O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish
YASSI, TO’GARAK VA HALQALI CHUVALCHANGLAR TIPLARI
Download 156.9 Kb.
|
6-7-sinf test kitobcha
YASSI, TO’GARAK VA HALQALI CHUVALCHANGLAR TIPLARI
1. Parazitlikka moslashish ta’sirida yassi chuvalchanglar tipida qanday o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’lgan ? A) o’troq holatda hayot kechirishga o’tish; B) yopishish organlari, sepushtlilik; C) tuxumlarni ona organizmlardan tashqarida rivojlantirish; D) tayyor oziq bilan oziqlantirish; 2. Nereidaning dastlabki juft oyoqlari nima xisobiga hosil bo’lgan? A) tananing ikki yonidagi muskulli o’simtalarda to’p-to’p bo’lib joylashgan tuklar; B) nereidaning oyog’i bo’lmaydi; C) tananing orqa tomonidagi siyrak va katta tuklar; D) tananing oldingi tomonida joylashgan yonidagi siyrak va katta tuklar; 3. Bo’rtma nematodalar gulxayridoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi? A) dorivor gulxayri, kanop; B) kanop, g’o’za; C) Misr g’o’zasi, dorivor gulxari; D) bo’ritaroq, g’o’za; 4. Erkin yashovchi hayvonlarni ko’rsating. 1. planariya; 2. Exinokokk; 3. bolalar g’ijjasi; 4. nereida; 5. Tripanosoma; A) 2,4,5; B) 1,2,3; C) 1,4; D) 1,4,5; 5. Qaysi tipdagi hayvonlardan boshlab ikki tomonlama simmetryali tana hosil bo’ladi? A) sodda hayvonlar; B) kovakichlilar; C) halqali chuvalchanglar; D) yassi chuvalchanglar; 6. Qaysi hayvonlar guruhi mayda bo’laklarga bo’linganda ham, yana qaytadan tiklanishi mumkin? A) jigar qurti, oq planariya; B) oq planariya, exinokokk; C) gidra, yomg’ir chuvalchangi; D) gidra, oq planariya; 7. So’rg’ichli chuvalchanglarning tasmasimon chuvalchanglardan asosiy farqini ko’rsating. A) hazm qilish sistemasining bo’lishi; B) nerv sistemasining bo’lishi; C) oraliq xo’jayinining bo’lishi; D) qon aylanish sistemasining bo’lishi; 8. Voyaga yetgan qoramol tasmasimoni odam organizmining qaysi qismida parazitlik qiladi ? A) qonda; B) jigarda; C) ingichka ichakda; D) o’pkada; 9. Quydagi javoblardan qaysi biri yassi chuvalchanglar tipi uchun xos? A) tana bo’shlig’i bo’lmaydi; B) ichagi bo’lmaydi; C) sezgi a’zosi bo’lmaydi; D) nerv tolalari bo’lmaydi; 10. Qaysi tipdagi hayvonlardan boshlab mezoderma qavati hosil bo’ladi? A) sodda hayvonlar; B) kovakichlilar; C) yassi chuvalchanglar; D) halqali chuvalchanglar; 11. Qoramol tasmasimon chuvalchangining har bir bo’g’inida qanday jinsiy sistema bo’ladi? A) bitta tuxumdon, bir juft urug’don, bitta bachadon; B) bir juft tuxumdon, bitta bachadon, bir juft urug’don; C) bir juftdan bachadon, tuxumdon, juda ko’p urug’don; D) bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko’p urug’don; 12. Uzunligi eng kichik bo’lgan tasmasimon chuvalchangni toping ? A) exinokokk; B) rishta; C) bolalar gijjasi; D) askarida; 13. Planariyaning ayrish sistemasi nimadan iborat? A) chiqarish teshigidan; B) qisqaruvchi vakuoladan; C) tana satxidagi maxsus teshikchalardan; D) mayda shoxlangan kanalchalardan; 14. Qaysi hayvonda oziqning hazm bo’lmagan qismi og’iz orqali chiqarib yuboriladi? A) oq planariya; B) bolalar gijjasi; C) askarida; D) rishta; 15. Askarida ayirish sistemasining oq planariyanikidan farqini ko`rsating. A) ikki yon tomonida joylashgan yirik naylar tananing orqa qismida teshiklar bilan ochiladi; B) ayirish naychalari voronkasimon naychalardan iborat; C) zararli mahsulotlar uchi berk naychalarga sizib o`tadi; D) ikkita ayirish naylari birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi; 16. Oq planariya qaysi a’zolari bo’lmaydi? A) nerv sistemasi; B) nafas olish sistemasi; C) ovqat hazm qilish sistemasi; D) jinsiy sistemasi; 17. Qaysi paytda oq planariya tanasi mayda bo’laklarga bo’linib ketadi? A) suvda kislorod ko’payganda; B) suvda kislorod etarli bo’lganda; C) suvda harorat hormal bo’lganda; D) suvda harorat ortganda; 18. Oq planariyaga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang. 1.tanasi kipriklar bilan qoplangan; 2.bosh va qorin so’rg’ichlari bo’ladi; 3.halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi; 4.tana bo’shlig’i bor; 5.tana bo’shlig’ bo’lmaydi; 6.orqa chiqaruv teshigi bo’lmaydi; 7. anal teshigi bo’lmaydi; 8.yirtqich; 9. parazit; A) 1,2,4,5,6; B) 1,3,5,6,8; C) 1,4,5,6,7; D) 1,2,4,6,9; 19. Voyaga yetgan cho’chqa tasmasimon chuvalchangi(I) va uning lichinkasi(II) qayerda yashaydi? A) odam ichagida, cho’chqa oshqozonida; B) cho’chqa ichagi, odam oshqozonida; C) odam ichagida, cho’chqa muskulida; D) yirtqich hayvonlar ichagida, cho’chqa muskulida; 20. Exinokokk qaysi tip va sinfga mansub? A) yassi, tasmasimon; B) yassi, so’rg’ichlilar; C) yumaloq, tasmasimon; D) halqali, tasmasimon; 21. Planariyaning qaysi qismlari sezgi organlari hisoblanadi? 1.terisi; 2.muskullari; 3.ichaklari; 4.tukchalari; 5.paypaslagichlari; 6.ko’zachalari; A) 2,3,6; B) 1,4,6; C) 2,1,3; D) 1,5,6; 22. Noqulay sharoitda oq planariya... A) jinsiy ko’payadi; B) ikkiga bo’linadi; C) mayda bo’laklarga bo’linadi; D) spora hosil qiladi; 23. Lichinkalik davrida ham ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarga xos bo’lgan umumiy hususiyatni belgilang. A) oraliq xo’jayini bir xil hayvonlar; B) bitta tip va bitta sinfga mansub; C) lichinkasi odamda parazitlik qiladi; D) germofrodit organizm; 24. Anal teshigi bo`lmagan (a) va bo`lgan (b) chuvalchanglarni juftlab ko`rsating. 1. exinokok; 2. cho`chqa tasmasimon chuvalchangi 3.rishta; 4. bolalar gijjasi; 5. jigar qurti; 6. askarida; A) a-1,5; b-2,3,6; B) a-1,3,5; b-2,4; C) a-1,2,5; b-3,4; D) a-2,5;b-1,3,6; 25. To’garak chuvalchanglar tipiga berilgan to’g’ri tarifni toping. 1. ayrim jinsli; 2. germofrodit; 3. tana bo’shligi yo’q; 4. tana bo’shligi bor; 5. orqa ichagi, anal teshigi bor; 6. ichagi shoxlangan; 7. tanasi bo’gimlarga bo’linmagan; 8. ko’ndalang kesimi to’garak shakilda; A) 1,3,5,8; B) 2,4,5,8; C) 1,4,5,8; D) 1,4,6,7; 26. Yassi chuvalchanglar ichida eng qadimgisi berilgan javobni toping. A) kiprikli chuvalchanglar; B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar; C) so’rg’ichlilar; D) tasmasimon chuvalchanglar; 27. Odamlarning ichagida parazitlik qiladigan organizmlarni ko’rsating. A) askarida, bolalar gijjasi, jigar qurti; B) ichburug’ amyobasi, leyshmaniya, askarida; C) cho’chqa tasmasimoni, bolalar gijjasi; D) exinokokk, askarida, bezgak paraziti; 28. ”Tanasida halqasimon muskullar, ularning ostida bo’ylama muskullar, joylashgan.” Bu belgi qaysi chuvalchang uchun xos? A) odam askaridasi; B) bolalar gijjasi; C) oq planariya; D) yomg’ir chuvalchangi; 29. To’garak chuvalchangining yassi chuvalchanglardan asosiy farqini aniqlang . 1.ayrim jinsli; 2.so’rg’ichlari mavjud; 3.ichagining uchi berk; 4.yopishuv organlari rivojlanmagan; 5.anal teshigi mavjud; 6.germofrodit; A) 1, 2, 6; B) 2, 4, 5; C) 1, 4, 5; D) 3, 5, 6; 30. Uchta lichinkali bosqichi orqali rivojlanish qaysi parazit chuvalchang uchun xos? A) exinokokk; B) cho`chqa tasmasimon chuvalchangi; C) bolalar gijjasi; D) jigar qurti; 31. Yirtqich yassi chuvalchangni aniqlang. A) jigar qurti; B) oq planariya; C) qoramol tasmasimoni; D) bolalar gijjasi; 32. Qaysi hayvonlar guruhi yassi chuvalchanglar tipiga mansub? A) askarida, rishta; B) jigar qurti, rishta; C) askarida, planariya; D) exonokokk, planariya; 33. Yomg’ir chuvalchangining bo’ylama muskullari qisqarganda qanday o’zgarish kuzatishini belgilang. A) tanasi ingichkalashadi; B) tanasi yo’g’onlashadi; C) tanasining oldingi orqaga qismini tortib oladi; D) oldingi tomonini tuproq zarralariga tiqadi; 34. Ko’p tukli chuvalchanglar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A) kam tukli halqali chuvalchanglardan; B) yassi chuvalchanglardan; C) kovakichlilardan; D) to’garak chuvalchanglardan; 35. Bo`rtma nematodasi qaysi o`simlika katta ziyon yetkazadi? A) olma, nok, bodring, kanop, qovun; B) anjir, anor, olma, bodring, qovun; C) kanop, kartoshka, qovun, pomidori, bodring; D) baqlajon, piyoz, kartoshka, g`o`za, kanop; 36. To’garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqlarini aniqlang. 1. tana bo’shlig’ining bo’lishi; 2. anal teshigining bo’lishi; 3.kloakaning bo’lishi; 4.ichki azolarning murakkab tuzulganligi; 5.oshqozonning bo’lishi; A) 2,4,5; B) 3,4,5; C) 1,2,4; D) 1,2,5; 37. Rishta qaysi tipga(I) va exinokokk qaysi sinfga(II) mansub ekanligini aniqlang. A) I –yassi chuvalchanglar; II – so’rg’ichli chuvalchanglar; B) I –yassi chuvalchanglar; II –tasmasimon chuvalchanglar; C) I –to’garak chuvalchanglar; II –so’rg’ichli chuvalchanglar; D) I –to’garak chuvalchanglar; II –tasmasimon chuvalchanglar; 38. Halqali chuvalchanglarning o'simtalari(1) va qillari(2) qanday vazifani bajaradi? a. harakatlanish b. tayanch c. sezish d. ayirish A) 1-a. 2-b; B) 1-a 2-c; C) 1-b 2-a; D) 1-d 2-b; 39. Yomg’ir chuvalchangi ... kengaygan qismi jig’ildon deb ataladi. A) qizilo’ngachning; B) halqumning; C) oshqozonning; D) og’iz bo’shlig’ining; 40. Yassi chuvalchanglar tipi, tasmasimonlar chuvalchanglar sinfiga mansub bo’lgan parazit chuvalchangni belgilang. A) oq planariya; B) jigar qurti; C) exinokokk; D) odam askaridasi; 41. Exinokokk parazit chuvalchangining asosiy xo’jayinini aniqlang? A) odam , qoramol; B) odam , uy hayvonlari; C) it , yirtqich hayvonlar; D) baliq , odam; 42. Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi uchun xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang. A) orqa va qorin qon tomiri halqali tomirlar bilan tutashgan; B) orqa qon tomiri orqali tananing oldingi tononiga qon oqadi; C) orqa qon tomiri orqali tananing kiyingi tononiga qon oqadi; D) teri va ichak devorida kapilyar qon tomirlari ko’p; 43. Qaysi parazitning yopishuv organlari bo’lmaydi? A) exinokokk; B) jigar qurti; C) askarida; D) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 44. Ichki organlar orasi biriktiruvchi (g’ovak) to’qma bilan to’lgan hayvonlar qatorini belgilang. A) oq planariya, qoramol tasmasimon chuvalchangi; B) yomg’ir chuvalchangi, nerida; C) exinokokk, leshmaniya, oq planariya; D) jigar qurti, exinokokk, askarida; 45. Halqali chuvalchanglarning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini dalili nima? 1. ko’p tukli halqalilarning lichinkasi tanasida kipriklarning bo’lishi; 2. tanasining bir qavat epiteliy bilan qoplanganligi; 3.qillar va kipriklarning o’xshashligi; 4. ayirish sistemasining o’xshashligi; A) 1.3; B) 2.4; C) 2.3; D) 1.4; 46. Faqat odam organizmida parazitlik qiluvchi chuvalchanglarni ko’rsating. A) exinokok; B) jigar qurti; C) bolalar gijjasi; D) rishta; 47. Ko’katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirib olish mumkun ? A) exinokokk; B) askarida; C) qoramol tasmasimon; D) jigar qurti; 48. O’simliklarda (a) faqat odamlarda (b) odam va hayvonlarda (c) paraztlik qiluvchi chuvalchanglarni juftlab ko’rsating 1.gijja; 2.askarida; 3.bo’rtma nematoda; 4.exinokokk; 5.jigar qurti; A) a-3; b-4,2; c-1,5; B) a-3; b-1; c-2,4,5; C) a-3; b-2; c-1,4,5; D) a-3; b-1,2; c-4,5; 49 . Lichinkalik davrida ham ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarga umumiy bo’lmagan hususiyatni belgilang. A) bir xil organizmni asosiy xo’jayin qila oladi; B) bitta tip mansub; C) odam asosiy xo’jayini; D) germofrodit organizm; 50. Tanasi yassi bargsimon shaklda ikki so’rg’ichli parazit hayvon qaysi sinf va qaysi tipga kiradi ? A) kipriklilar sinfi , to’garaklilar tipi; B) so’rg’ichlilar sinfi , yassi chuvalchanlar tipi; C) tasmasimonlar sinfi , yassi chuvalchanglar tipi; D) so’rg’ichlilar sinfi , to’garak chuvalchanglar tipi; 51. Yomg’ir chuvalchangining halqasimon muskullari qisqarganda qanday o’zgarish kuzatilishini belgilang. A) tanasi uzunlashadi va ingichkalashadi; B) tuproq zarralarini surib o’ziga yo’l ochadi; C) tanasi kaltalashadi; D) tanasi yo’g’onlashadi, kattalashadi; 52. Oraliq xo’jayining organizimida, parazit chuvalchanglarning qaysi davri kechadi? A) hayot siklining hamma bosqichi; B) lichinkalik davri; C) jinsiy ko’payish davri; D) voyaga yetgan davri; 53. Odam askaridasining erkak va urg’ochisini jinsiy sistemasini aniqlang. A) 1 ta urug’don / bir necha tuxumdon; B) 2 ta urug’don / 1 ta tuxumdon; C) 1 ta urug’don / 2 ta tuxumdon; D) 2 ta urug’don / bir necha tuxumdon; 54. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi lichinkasi qayerda rivojlanadi? A) odam ichagida; B) cho’chqa muskulida; C) odam muskullarida; D) cho’chqa ichagida; 55. Qaysi sistema dastlab halqali chuvalchanglardan paydo bo’lgan? A) ayirish; B) qon aylanish; C) hazm qilish; D) muskul; 56. Germofrodit organizmni aniqlang ? A) bolalar gijjasi; B) askarida; C) jigar qurti; D) rishta; Download 156.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling