O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish


RA’NODOSHLAR, SHO’RADOSHLAR, KARAMDOSHLAR


Download 156.9 Kb.
bet8/20
Sana21.11.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1790453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
6-7-sinf test kitobcha

RA’NODOSHLAR, SHO’RADOSHLAR, KARAMDOSHLAR

1. Yer yuzida ikki urug`pallali o`simliklarning qancha oila va turi mavjud?


A 120; 3000 B 920; 19000
C 138; 3700 D 340; 175000

2. Qaysi o’simlik tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor


A karam B rediska
C jag`-jag` D o`sma

3. Lavlagiga xos xususiyatlarni aniqlang


1. 2 yillik o`t 2. ko`p yillik o`t 3.birinchi yili barglar va ildizmeva hosil qiladi 4. birinchi yili faqat barg hosil qiladi 5. 2-yili mayda bargli poya hosil qiladi 6. martda gullaydi 7. mayda gullaydi 8.gullari yirik 9. gullari mayda 10. gulqo`rg`oni oddiy 11. gulqo`rg`oni murakkab 12. mevasi avgustda pishadi 13. mevasi sentabrda pishadi 14.mevasi yong`oqcha
A 1,3,5,7,8,11,13,14 B 2,4,5,6,9,10,12,14
C 1,3,5,7,9,10,13,14 D 2,4,5,6,8,11,12,14

4. Ra’nodoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud?


A 1500 B 900 C 12000 D 3000

5. ko‘p danakli mevalarni belgilang.


1)nok 2)shaftoli 3)olma 4)o‘rik 5)malina
A 1,2,3 B 2,4 C 1,3,5 D 3,4,5

6. Karamdoshlar oilasining poyasi qanday tuzilgan


A tik o`suvchi B ko`tarilib o`suvchi
C o`raluvchi D t.j.yo`q

7. Sho`radoshlar oilasi gullari uchun xos bo`lgan belgini aniqlang


1.gullari to`g`ri 2.gullari qiyshiq 3.gullari 2 jinsli 4.gullari ayrim jinsli 5. boshoqsimon, shingilsimon to`pgulda joylashgan 6.gullari mayda va yashil 7.gullari rangsiz 8. gulqo`rg`oni oddiy kosasimon 9.gulqo`rg`oni yo`qolib ketgan
A 1,2,3,5,6,8 B 1,2,3,4,5,7,8,9
C barchasi D 2,3,5,6,7,8

8. Ra’nodoshlar oilasi bargi uchun xos javoblarni belgilang


1.oddiy 2. yonbargchali 3. Panjasimon 4. murakkab 5. patsimon 6. murakkab toq patsimon 7. poyada qarama-qarshi joylashgan 8. poyada navbatma-navbat joylashgan
A 1,2,3,5,8 B 1,2,4,5,7
C 1,2,4,5,6,8 D 1,2,3,4,5,7

9. Karamdoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud?


A 1500 B 900 C 12000 D 3000

10. Ra’nodoshlarning gullari uchun xos xususiyatlarni aniqlang


1. yakka-yakka barg qo`ltig`ida joylashgan 2. to`pgulda joylashgan 3. to`pguli ro`vak 4.to`pguli shingil
5. to`pguli kallakcha 6.to`pguli soyabon yoki qalqon
7. 1 jinsli 8.2 jinsli 9.shamol yordamida changlanadi 10. hasharotlar yordamida changlanadi 11. gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilgan 12. gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan
A 1,2,3,4,5,8,10,12
B 1,7,8,10,12
C 1,2,4,5,6,8,9,10,11
D 1,2,4,6,8,10,12

11. Karamdoshlar oilasining barglari uchun xos belgilarni ko`rsating


1.oddiy 2. murakkab 3. butun 4. qirqilgan
5. ketma-ket joylashgan 6.qarama-qarshi joylashgan
A 1,3,4,5 B 2,4,6
C 1,2,3,5 D 2,3,4,5

12. Ra’no uchun xos bo`lmagan javobni belgilang


A gullari 1 jinsli
B gullari soyabon, shingil, qalqon to`pgulda joylashgan
C hasharotlar yordamida changlanadi
D A,B

13. Saksovulga xos xususiyatlarni aniqlang


1. 1 ta turi bor 2. 2 ta turi bor 3.mayda gullaydi 4.mart-aprelda gullaydi 5. mevasi avgustda pishadi 6.mevasi sentabrning 2-yarmida pishadi 7. mevasi qanotchali 8. mevasi popukchali
A 1,3,6,7 B 2,4,5,8
C 1,3,5,8 D 2,4,6,7

14. Ra’nodoshlarning nechtasi Qizil Kitobga kiritilgan


A 1 ta B 2 ta C 3 ta D 4 ta

15. qo`zoq –


A bo`yi enidan 3 marta, undan ham uzun
B eni bo`yidan 3 marta, undan ham uzun
C bo`yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun
D eni bo`yi bilan bir xil yoki 2 marta uzun

16. Ra’nodoshlar oilasiga kiruvchi turkumlarni belgilang


1. maymunjon 2.olxo`ri 3. nok 4. na’matak 5. shaftoli 6. bodom 7. gilos 8. kamxastak 9.olcha
A 1,2,4,6,8 B 1,2,3,4,6,7,8
C barchasi D 1,2,3,5,6,7,8,9

17. Tabobatda cherkezdan nima maqsadda foydalaniladi


A yo`talga
B qon ketishni to`xtatishga
C avitaminozga
D qon bosimini pasaytirishga

18. Saksovul mevasidagi qanotcha nimadan hosil bo’ladi?


A tuguncha tumshuqchasining shakl o’zgarishidan hosil bo’ladi
B meva etida, qirralarida qanotchasimon bo’rtmalardan o’sib chiqadi
C gulkosachabarglarning gultojbarglar bilan qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi
D gulqo’rg’on bargchalaridan o’sib chiqadi

19. Na’matakni bargi qanday tuzilgan


A oddiy patsimon;5-7 yaproqchali
B toq patsimon; 5-9 yaproqchali
C juft patsimon; 5-9 yaproqchali
D toq patsimon; 8-9 yaproqchali

20. Sho`radoshlarning mevasi –


A yong`oqcha yoki to`pbargak
B qo`zoq yoki qo`zoqcha
C yong`oqcha
D soxta meva

21. Na’matakning soxta mevasi uchun xos belgilarni toping


1.to`q sariq 2. etdor 3. to`q qizil 4.etsiz 5.uzunchoq 6. tuxumsimon 7.uzunligi 2-3 sm 8.uzunligi 3-4 sm 9. darmondori, limon kislota, oshlovchi moddalarga boy
A 1,2,5,6,8,9 B 2,3,5,6,7,9 C 1,4,6,7,9 D 2,3,6,8,9

22. Sho`radoshlar oilasining barglari uchun xos belgilarni ko`rsating


1. oddiy 2. murakkab 3.yonbargchali 4.yonbargsiz
5. ketma-ket joylashgan 6.qarama-qarshi joylashgan
A 1,4,5,6 B 2,4,6
C 1,3,5,6 D 2,3,4,5

23.Na’matakning qaysi qismi tabobatda ishlatiladi


A ildizi B urug`I
C guli D mevasi

24. O`zbekistonda karamdoshlarga mansub qaysi sabzavot ekinlari ekiladi


A sholg`om, rediska, turp
B sabzi, karam, rediska
C lavlagi, karam, turp
D barchasi

25. Sho`radoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchraydi?


A daraxt, buta, ko`p yillik o`tlar
B 1 yillik va ko`p yillik o`tlar
C 1,2 yillik va ko`p yillik o`tlar
D barchasi

26. O`zbekistonda atirgullarning qancha navi bor


A 340 B 10 ming C 13 tur D 7 tur

27. Rezavor ismaloqning qaysi qismi ovqatga ishlatiladi 1. bargi 2. ildizi 3.poyasi 4.mevasi


A 1 B 1,2,3 C 1,3 D 1,4

28. Nok nimasi bilan olmaga o`xshaydi(1) va farq qiladi(2)?


A 1-guli va mevasi; 2- bargi va tosh hujayralari
B 1-guli va mevasi; 2- bargi
C 1-guli va mevasi; 2- tosh hujayralari
D t.j.yo`q

29. Jag`-jag`ning qaysi qismidan tabobatda foydalaniladi


A bargi B urug`I C mevasi D yer ustki qismidan

30. Sho`radoshlarning yer yuzida qancha turi mavjud


A 1500 B 900 C 12000 D 3000

31. Ismaloqning O`zbekistonda nechta turi bor


A 1ta B 2ta C 8 ta D 10 ta

32. Turkiston ismalog`I –


A 1 yillik, 2uyli begona o`t
B 2 yillik, 1 uyli begona o`t
C 1 yillik, 2uyli madaniy o`t
D t.j.yo`q

33. Saksovulning qaysi qismi qimmatbaho yoqilg`I sifatida ishlatiladi


A 1 yillik novdalari, poyasi
B 1 yillik novdalari, mevasi
C poyasi
D 1yillik novdalari, poyasi, mevasi

34. Anabazin qaysi o`simlikdan olinadi


A cherkez B itsigak
C saksovul D t.j.yo`q


TEST
1. Yer yuzida burchoqdoshlarning qancha turi bor
A 12000 B 900 C 300 D 600

2. Gulxayridoshlar oilasi qaysi mintaqalarda tarqalgan


A tropic
B tropic, mo`tadil
C subtropik, mo`tadil
D tropic, subtropik, mo`tadil

3. Ituzumdoshlar oilasi asosan qaysi mintaqalarda tarqalgan


A tropik, mo`tadil
B ekvatorial, tropik
C tropik, subtropik
D ekvatorial, tropik,subtropik

4. Burchoqdoshlar oilasining gultoji shaklini belgilang


A qanotcha B qayiqcha C kapalak D yelkan

5. Gulxayridoshlar oilasida asosan qaysi hayotiy shakl hukmronlik qiladi?


A daraxt B o`tlar
C butalar D yarim butalar

6. Tokdoshlar oilasining gul formulasini aniqlang


A Gk(4-5) Gt5 Ch(5) U2-6
B Gk4-5 Gt5,(5) Ch5 U(2)
C Gk5 Gt5 Ch5 U1
D Gk(5) Gt(5) Ch5U1

7. Gulxayridoshlar oilasida qaysi hayotiy shakllar uchramaydi


A daraxt B buta
C yarim buta D 1yillik o`t

8. Burchoqdoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchramaydi


A daraxt B buta
C yarim buta D barchasi uchraydi

9. Gulxayridoshlar oilasi barglari xususiyatlari keltirilgan qatorni toping


1. oddiy 2. murakkab 3.bandsiz
4. uzun bandli 5. butun 6. o`yilgan
7. panjasimon tomirli 8.parallel tomirlangan 9.ko`pincha panjasimon bo`lakli
10. ko`pincha yumaloq
A 1,3,5,6,7,9 B 2,4,5,8,10
C 1,4,5,6,7,9 D 1,4,5,6,8,10

10. Ituzumdoshlar oilasida qanday hayotiy shakllar uchramaydi


A daraxt B buta
C yarim buta D barchasi uchraydi

11. Qaysi o`simliklar tugunak bakteriyalar bilan hamkorlikda hayot kechiradi


1. oqquray 2. yeryong`oq 3. shuvoq
4. akatsiya 5.tok 6.tamaki 7.liftok 8.beda 9.cho`g`on 10.sag`an
A barchasi B 3
C 1,2,4,6,7,8,9 D 1,2,4,8

12. Yer yuzida tokdoshlarning qancha turi bor


A 12000 B 900 C 300 D 600

13. Yer yuzida gulxayridoshlarning qancha turkum va turi bor


A 400; 12000 B 70; 900
C 80; 300 D 11; 600
14. Ituzumdoshlarning barglari –
1. oddiy 2. murakkab 3. yonbargchali
4. yonbargchasiz 5. butun 6. bo`lingan
A 1,3,5 B 2,3,5
C 2,4,6 D 1,5,6

15. O`zbekiston Qizil Kitobiga burchoqdoshlardan nechta tur kiritilgan


A 50 tur B 60 tur
C 23 tur D 37 tur

16. Tugmachagulning qaysi qismlari tabobatda ishlatiladi


A guli, mevasi, bargi
B ildizi, bargi, poyasi
C bargi, poyasi, to`pguli
D bargi, guli, urug`i

17. Burchoqdoshlarning barglari –


1. oddiy 2. murakkab 3. yonbargchali
4. yonbargchasiz 5.poyada ketma-ket o`rnashgan 6.poyada qarama-qarshi joylashgan
A 1,3,5,6 B 2,3,4,5 C 2,4,6 D 1,2,3,5

18. Gulxayridoshlarga kiruvchi turkumlarni belgilang


1. tugmachagul 2. bo`ritaroq 3. dag`al kanop 4. gulxayri 5. g`o`za
A barchasi B 1,2,3,4
C 2,3,4,5 D1,2,4,5

19. Tokdoshlarning jingalagi nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan


A barg B yonbarg
C novda D tikan

20. Burchoqdoshlarning gullari –


1. qiyshiq 2, to`g`ri 3.1 jinsli 4. 2 jinsli 5.barg qo`ltig`ida yakka-yakka joylashgan
6 to`pgulda joylashgan 7. to`pguli shingil 8. to`pguli kallakcha
A 1,3,5,6,7,8 B 2,3,4,5
C 1,3,4,6,7,8 D 1,4,5,6,7,8

21. O`zbekistonda g`o`za turkumiga mansub nechta o`simlik o`sadi


A 1 ta B 2 ta C 3ta D 6ta

22. O`zbekistonda tokning qancha navi o`stiriladi


A 600 B 500 C 200 D B,C

23. G`o`zaning qaysi turini ko`saklari mayda, tolasi mallarang, qisqa va dag`al


A oddiy g`o`za B misr g`o`zasi
C A,D D jaydari g`o`za

24. Ituzumdoshlarning mevasi –


A ko`sakcha yoki yig`ma meva
B qo`zoq yoki qo`zoqcha
C rezavor yoki ko`sakcha
D dukkak

25. Burchoqdoshlar oilasida gultoji kapalak shaklida bo`lib, ustidagi 1 ta yirikrog`i nima deb ataladi


A yelkan, bayroqcha B yelkan, qanotcha
C qanotcha, eshkak D qayiqcha

26. Qaysi o’simlikning mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva.


A bo`ritaroq B kanop
C gulxayri D t.j.yo`q

27. Partenotsissusning vatani qayer


A Janubiy Afrika B Shimoliy Afrika
C Janubiy Amerika D Shimoliy Amerika

28. Burchoqdoshlarning mevasi –


A qo`zoq B yong`oq
C dukkak D t.j.yo`q

29. Qora ituzum qachon gullaydi


A avgustni oxirida
B iyuldan tupini sovuq urib ketguncha
C apreldan sentabrgacha
D iyundan tupini sovuq urib ketguncha

30. Tugmachagul xalq tabobatida nimaga ishlatiladi? A yo`talga qarshi


B ichni yumshatuvchi dori
C qon bosimini tushirishda
D oshqozon ichak kasalliklarida
31. Yozgi oshxona va choyxonalar va dala shiyponlari yonida yovvoyi uzum nomi bilan o`sadigan o`simlik –
A partenotsissus B terakbargli liftok
C chillaki D A,B

32. Bo`yi 25-50 sm keladigan ko`p yillik o`tni toping


A o`tloq sebargasi B qora ituzum
C tugmachagul D A,B
33. Baqlajon qaysi turkumga kiradi
A baqlajon B kartoshka
C ituzum D tamaki

34. Kanop qaysi turkumga kiradi


A gulxayridoshlar B dag`al kanop
C bo`ritaroq D g`o`za

35. Tokdoshlarning qancha turi O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan


A 1 ta B 2 ta C 8 ta D 60 ta

36. Qaysi o’simlikga «uning boshi olovda, oyog‘i esa suvda» deyishadi.


A yeryong’oq B o’tloq sebargasi
C yantoq D t.j.y

37. Dorivor gulxayri qaysi turkumga kiradi


A bo`ritaroq B kanop
C gulxayri D t.j.yo`q

38. Burchoqdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxtlarni aniqlang


A tuxumak, gledichiya
B oq akatsiya, safora
C tuxumak, akatsiya
D barchasi
39. Ituzumdoshlardan nechta tur O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan
A 1 ta B 8 ta C 60 ta D 50 ta

40. Gulxayridoshlar oilasiga mansub tolali


o`simlikni belgilang
A g`o`za B tugmachagul
C kanop D A,C



Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling