O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish


Download 156.9 Kb.
bet20/20
Sana21.11.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1790453
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-7-sinf test kitobcha

SUTEMIZUVCHILAR SINFI

1. Hozirgi odamsimon maymunlardan orangutanni yashash joyini belgilang.


A) Markaziy Amerika tropik o’rmonlari;
B) Janubiy Amerika, Afrika;
C) Markaziy va Sharqiy Afrika;
D) Kalimantan va Sumatra orollarida;

2.Quyidagi hayvonlarni turkumlari bilan juftlab ko’sating.


1.terili; 2.korsak; 3.kaputsin;
a) qo’lqanotlilar; b) primatlar;
c) yirtqichlar; d) bo’risimonlar; e) tor burunlilar; f) keng burunlilar;
A) 1-a; 2-d; 3-b;
B) 1-a; 2-d; 3-e;
C) 1-a; 2-c; 3-b;
D) 1-f; 2-c; 3-b;

3. Tufelka (1), baqa (II), planariya (III), delfin (IV), suv shillig’i (V), daryo qisqichbaqasi (VI). Bular qaysi a’zolari yordamida nafas oladi?


butun tanasi – a; o’pkasi – b; terisi – v; jabrasi – g;
A) I-a; II-b,v; III-a; IV-b; V-b; VI-g;
B) I-a; II-g; III-g; IV-g; V-g; VI-a;
C) I-a; II-b,v; III-v; IV-a; V-v; VI-b;
D) I-v; II-b,v; III-a; IV-v; V-a; VI-g;

4. Yengil yuk tortadigan ot zotini belgilang?


1. vladimir; 2. orlov yo’rg’asi; 3. rus yo’rg’asi; 4.laqay; 5.axaltaka; 6.qorabayir;
A) 1,4; B) 3,5; C) 2,4; D) 2,3;

5. Quyidagi mo’ynali hayvonlarni kemiruvchilar (I) va yirtqichlar (II) turkumiga ajrating.


1.norka; 2.nutriya; 3.ondatra; 4.tulki; 5.kojan; 6.sug’ur; 7.yumronqoziq; 8.tiyen;
A) I-1,4,7; II-2,3,6,8;
B) I-1,3,8; II-2,4,6,7;
C) I-2,4,5; II-1,3,6,7;
D) I-2,3,6,7; II-1,4;

6. Quyidagi hayvonlar nechta tipga(I) va nechta sinfga(II) kirishni aniqlang.


1-dengiz mushugi; 2-tulki; 3-tufelka; 4-ichburug’ amyobasi; 5-zorka; 6-zoxcha; 7-planariya; 8-butli o’rgimchak; 9-o’gimchak maymun; 10-kojan;
A) I –4; II –6; B) I –4; II –7;
C) I –5; II –8; D) I –5; II –6;

7. Bo’rilar oilasiga mansub yirtqichlar guruhini aniqlang ?


A) chiyabo’ri, qoplon;
B) tulki, mushuk;
C) chiyabo’ri, yaguar;
D) korsak, tulki;
8. Yirtqich sutemizuvchilar turkumiga mansub hayvonlarni belgilang.
1.bo’ri; 2.lochin; 3.qoplon; 4.qirg’iy; 5.tulki; 6.ondatra; 7.burgut; 8.yo’lbars; 9.silovsin; 10. ukki; 11.suvsar; 12.norka;
A) 1,2,3,7,9,10; B) 1,3,5,8,9,11,12;
C) barchasi; D) 2,4,6,7,10;

9. Sutemizuvchilarning jun qoplami necha qavat bo’ladi?


A) uch; B) bir;
C) bir ayrimlarida ikki; D) ikki;
10. Qaysi hayvonning urg’ochisi qora junli bitta bola tug’adi?
A) morj; B) dengiz mushugi;
C) yovvoyi cho’chqa; D) tyulen;
11. Hidni yaxshi sezmaydigan, lekin juda yaxshi eshitadigan yirtqich sutemizuvchilar guruhi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?
A) yo’lbars, sher; b) qoplon, bo’rsiq;
C) silovsin, bo’ri; d) tulki, chiyabo’ri;

12. Qaysi sutemizuvchilarda oshqozonda hazm bo’lmagan


oziq ko’richakda hazm bo’ladi?
A) juft tuyoqlilarda; B) toq tuyoqlilarda;
C) kurakoyoqlilarda; D) yirtqichlar;

13. Qoziq tishlari bo’lmaydigan hayvonlarni belgilang.


1. kulrang kalamush; 2.latcha; 3. ko’k sug’ur; 4.uy sichqoni; 5. suvsar; 6.qashqaldoq; 7.tiyin; 8.yumronqoziq;
A) 1,3,7,8; B) 1,2,5,8;
C) 2,4,6,7; D) 1,3,6,7;

14. Qaysi sut emizuvchilar guruhi hidni deyarli farq qilmaydi?


A) it, ayiq; B) chiyabo’ri, gepart;
C) bo’ri, sher; D) delfin, kit;

15. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarni belgilang.


1.jirafa 2. suv ayg’ira 3.arxar 4. ot 5. to’ng’iz 6. karkidon
A) 1,6; B) 2,4; C) 3,5; D) 2,5;

16. Mushuksimonlar oilasiga hos xususiyatni aniqlang.


1.tirnoqlari maxsus haltachaga kirib turadi; 2.hidni yaxshi sezadi; 3.hidni yaxshi sezmaydi; 4.yaxshi eshitadi; 5.yaxshi eshitmaydi; 6.o’ljasini taqib qiladi;
A) 1,3,4; B) 1,2,4;
C) 3,4,5; D) 4,5,6;

17. Sutemizuvchilarda homiladorlik muddati va homila sonining nimaga bog’liqligini aniqlang.


A) yoshiga; B) oziqlanishiga;
C) yashash tarziga; D) kelib chiqishiga;
18. Ko’pchilik mushuksimonlar .....
A) hidni yaxshi sezadi, yaxshi eshitadi;
B) hidni yaxshi sezmaydi, yaxshi eshitadi;
C) kuzda oilasi tarqalib ketadi;
D) o’ljasini taqib qilib tutadi;

19. Karkidon, zebra, qulonlar qaysi turkumga mansub?


A) juft tuyoqlilar; B) toq tuyoqlilar;
C) kemiruvchilar; D) xartumlilar;
20. Itlar nechtadan bola tug’ishi mumkin?
A) 2-3 ta; B) 1-2 ta;
C) 8-10 ta; D) 3-8 ta;

21. Ondatraning vatani qayer?


A) Shimoliy Amerka; B) Yevropa;
C) Afrika; D) Osiyo;
22. Xordalilar tipi necha sinfga bo’linadi?
A) 6 ta; B) 5 ta; C) 8 ta; D) 7 ta;

23. Quyidagi hayvonlarning qaysi birida o’mrov suyagi rivojlanmagan?


A) it; B) baqa; C) laylak; D) gatteriya;
24. Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni aniqlang.
A) diafragma, jig’ildon;
B) teri, o’pka;
C) tashqi quloq, o’pka;
D) quloq suprasi, diafragma;

25. Juft tuyoqli sutemizuvchi hayvonlar guruhini aniqlang.


1.jirafa; 2.echki; 3.qulon; 4.karkidon; 5.zubr; 6.bug’u; 7.zebra;
A) 1,2,5; B) 3,6,7;
C) 1,2,4; D) 5,6,7;

26. G’izolning qaysi turkum, sinf va tipga kirishini aniqlang


A) kavsh qaytaruvchilar, sutemizuvchilar, xordalilar;
B) juft tuyoqlilar, sut emizuvchililar, xordalilar;
C) toq tuyoqlilar, sut emizuvchililar, xordalilar;
D) juft tuyoqlilar, yo’ldoshlilar, xordalilar;

27. Toq tuyoqlilar turkumiga mansub hayvonlar guruhi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?


A) ot, tuya, jirafa;
B) qulon, fil, tuya;
C) karkidon, tapir, qulon;
D) zebra, zubr, jirafa;

28. Quyidagi berilgan hayvonlarning qaysi turkumiga kirishini belgilang.


1.g’izol; 2.ondatra; 3.tyulen; 4.chiyabo’ri; 5.dilfin;
a.kurakoyoqlilar; b.kitsimonlar; c.kemiruvchilar; d.juft tuyoqlilar; e.yirtqichlar;
A) 1-d; 3-a; 3e; 4-c; 5-e;
B) 1-d; 2-c; 3-a; 4-e; 5-b;
C) 1-a; 2-c; 3-d; 4-c; 5-e;
D) 2-d; 3-c; 4-a; 1-e; 5-e;

29. Qushlarda qaysi sezgi organlari sutemizuvchilarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan?


A) ko’rish; B) hid bilish;
C) ta’m bilish; D) eshitish;
30. Kavsh kaytaruvchi juft tuyoqli hayvonlar guruhini aniqlang.
A) jirafa, begemot;
B) zubur, yovviyi cho’chqa;
C) zubur, arxar;
D) arxar, kulon;

31. Maymunlarning qaysi organlari tuyg’u a’zosi hisoblanadi?


A) sezuvchi tuklari, barmoqlari;
B) mo’ylovlari, oyog’idagi qillar;
C) qo’lidagi qillar, mo’ylovlari;
D) yungsiz kafti, tovoni;
32. Dengiz sutemizuvchi hayvonlarni turkumlarini belgilang.
1. kurak oyoqlilar; 2. delfinlar; 3. akulalar; 4. kitsimonlar;
A) 1,4; B) 1,4,2;
C) 1,3; D) 4,2;

33. Qaysi javobda hayvonlar sistematik guruhlar tartibi to’g’ri berilgan.


1. turkum; 2. oila; 3. kenja tur; 4. tur; 5. populyatsiya; 6. tip; 7.sinf; 8. urug’;
A) 4,8,2,7,1,6; B) 5,3,7,6,2,4,1;
C) 4,5,6,3,7,8; D) 4,8,2,1,7,6;

34. Jirafaning bo’yin umurtqasining sonini belgilang?


A) 5 ta; B) 7 ta;
C) 9 ta; D) 12 ta;
35. Sutemizuvchilar nimasiga ko’ra tuxum qo’yuvchilar, haltalilar, yo’ldoshlilar guruhlarga bo’linadi?
A) tuzulish; B) bolasining rivojlanishi;
C) ko’payishi; D) barchasi;

36. Sutemizuvchi hayvonlarda moddalar almashinuvining jadalligi organizmda qaysi sistemaning yaxshi rivojlanganligi bilan bog’liqligini belgilang.


A) ovqat hazm qilish va nafas olish;
B) ayirish va qon aylanish;
C) nafas olish va qon aylanish;
D) qon aylanish va ovqat hazm qilish;

37. Qoramolning go’shtdor zotlarini belgilang?


1.yaroslavl; 2.shvits; 3.gerifort; 4.shotgorn; 5.simmental; 6.qora-ola xolmagor;
A) 3, 4; B) 2, 4; C) 3, 5; D) 5, 6;

38. Quyda berilgan hayvonlarning qaysi birida shoxi almashib turadi?


A) jirafa, zubr; B) los, bug’i;
C) arxar, echki; D) nosorok, zubr;

39. Mushuksimonlar oilasi vakillarining qaysi sezgi organi yaxshi rivojlangan?


A) ko’rish; B) hid bilish;
C) eshitish; D) ta’m bilish;
40. To’rt bo’lmali murakkab oshqozonga ega bo’lgan sutemizuvchi hayvonlar guruhini aniqlang.
1.zebra; 2.arxar; 3.qulon; 4.bug’u; 5.karkidon; 6.jirafa; 7.ot; 8.to’ng’iz;
A) 1,5,8; B) 2,4,6;
C) 3,5,7; D) 1,3,7;

41. Oshqozoni murakkab tuzilmagan, ammo ko`richak o`simtasi juda uzun bo`lan hayvonlarni aniqlang?


A) jayron, sayg`oq;
B) tarpan, karkidon;
C) zebra, sayg`oq;
D) qulon, jirafa;

42. Dengiz mushugi qaysi turkumga mansub ?


A) kitsimonlar; B) haltalilar;
C) yirtqichlar; D) kurakoyoqlilar;

43. Sutemizuvchilar bel umurtqasining soni nechta bo’ladi?


A) 1-6; B) 3-5;
C) 2-9; D) 3-11;

44. Kavsh qaytaruvchi (I) va kavsh qaytarmaydigan (II) juft tuyoqlilarga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating.


a) oyoqlari uzun; b) oyoqlari kalta;
c) oshqozoni to’rt bo’lmali; d) oshqozoni bir bo’lmali; e) oshqozonida mikroorganizmlar faoliyat yuritadi; f) bir juft muguz shoxi mavjud; j) dumi kalta; g) qoziq tishlari kuchli rivojlangan; z) bo’yni kalta;
k) ko’richak o’simtasi juda uzun;
A) I –a,c,e,f; II –b,d,j,g;
B) I –a,c,f,g; II –b,d,j;
C) I –a,c,e,f; II –d,j,g,k;
D) I –c,e,g; II –b,g,k;

45. Qashqaldoq qaysi turkum va oilagaga mansub hayvon?


A) yirtqichlar / ayiqsimonlar;
B) yirtqichlar / mushuksimonlar;
C) kemiruvchilar / suvsarsimonlar;
D) yirtqichlar / suvsarsimonlar;

46. Yo’lbars ko’pincha qaysi hayvonlarni ovlaydi?


A) qunduz, sug’ur;
B) to’ng’iz, bug’u;
C) to’ng’iz, suv ayg’iri;
D) bo’rsiq, qashquldoq;

47. Itlarni tanasi qaysi a’zolar sistemasining faoliyati ta’sirida tanasini sovitadi?


A) ayrish; B) ovqat hazm qilish;
C) nafas olish; D) jinsiy;

48. Quloq suprasi yo’q sutemizuvchi hayvonni belgilang.


A) dengiz mushugi; B) susar;
C) ilvirs; D) tulen;

49. Suvsarsimonlar oilasiga mansub sutemizuvchilar guruhini aniqlang.


A) ko’k sug’ur, norka; B) krot, tiyin;
C) qunduz, korsak; D) olaqo’zan, latcha;

50. Suvarsimonlar oilasi uchun hos belgilar berilgan qatorni aniqlang


A) oyoqlari uzun, tanasi suyri shaklda bo’ladi;
B) oyoqlari kalta, tanasi uzun va yo’g’on bo’ladi;
C) oyoqlari kalta, tanasi ingichka;
D) oyoqlari uzun, tirnoqlari o’tkir, maxsus haltasiga kirib turadi;

51. Sut yo’nalishida boqiladigan qoramol zotini aniqlang.


A) Yaroslavl; B) Qozog’iston oqboshi;
C) Kostroma; D) Shortgorn;

52. Tapir sutemizuvchilar sinfining qaysi turkumiga kiradi?


A) juft tuyoqlilar; B) kavsh qaytaruvchilar;
C) yirtqichlar; D) toq tuyoqlilar;

53. O’simlik urug’larini tarqalishiga yordam beradigan sutemizuvchilarni aniqlang.


1. olmaxon; 2. dala sichqoni;
3. qizilquyruq; 4. to’ng’iz;
A) 1,3; B) 2,4;
C) 1,2,4; D) 1,2,3,4;
54. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang ?
A) oshqozoni bo`limlarga bo`linmagan;
B) kurak tishlari kuchli rivojlangan;
C) qoziq tishlari kuchli riojlangan;
D) bo`yni, oyoqlari va dumi kalta;

55. Sersut(1), sersut-go’shtdor(2) va go’shtdor(3)zotlarini farqlang.


a) Bushuyev; b) Simmental; c) Shotgorn; d) Yaroslavl; e) Kostroma; f) Gereford;
A) 1-a,d; 2-c,f; 3-b,e;
B) 1-c,f; 2-b,e; 3-a,d;
C) 1-a,d; 2-b,e; 3-c,f;
D) 1-b,e; 2-c,f; 3-a,d;

56. Jayra qaysi turkumga manaub va u qayerda yashaydi ?


A) juft tuyoqlilar; cho’llarda;
B) kemiruvchi; tog` etaklari va cho`llar;
C) juft tuyoqlilar; yaylov va dashtlarda;
D) kemiruvchi; suv havzalarining sayozliklarida;

57. Dag`al junli qo`ylarning juni nimadan iborat?


A) faqat dag`al qildan;
B) dag`al qil va tivitdan;
C) bir xil uzunlikdagi tivitdan;
D) har xil uzunlikdagi tivitdan;

58. Yirtqich sutemizuvchilarning (1) va kemiruvchilarning (2) qaysi tishlari o`tkir va baquvvat rivojlangan?


A) 1- kurak; 2 –qoziq;
B) 1- qoziq; 2- kurak;
C) 1- oziq; 2- qoziq;
D) 1- qoziq, kurak; 2- kurak;



Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling