O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish


Download 156.9 Kb.
bet1/20
Sana21.11.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1790453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-7-sinf test kitobcha



O’SIMLIKLAR DUNYOSI BILAN UMUMIY TANISHISH

1. O’zb.da tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning turi qancha?


A 4500 B 3700 C 8000 D 500 000

2. Botanika fanining asosiy bo’limlarini aniqlang.


1) o‘simliklar morfologiyasi; 2)genetika; 3)o‘simliklar anatomiyasi; 4)o’simliklar geografiyasi; 5)o‘simliklar fiziologiyasi; 6)o‘simliklar sistematikasi; 7) sitologiya; 8)o‘simliklar embriologiyasi; 9)geobotanika; 10)ekologiya; 11)paleobotanika; 12)algologiya; 13)lixenologiya; 14)briologiya.
A 1,2,3,4,5,6,7; B 1,3,4,5,6,8,9,10,11;
C 1,3,5,6,8,9,10,11,12,13,14; D 2,4,7,9,13,14

3. O’simliklarni ildiz, poya va barglarini ichki tuzilishini o’rganadigan bo’limni aniqlang.


A o‘simliklar morfologiyasi;
B o‘simliklar embriologiyasi;
C o‘simliklar anatomiyasi;
D o‘simliklar fiziologiyasi.

4. O‘simliklar embriologiyasi bo’limi nimani o’rganadi?


A o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;
B o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni;
C ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi;
D A va C.

5. Geobotanika bo’limi nimani o’rganadi?


A tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi;
B o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini;
C nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi;
D t.j.y.

6. O’simliklarni tuproqdan mineral moddalarni qabul qilish jarayonini o’rganadigan bo’limni aniqlang.


A o‘simliklar morfologiyasi;
B o‘simliklar embriologiyasi;
C o‘simliklar anatomiyasi;
D o‘simliklar fiziologiyasi.

7. Botanika fanining asosiy bo’limlarini o’rganish sohasi bilan juftlab yozilgan javobni aniqlang.


a) o‘simliklar morfologiyasi; b) briologiya; d)o‘simliklar anatomiyasi; e) lixenologiya; f)o‘simliklar fiziologiyasi; g)o‘simliklar sistematikasi; h) algologiya; i)o‘simliklar embriologiyasi; j)geobotanika; k)ekologiya; l)paleobotanika;
1-o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni;
2-o‘simliklarning ichki tuzilishini;
3- lishayniklarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‘rganadi; 4-o‘simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi; 5- mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish jarayonlarini o‘rganadi. 6-o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;
7-o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini; 8- yo‘sinlarni o‘rganadi;
9-o‘simliklarning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlaridagi qonuniyatlarni; 10-qazilma o‘simliklar to‘g‘risidagi fan; 11- o‘simlik organlarining tashqi tuzilishini o‘rganadi;
12-tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi; 13-suvo‘tlarni o‘rganadi; 14- ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi; 15- nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi; 16- klassifikatsiya qiladi;
A a-9,12; b-3; d-2; e-8; f-4,16; g-1,5,15; h-13; i-6,14; j-7; k-11; l-10;
B a-2; b-8; d-12; e-3; f-1,5,14; g-4,16; h-13; i-6,15; j-7; k-9,11; l-10;
C a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,15; g-4,16; h-13; i-6,14; j-7; k-9,12; l-10;
D a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,14; g-4; h-13; i-6,15; j-7; k-9,12; l-10,16.

8. “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklarni belgilang.


A isiriq, chakanda, zubturum
B shuvoq, sebarga, burchoq
C xolmon, shirach, sallagul
D yong’oq, bodom, pista, safsan

9. O’zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan olimlarni belgilang.


1) S.A.Daminov; 2)Y.P.Korovin; 3)R.A.Alavi; 4)A.I.Vvedenskiy; 5)K.A.Zufarov; 6)Teofrast;
7) Q.Z.Zokirov; 8)Y.X.To’raqulov; 9)F.N.Rusanov; 10)V.V.Vohidov; 11)I.Q.Musaboyev; 12)A.M.Muzaffarov.
A 1,3,4,8,11; B 2,4,6,7,9,12;
C 1,3,5,6,8,10,11; D 2,4,7,9,12.

10. Seyshel palmasiga xos bo’lgan xususiyatlar.


1)120 oy davomida pishib yetiladi 2) mevasi yong’oq 3) mevasining og’irligi 25 kg 4)Sumatra orolida uchraydi 5)Seyshel orolida uchraydi 6)tanasida 200 l gacha suv saqlaydi
A 1,2,3,4,5,6 B 3,5 C 1,2,3,5 D 1,3,5

11. Qaysi o’simlikning poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladi?


A suv qaroqchisi B nilufar
C suv yong’og’I D drosera

12. Tabiat ko’rki bo’lgan o’simliklarni belgilang.


1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul
A 1,4,8,11 B 2,5,12,13
C 3,6,7,10,14 D 3,6,7,10,12

13. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi … bilan bog’liq.


A uzoq-million yillarning o’tishi
B ekologik sharoitning o’zgarishi
C ularning turining oshishi
D o’simliklarning moslashuvchanligi

14. Lotincha «generate» so‘zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.


1)ko’kat; 2) yaratmoq; 3)o’sish; 4)o’t; 5)tuzmoq; 6)rivojlanish; 7)o’simlik.
A 2,5; B1,4,7; C 3,5; D 3,6.

15. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan daraxtga xos bo’lganini belgilang.


A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
B bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquv vat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yil lik o‘simliklar.
C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

16. Shox-shabbasi g’uj va tik bo’lgan o’simliklarni belgilang.


A sada qayrag’och
B qarag’ay va terak
C olma,o’rik,yong’oq,shaftoli
D qayrag’och va terak

17.Gulli o’simliklarni hayotiy shakliga ko’ra juftlang?


a) daraxt b)buta c) yarim buta d)o’tlar e)bir yillik o’t f)ko’p yillik o’t g) 2 yillik o’t
1) baobab 2)itsigak 3) zubturum 4)lavlagi 5)qulupnay 6)karam 7) kungaboqar 8)maymunjon 9)qoqio’t
A a-1; b-2;c-8; e-5,7; f-3,9; g-4,6;
B a-1; b-8;c-2; d-3,4; e-7; f-5,9; g-6;
C a-1; b-8;c-2; e-3,7; f-5,9; g-4,6;
D a-1; b-8;c-2; e-5,9; f-3,7; g-4,6;

18. Zirkning hayotiy shaklini belgilang.


A daraxt B liana C buta D ko’p yillik o’t

19. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan yarim butaga xos bo’lganini belgilang.


A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
C poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

20. Shuvoqning hayotiy shaklini belgilang.


A daraxt B yarim buta
C buta D ko’p yillik o’t

21. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan ko’p yillik o’tlarga xos bo’lganini belgilang.


A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

22. ikki yillik o’simliklar qaysi organ(lar)ida oziq modda to’playdi?


A ildiz va barg B poya va barg
C ildiz va poya D ildiz, poya va barg

23. Sigirquyruqning hayotiy shaklini belgilang.


A 1yillik o’t B 2yillik o’t
C buta D ko’p yillik o’t

24. Zubturumning hayotiy shaklini belgilang.


A 1yillik o’t B 2yillik o’t
C buta D ko’p yillik o’t

25. Bir yillik o’simliklarni belgilang.


A lavlagi, sabzi,sholg’om, karam
B qo’ytikan, momaqaldiroq, kanakunjut, kanop, makkajo’hori
C sabzi, karam,lavlagi, sholg’om, piyoz
D oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z, sigirquyruq

26. Rayhonning hayotiy shaklini belgilang.


A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t
C buta D yarim buta

27. Qulupnayning hayotiy shaklini belgilang.


A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t
C buta D yarim buta

28. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblangan yarim butalarni aniqlang?


1.beda 2.sebarga 3.saksovul 4.izen 5.shuvoq 6.yantoq 7.keyreuk
A.1,2,3,4,5,6,7 B.3,4,5,7
C.4,5,7 D.3,4,5,6,7

29. Ko'p yillik o'tlarni belgilang.


1)bug'doy 2)beda 3)ajriq 4)g'o'za 5)g'umay 6)sachratqi 7)zig'ir 8)mosh 9)pskom piyoz 10)kiyiko't 11)sallagul 12)qalampir 13)qoqio't 14)shirinmiya 15)iloq 16)lola 17) rayhon 18)yalpiz 19)qamish 20)andiz 21)shashir 22)sholi
A 3,5,6,8,9,10,11,13,14,15,16,17,18,19,20,21;
B 1,4,7,12,22;
C 1,4,7,8,12, 17,22;
D 2,3,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19,20,21;

30. Noyob mevali o’simliklarni belgilang.


1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul
A 4,8,11 B 2,5,12,13
C 3,6,7,10,14 D 1,4,8,11,12

Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling