8 B 1,2,4,5,7 C 1,2,4,5,6,8 D 1,2,3,4,5,7 9. Karamdoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud? A 1500 B 900 C 12000 D 3000 10. Ra’nodoshlarning gullari uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1. yakka-yakka barg qo`ltig`ida joylashgan 2. to`pgulda joylashgan 3. to`pguli ro`vak 4.to`pguli shingil 5. to`pguli kallakcha 6.to`pguli soyabon yoki qalqon 7. 1 jinsli 8.2 jinsli 9.shamol yordamida changlanadi 10. hasharotlar yordamida changlanadi 11. gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilgan 12. gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan A 1,2,3,4,5,8,10,12 B 1,7,8,10,12 C 1,2,4,5,6,8,9,10,11 D 1,2,4,6,8,10,12 11. Karamdoshlar oilasining barglari uchun xos belgilarni ko`rsating 1.oddiy 2. murakkab 3. butun 4. qirqilgan 5. ketma-ket joylashgan 6.qarama-qarshi joylashgan A 1,3,4,5 B 2,4,6 C 1,2,3,5 D 2,3,4,5 12. Ra’no uchun xos bo`lmagan javobni belgilang A gullari 1 jinsli B gullari soyabon, shingil, qalqon to`pgulda joylashgan C hasharotlar yordamida changlanadi D A,B 13. Saksovulga xos xususiyatlarni aniqlang 1. 1 ta turi bor 2. 2 ta turi bor 3.mayda gullaydi 4.mart-aprelda gullaydi 5. mevasi avgustda pishadi 6.mevasi sentabrning 2-yarmida pishadi 7. mevasi qanotchali 8. mevasi popukchali A 1,3,6,7 B 2,4,5,8 C 1,3,5,8 D 2,4,6,7 14. Ra’nodoshlarning nechtasi Qizil Kitobga kiritilgan A 1 ta B 2 ta C 3 ta D 4 ta 15. qo`zoq – A bo`yi enidan 3 marta, undan ham uzun B eni bo`yidan 3 marta, undan ham uzun C bo`yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun D eni bo`yi bilan bir xil yoki 2 marta uzun 16. Ra’nodoshlar oilasiga kiruvchi turkumlarni belgilang 1. maymunjon 2.olxo`ri 3. nok 4. na’matak 5. shaftoli 6. bodom 7. gilos 8. kamxastak 9.olcha A 1,2,4,6,8 B 1,2,3,4,6,7,8 C barchasi D 1,2,3,5,6,7,8,9 17. Tabobatda cherkezdan nima maqsadda foydalaniladi A yo`talga B qon ketishni to`xtatishga C avitaminozga D qon bosimini pasaytirishga 18. Saksovul mevasidagi qanotcha nimadan hosil bo’ladi? A tuguncha tumshuqchasining shakl o’zgarishidan hosil bo’ladi B meva etida, qirralarida qanotchasimon bo’rtmalardan o’sib chiqadi C gulkosachabarglarning gultojbarglar bilan qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi D gulqo’rg’on bargchalaridan o’sib chiqadi 19. Na’matakni bargi qanday tuzilgan A oddiy patsimon;5-7 yaproqchali B toq patsimon; 5-9 yaproqchali C juft patsimon; 5-9 yaproqchali D toq patsimon; 8-9 yaproqchali 20. Sho`radoshlarning mevasi – A yong`oqcha yoki to`pbargak B qo`zoq yoki qo`zoqcha C yong`oqcha D soxta meva 21. Na’matakning soxta mevasi uchun xos belgilarni toping 1.to`q sariq 2. etdor 3. to`q qizil 4.etsiz 5.uzunchoq 6. tuxumsimon 7.uzunligi 2-3 sm 8.uzunligi 3-4 sm 9. darmondori, limon kislota, oshlovchi moddalarga boy A 1,2,5,6,8,9 B 2,3,5,6,7,9 C 1,4,6,7,9 D 2,3,6,8,9 22. Sho`radoshlar oilasining barglari uchun xos belgilarni ko`rsating 1. oddiy 2. murakkab 3.yonbargchali 4.yonbargsiz 5. ketma-ket joylashgan 6.qarama-qarshi joylashgan A 1,4,5,6 B 2,4,6 C 1,3,5,6 D 2,3,4,5 23.Na’matakning qaysi qismi tabobatda ishlatiladi A ildizi B urug`I C guli D mevasi 24. O`zbekistonda karamdoshlarga mansub qaysi sabzavot ekinlari ekiladi A sholg`om, rediska, turp B sabzi, karam, rediska C lavlagi, karam, turp D barchasi 25. Sho`radoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchraydi? A daraxt, buta, ko`p yillik o`tlar B 1 yillik va ko`p yillik o`tlar C 1,2 yillik va ko`p yillik o`tlar D barchasi 26. O`zbekistonda atirgullarning qancha navi bor A 340 B 10 ming C 13 tur D 7 tur 27. Rezavor ismaloqning qaysi qismi ovqatga ishlatiladi 1. bargi 2. ildizi 3.poyasi 4.mevasi A 1 B 1,2,3 C 1,3 D 1,4 28. Nok nimasi bilan olmaga o`xshaydi(1) va farq qiladi(2)? A 1-guli va mevasi; 2- bargi va tosh hujayralari B 1-guli va mevasi; 2- bargi C 1-guli va mevasi; 2- tosh hujayralari D t.j.yo`q 29. Jag`-jag`ning qaysi qismidan tabobatda foydalaniladi A bargi B urug`I C mevasi D yer ustki qismidan 30. Sho`radoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud A 1500 B 900 C 12000 D 3000 31. Ismaloqning O`zbekistonda nechta turi bor A 1ta B 2ta C 8 ta D 10 ta 32. Turkiston ismalog`I – A 1 yillik, 2uyli begona o`t B 2 yillik, 1 uyli begona o`t C 1 yillik, 2uyli madaniy o`t D t.j.yo`q 33. Saksovulning qaysi qismi qimmatbaho yoqilg`I sifatida ishlatiladi A 1 yillik novdalari, poyasi B 1 yillik novdalari, mevasi C poyasi D 1yillik novdalari, poyasi, mevasi 34. Anabazin qaysi o`simlikdan olinadi A cherkez B itsigak C saksovul D t.j.yo`q TEST 1. Yer yuzida burchoqdoshlarning qancha turi bor A 12000 B 900 C 300 D 600 2. Gulxayridoshlar oilasi qaysi mintaqalarda tarqalgan A tropic B tropic, mo`tadil C subtropik, mo`tadil D tropic, subtropik, mo`tadil 3. Ituzumdoshlar oilasi asosan qaysi mintaqalarda tarqalgan A tropik, mo`tadil B ekvatorial, tropik C tropik, subtropik D ekvatorial, tropik,subtropik 4. Burchoqdoshlar oilasining gultoji shaklini belgilang A qanotcha B qayiqcha C kapalak D yelkan 5. Gulxayridoshlar oilasida asosan qaysi hayotiy shakl hukmronlik qiladi? A daraxt B o`tlar C butalar D yarim butalar 6. Tokdoshlar oilasining gul formulasini aniqlang A Gk(4-5) Gt5 Ch(5) U2-6 B Gk4-5 Gt5,(5) Ch5 U(2) C Gk5 Gt5 Ch5 U1 D Gk(5) Gt(5) Ch5U1 7. Gulxayridoshlar oilasida qaysi hayotiy shakllar uchramaydi A daraxt B buta C yarim buta D 1yillik o`t 8. Burchoqdoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchramaydi A daraxt B buta C yarim buta D barchasi uchraydi 9. Gulxayridoshlar oilasi barglari xususiyatlari keltirilgan qatorni toping 1. oddiy 2. murakkab 3.bandsiz 4. uzun bandli 5. butun 6. o`yilgan 7. panjasimon tomirli 8.parallel tomirlangan 9.ko`pincha panjasimon bo`lakli 10. ko`pincha yumaloq A 1,3,5,6,7,9 B 2,4,5,8,10 C 1,4,5,6,7,9 D 1,4,5,6,8,10 10. Ituzumdoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchramaydi A daraxt B buta C yarim buta D barchasi uchraydi 11. Qaysi o`simliklar tugunak bakteriyalar bilan hamkorlikda hayot kechiradi 1. oqquray 2. yeryong`oq 3. shuvoq 4. akatsiya 5.tok 6.tamaki 7.liftok 8.beda 9.cho`g`on 10.sag`an A barchasi B 3 C 1,2,4,6,7,8,9 D 1,2,4,8 12. Yer yuzida tokdoshlarning qancha turi bor A 12000 B 900 C 300 D 600 13. Yer yuzida gulxayridoshlarning qancha turkum va turi bor A 400; 12000 B 70; 900 C 80; 300 D 11; 600 14. Ituzumdoshlarning barglari – 1. oddiy 2. murakkab 3. yonbargchali 4. yonbargchasiz 5. butun 6. bo`lingan A 1,3,5 B 2,3,5 C 2,4,6 D 1,5,6 15. O`zbekiston Qizil Kitobiga burchoqdoshlardan nechta tur kiritilgan A 50 tur B 60 tur C 23 tur D 37 tur 16. Tugmachagulning qaysi qismlari tabobatda ishlatiladi A guli, mevasi, bargi B ildizi, bargi, poyasi C bargi, poyasi, to`pguli D bargi, guli, urug`i 17. Burchoqdoshlarning barglari – 1. oddiy 2. murakkab 3. yonbargchali 4. yonbargchasiz 5.poyada ketma-ket o`rnashgan 6.poyada qarama-qarshi joylashgan A 1,3,5,6 B 2,3,4,5 C 2,4,6 D 1,2,3,5 18. Gulxayridoshlarga kiruvchi turkumlarni belgilang 1. tugmachagul 2. bo`ritaroq 3. dag`al kanop 4. gulxayri 5. g`o`za A barchasi B 1,2,3,4 C 2,3,4,5 D1,2,4,5 19. Tokdoshlarning jingalagi nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan A barg B yonbarg C novda D tikan 20. Burchoqdoshlarning gullari – 1. qiyshiq 2, to`g`ri 3.1 jinsli 4. 2 jinsli 5.barg qo`ltig`ida yakka-yakka joylashgan 6 to`pgulda joylashgan 7. to`pguli shingil 8. to`pguli kallakcha A 1,3,5,6,7,8 B 2,3,4,5 C 1,3,4,6,7,8 D 1,4,5,6,7,8 21. O`zbekistonda g`o`za turkumiga mansub nechta o`simlik o`sadi A 1 ta B 2 ta C 3ta D 6ta 22. O`zbekistonda tokning qancha navi o`stiriladi A 600 B 500 C 200 D B,C 23. G`o`zaning qaysi turini ko`saklari mayda, tolasi mallarang, qisqa va dag`al A oddiy g`o`za B misr g`o`zasi C A,D D jaydari g`o`za 24. Ituzumdoshlarning mevasi – A ko`sakcha yoki yig`ma meva B qo`zoq yoki qo`zoqcha C rezavor yoki ko`sakcha D dukkak 25. Burchoqdoshlar oilasida gultoji kapalak shaklida bo`lib, ustidagi 1 ta yirikrog`i nima deb ataladi A yelkan, bayroqcha B yelkan, qanotcha C qanotcha, eshkak D qayiqcha 26. Qaysi o’simlikning mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva. A bo`ritaroq B kanop C gulxayri D t.j.yo`q 27. Partenotsissusning vatani qayer A Janubiy Afrika B Shimoliy Afrika C Janubiy Amerika D Shimoliy Amerika 28. Burchoqdoshlarning mevasi – A qo`zoq B yong`oq C dukkak D t.j.yo`q 29. Qora ituzum qachon gullaydi A avgustni oxirida B iyuldan tupini sovuq urib ketguncha C apreldan sentabrgacha D iyundan tupini sovuq urib ketguncha 30. Tugmachagul xalq tabobatida nimaga ishlatiladi? A yo`talga qarshi B ichni yumshatuvchi dori C qon bosimini tushirishda D oshqozon ichak kasalliklarida 31. Yozgi oshxona va choyxonalar va dala shiyponlari yonida yovvoyi uzum nomi bilan o`sadigan o`simlik – A partenotsissus B terakbargli liftok C chillaki D A,B 32. Bo`yi 25-50 sm keladigan ko`p yillik o`tni toping A o`tloq sebargasi B qora ituzum C tugmachagul D A,B 33. Baqlajon qaysi turkumga kiradi A baqlajon B kartoshka C ituzum D tamaki 34. Kanop qaysi turkumga kiradi A gulxayridoshlar B dag`al kanop C bo`ritaroq D g`o`za 35. Tokdoshlarning qancha turi O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan A 1 ta B 2 ta C 8 ta D 60 ta 36. Qaysi o’simlikga «uning boshi olovda, oyog‘i esa suvda» deyishadi. A yeryong’oq B o’tloq sebargasi C yantoq D t.j.y 37. Dorivor gulxayri qaysi turkumga kiradi A bo`ritaroq B kanop C gulxayri D t.j.yo`q 38. Burchoqdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxtlarni aniqlang A tuxumak, gledichiya B oq akatsiya, safora C tuxumak, akatsiya D barchasi 39. Ituzumdoshlardan nechta tur O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan A 1 ta B 8 ta C 60 ta D 50 ta 40. Gulxayridoshlar oilasiga mansub tolali o`simlikni belgilang A g`o`za B tugmachagul C kanop D A,C Download 156,9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling