O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish
Download 156.9 Kb.
|
6-7-sinf test kitobcha
QUSHLAR SINFI
1. Jish bola ochadigan yoki uya quradigan qushlar guruhini aniqlang. 1.burgut; 2.o’rdak; 3.qaldirg’och; 4.g’oz; 5.qarqur; 6.bedana; 7.qizilishton; 8.tasqara; 9.qur; A) 1,3,7,8; B) 1,2,7,8; C) 2,4,5,9; D) 1,2,3,4; 2.Xordalilar tipining qaysi sinfga mansub vakillaridan ichki urug’lanish bo’ladi? 1.akula; 2.timsoh; 3.ilon; 4.baqa; 5.kaptar; 6.triton; A) 1, 2, 4; B) 2, 3, 5; C) 3, 4, 6; D) 4, 5, 6; 3. Yovvoyi o’rdaklarning qishlash joyini aniqlang? 1. Osiyonong shimoli; 2.Markaziy amerika; 3.Markaziy Afrika; 4.Osiyoning janubi; 5.Shimoliy Afrika; 6.O’zbekiston janubi; 7.Janubi-Sharqiy Osiyo; 8.Shimoliy Amerika; A) 4, 6, 7, 8; B) 1, 3, 6, 7; C) 3, 5, 7, 8; D) 2, 4, 5, 6; 4. Yirtqich qushlar uchun hos belgini aniqlang. 1.tirnoqlari uchi ilmoqqa o’xshash qayrilgan uzun; 2.tumshug’i uzun; 3.tumshug’ining uchi pastga qayrilgan; 4.tirnoqlari kalta, tutoq; 5.tirnoqlari uzun, o’tkir; 6.tumshug’i qisqa, baquvvat; 7.barmoqlari soni kam; A) 1, 6, 7, 2; B) 1, 3, 5, 6; C) 2, 3, 4, 7; D) 1, 2, 5, 7; 5. Qushlarda havo xaltachalari qaerda joylashgan? A) ichki organlar orasidagi bo’sh joylarda; B) o’pkada; C) ikkala o’pka orasida; D) qorin bo’shlig’ida; 6. Qushlarning issiq qonli hayvon bo’lishiga nima sabab bo’ladi ? A) ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi; B) qon aylanish organlarining tuzilishi; C) moddalar almashinuvining jadalligi; D) nafas olish organlarining tuzilishi; 7. Qushlarning ichagi qaysi a’zoga ochiladi? A) anal teshigi; B) kloaka; C) to’g’ri ichak; D) siydik pufagi; 8. Qushlardan qaysi biri yerda yaxshi yura olmaydi, ko’proq uchadi? A) musicha; B) qarg’a; C) qaldirg’och; D) oqqush; 9. Qaysi qushlar joyi issiq, oziq yetarli bo’lishiga qaramasdan erta uchib ketadi? A) o’rdak, g’oz; B) o’rdak, turna; C) laylak, qarg’a; D) bulbul, zarg’aldoq; 10. Miyacha qaysi hayvonlarda yaxshi rivojlangan? 1.baqa 2.baliq 3.triton 4.qush A) 1, 2; B) 2, 3; C) 2, 4; D) 1, 4; 11. Kaptarning yurak tuzilishini aniqlang. A) bo’lmacha, qorincha; B) o’ng, chap bo’lmacha, qorincha; C) o’ng, chap bo’lmacha, o’ng, chap qorincha; D) bo’lmacha, chap, o’ng qorincha; 12. Dasht cho’lda yashaydigan qushlarga hos belgilarni aniqlang. 1.oyoqlari baquvvat 2.bo’yni uzun 3.oyoqlari kalta 4.oyoqlari uzun 5.oyoqlari nozik 6.bo’yni kalta A) 1, 2, 3; B) 1, 2, 4; C) 2, 3, 5; D) 1,3,5; 13. Go’ng qarg’alarga xos xususiyatni aniqlang? 1. zog’chalar bilan galalar hosil qiladi 2.tunash uchun baland daraxtlarga qo’nadi 3.bizning o’lkalarda qishlaydi 4.chug’urchuqlar bilan galalar hosil qiladi; 5.baland binolarda tunaydi A) 1, 2, 3; B) 4, 2, 5; C) 4, 5, 3; D) 1,4,5; 14. Nima uchun qushlar tez- tez oziqlanadi va hayotining asosiy qismini oziq axtarish bilan o’tkazadi? A) tuxum qo’yish, jo’ja ochish uchun; B) tana haroratini saqlash, uchishga energiya hosil qilish uchun; C) uchish uchun energiya to’plash, tuxum qo’yish uchun; D) tuxumida zapas moddani ko’paytirish uchun; 15. Qushlar bosh miyasining qaysi qismida burmalar ko’p bo’ladi? A) uzunchoq; B) o’rta; C) miyacha; D) miya ko’prigi; 16. Qaysi yovvoyi qushlar sanoat maqsadida va sport usulda ovlanadi? 1.oqqush; 2.kulrang turna; 3.g’oz; 4.kaklik; 5.qarg’a; 6.zarg’aldoq; 7.qirg’ovul; 8.kaptar; 9.o’rdak. A) 1,2,8,6; B) 2,3,7,1; C) 3,7,9,5; D) 9,7,3,4; 17. Go’ng qarg’a, zog’cha, qorayaloq qaysi qushlar guruhiga mansub? A) o’troq; B) uchib keluvchi; C) ko’chib yuruvchi; D) uchib ketuvchi; 18. Nima uchun qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan mustaxkamroq bo’ladi? A) suyaklari qo’shilib o’sganligi uchun; B) suyaklari yassi bo’lgani uchun; C) suyaklari havo bilan to’lgan; D) suyaklari yengil va yassi bo’lgani uchun; 19. Qushlarni qadimgi ajdodini ko’rsating. A) arxioptirikis; B) protavtis; C) stegasefal; D) yirtqich tishli kaltakesak; 20. Qaysi qushlarning jo’jasi zaif bo’lib tanasi yalang’och holda tuxumdan chiqadi? A) yirtqich qushlar; B) suv qushlari; C) pingvin va tuya qushlar; D) g’ozsimonlar; 21.Yapaloqqushlar turkumi vakillariga tegishli bo’lgan belgilarni ko’rsatining? 1.barmog’i 4 ta bo’lib 2 ta oldinga 2 ta orqaga qaragan; 2.shovqinsiz uchadi, juda yaxshi eshitadi; 3.ko’zlari keng ochiladigan ko’z qorachiqlariga ega; 4.oyoq va bo’yinlari uzun 5.havoda baqland uchib, o’lja qidiradi; 6.tirnoqlari kuchsiz rivojlangan; 7.tumshuqlari qayrilgan barmoqlarida o’tkir tirnoqlar bo’ladi; 8.meva va donlarni yeb zarar yetkazadi; 9.uyasining balandligi 2 metrga yetadi; 10.tungi qush hisoblanadi A) 2,3,7,10; B) 1.2.5.6; C) 1,3,7,10; D) 3,4,7,10; 22. Ilik suyagi faqat qushlar uchun hos bo’lib u ....... hosil bo’lgan. A) tovon suyagining o’zgarishidan; B) beshinchi barmoq suyagining o’zgarishidan; C) kichik boldir suyagining o’zgarishidan; D) bir necha mayda suyakning birikishidan; 23. Yo’rg’a tuvaloqqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1.tuxumlarni urg’ochi va erkagi navbat bilan bosib yotadi; 2.tuxumlarini faqat urg’ochisi bosadi; 3. jo’jalari hamma narsani yeyveradi; 4. jo’jalari asosan hashorotlar bilan oziqlanadi; 5.haf tug’ilganda urg’ochi tuvaloq o’zini yaralanganga soladi; 6. ovlash man qilingan; 7. ovlash man qilinmagan. A) 1.2.5.7; B) 2.4.5.6; C) 2.3.5.7; D) 1.3.5.6; 24. Chumchuqsimonlar turkumining eng yirik turlari qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan? A) go’ngqarg’a, zag’cha; B) chittak, olaqarg’a; C) qirg’ovul, kaklik; D) chittak, chug’urchuq; 25. Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog’onasining qaysi bo’limlari bilan qo’shilib o’sadi? 1.ko’krak 2.bel 3.bo’yin 4.dumg’aza 5.dum umutqalarining barchasi 6. 2-va 3-dum umurtqasi 7.dum umutqasi 8.ko’krak umurtqasining oxirgi qismi A) 1, 2, 3; B) 3, 4, 5; C) 6, 8, 7; D) 2,4,7; 26. Uchib ketuvchi qushlar guruhini aniqlang. 1.bulbul; 2.qorayaloq; 3.zarg’ldoq; 4.mayna; 5.chittak; 6.bedana; 7.qaldirg’och; 8.qoraqush; A) 1, 7, 8; B) 7, 5, 3; C) 4, 5, 6; D) 7,1,3; 27. Quydagi harakterli belgilarning qaysi biri tasqara uchun tegishli? 1.baqalar bilan oziqlanadi; 2. hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadi; 3. tirnoqlari kuchli rivojlangan; 4. tirik hayvonlarga hujum qila olmaydi; 5. yirik hayvonlarga hujum qiladi; 6. tirnoqlari kuchsiz rivojlangan; 7. boshining ustida quloqqa o’xshagan 2 to’p pati bor; 8. yerda beso’naqay qadam tashlaydi; A) 1,3,7,8; B) 2,4,6,8; C) 3,4,7,8; D) 2,3,4,7; 28. Qush tuxumining tuzilishi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang. 1. pochoq; 2. pochoq osti pardasi; 3. havo kamerasi; 4. oqsil; 5.lipid qavat; 6. oqsil ipcha; 7. sariqlik pardasi; 8. embrion; 9. sariqlik; 10. embrion murtak; A) 1,2,3,4,6.7.8; B) 1.2.3.7.8.9.10; C) 1.2.3.4.5.7.10; D) 1.2.3.4.6.7.9.10; 29. Quyda berilgan qushlar qaysi turkumlarga mansub? 1.churrak; 2.nandu; 3.kar; 4.musicha; a.kaptarsimonlar b.tovuqsimonlar c.tuyaqushlar d.g’ozsimonlar A) 1-a 2-c 3-b 4-d; B) 1-b 2-a 3-c 4-d; C) 1-d 2-c 3-b 4-a; D) 1-b 2-d 3-c 4-a; 30.Tuxum-go’sht maqsadida boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatorni toping. 1. rus oq tovug’i; 2. niyugempshir; 3. kornuel; 4. pervomaysk; 5.plimutrok; 6. zagorsk; 7. lekgorn; A) 3,5,6; B) 2,4,6; C) 1,5,7; D) 2,3,6; 31. Qaysi qushlar ayrim so’zlarni takrorlash mumkin 1 chittak; 2. qarg’a; 3. chug’urchuq; 4. mayna; 5. kaptar; 6. tovuq; 7. to’ti. A) 1, 3, 7; B) 2, 6, 7; C) 2, 4, 7; D) 3,5,7; 32. Beradigan maxsulotlariga ko’ra xozirgi tovuq zotlari qanday zotlarga bo’linadi va ularga mansub tovuq zotlarini belgilang. 1.tuxum; 2.go’sht; 3.go’sht-tuxum; a.pervomaysk; b.lektorn; c.plimutok; A) 1-a 2-c 4-d; B) 1-d 2-a 3-b; C) 1-b 2-c 3-a; D) 1-c 2-a 3-b; 33.O’tiroq qushlar berilgan qatorni belgilang. 1. zog’cha; 2. ko’k kaptar; 3. olaqarg’a; 4. mayna; 5.qorayaloq; 6.kaklik; 7. g’oz; 8. o’rdak; 9. bulbul. A) 1, 3, 5; B) 2, 4, 6; C) 1, 6, 9; D) 2, 5; 34. Qushlar ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida ozuqasi maydalanadi? A) jig’ildonida; B) bezli oshqozonda; C) muskulli oshqozonda; D) qizilo’ngachda; 35. Qushlarni qanotlarini ko’tarilishida be’vosita ishtirok etuvchi muskullarni belgilang. A) ko’krak muskullari; B) qovurg’a muskullari C) qovurg’a o’siq muskullari; D) o’mrov muskullari; 36. Qaysi qushlar janubiy-sharqiy Osiyoda qishlaydi? 1.evropa laylaklar 2.yovvoyi o’rdak 3.ko’k g’oz 4. qora kalhat A) 1.2.4; B) 1.2.3; C) 2.3; D) 3; 37. Yevropa laylaklarining qishlash joyini aniqlang. A) Afrika va Xindiston; B) Shimoliy Xindiston; C) Afrikaning shimoli; D) Janubiy- Sharqiy tropik Afrika; 38. Qushlarning qanotlarini tushirishda yordam beruvchi muskullar birikkan suyak A) yelka, umrov; B) to’sh, bilak; C) ko’krak toji, yelka; D) to’sh, ko’krak tirgak; 39. Qushlardagi ko’krak muskullarining asosiy vazifasini ko’rsating. A) qanotlarni ko’tarish; B) ko’krak qafasini kengaytirish; C) qanotlarni tushirish; D) ko’krak qafasini kengaytirish; 40. Oziq tanqis bo’ladigan qish yoki erta bahorda o’ziq g’amlab qo’ygan ozuqasini topib yeydigan qushni aniqlang. A) qirg’ovul; B) chug’urchuq; C) chittak; D) olaqarg’a; 41. G’ozsimonlar turkumiga kiradigan qushlarni belgilang A) qur, kaptar; B) turg’ay, bedana; C) tuvaloq, o’rdak; D) oqqush, o’rdak; 42. Churrak, suqsunlar qaysi tyrkumga mansub? A) laylaksimonlar; B) g`ozsimonlar; C) chumchuqsimonlar; D) tovuqsimonlar; 43. Yirtqich qushlarni ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab belgilang. I.ukki II.tasqara III.boyo’g’li IV.kalxat 1.yapaloq qushlar ichida eng yirigi; 2.yapaloq qushlar ichida nisbatan kichigi; 3.soatlab qanot qoqmay ucha oladi; 4.havoda baland uchib o’lja axtaradi. A) I-2 II-3 III-1 IV-4; B) I-1 II-3 III-2 IV-4; C) I-4 II-3 III-2 IV-1; D) I-1 II-2 III-3 IV-4; 44. Xonakilashtirilgan parrandalar orasida eng yirigi qaysi? A) tovuq; B) g’oz; C) o’rdak; D) kurka; 45. Qushlarning sezgi organlaridan qaysi biri sust rivojlangan A) eshitish; B) ko’rish; C) hid bilish; D) barchasi; 46. Qushlarning mavsumiy uchib ketishi nima ta’sirida paydo bo’lgan? A) ko’payish instinkti; B) mavsumning o’zgarib turishi; C) kun qisqarishi; D) kun uzayishi; 47. Qaysi qushlar uzoq yillar juft hosil qilib yashaydi? A) qarqaralar; B) o'rdaklar; C) churraklar; D) suqsunlar; 48. Pingvinlar qayerlarda tarqalgan? 1. Antarktida; 2. Tinch okeanining ayrim orollari; 3. Avstraliya; 4. Janubiy Amerika sohillari; 5. Afrika sohillar; 6. Yevropa qirg'oqlari; 7.janubiy osiyoda. A) 1, 2, 3,6; B) 1, 2, 3, 4, 5; C) 1, 2, 4,7; D) 1, 2, 6, 3; 49. O’rta Osiyo hududida yashaydigan laylaklarning qishlash joyini aniqlang? A) Tropik Afrika; B) Janubiy Hindiston; C) Shimoliy Hindiston; D) Afrika; 50. Quyda berilgan qushlardan O’rta Osiyo xududida uchraydigan kunduzgi yirtqichlarni belgilang. a.qora kalxat; b.miqqiy; c.boyqush; d.boyo’g’li; e.jo’rchi; f.qarchig’ay; j.ukki; A) a,b,d,j; B) a,b,d,e; C) a,g,e,j; D) a,b,f,e; Download 156.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling