O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish
YO'SIN, QIRQBO'G'IM, QIRQQULOQ
Download 156.9 Kb.
|
6-7-sinf test kitobcha
YO'SIN, QIRQBO'G'IM, QIRQQULOQ
OCHIQ URUG'LI O'SIMLIKLAR-ARCHA, QARAG'AY 1. Yo`sinlarning yer yuzida qancha turi bor A 200 B 13000 C 2500 D 20000 2. Dala qirqbo`g`imining sershox qirqbo`g`imdan farqini belgilang A yozgi poyasining yo`qligi, sporafillarning shoxli poyalar uchida joylashganligi B yozgi poyasining yo`qligi, sporalarining har xil bo`lishi C bahorgi poyasining yo`qligi, spora beruvchi boshoqlari shoxli novalar uchida hosil bo`lishi D bahorgi poyasining borligi, spora beruvchi boshoqlari poya va shoxlari uchida hosil bo`lishi 3. Qirqquloqlar qanday hayotiy shaklga ega bo`lishi mumkin 1. daraxt 2. yarim buta 3. ko`p yillik o`t A 1,3 B 2,3 C 2 D 3 4. Oddiy qarag’ay qubbalari necha oyda yetiladi? A) 12; B) 24; C) 36; D) B va C 5. Yo`sinlarda a- bo`lmaydigan b- bo`ladigan a’zolarni aniqlang A a-ildiz, poya; b- barg B a- ildiz, barg; b-otkazuvchi sistema; C a-poya, barg, rizoid; b-ildiz, o`tkazuvchi sistema D a- ildiz, o`tkazuvchi sistema; b- poya, barg, rizoid 6. Yer yuzida ochiq urug`lilarning qancha turi bor A 700 B 660 C 18 turkum 40 tur D A,B 7. Ochiq urug`lilar qanday ko`payadi A vegetativ B urug`idan C jinsiy va jinssiz D ildizpoyasidan 8. Yo`sinlarda qaysi bo`g`in ustunlik qiladi A jinsiy B jinssiz C vegetativ D A,B 9. Zarafshon archasida urug‘langan tuxum hujayradan … , urug‘kurtakdan … rivojlanadi. A murtak, endosperm B murtak, urug’ po’sti C murtak, urug’ D t.j.y 10. Yo’sinlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini botanikaning qaysi bo’limi o‘rganadi A paleobotanika B algologiya C briologiya D lixenologiya 11. Archaga xos xususiyatlarni aniqlang 1. 3500-4500 m gacha balandlikda o`sa oladi 2. 2500- 3000 m gacha balandlikda o`sa oladi 3.yer bag`irlab o`sishi ham mumkin 4. bargi o`rtacha 5. bargi mayda 6. bargi tangachasimon yoki ignasimon 7. barglari 2 tadan o`rnashgan 8.urug`idan tez unadi 9. urug`idan sekin unadi 10. 2 uyli 11. 1 uyli 12. 20 m gacha yetadi 13. o`zbekistonda 10 ta turi bor 14.changchili qubbalari 0,5-1 sm keladi 15. changchili qubbalari 0,5-1 mm keladi A 2,3,5,6,7,8,10,14 B 1,3,4,6,7,9,11,12,15 C 1,3,5,6,9,10,12 D 1,3,5,6,9,10,14 12. Qarag`aytoifa bo`limi qanday hayotiy shakllardan iborat A daraxt, buta, yarim buta B daraxt, buta, ko`p yillik o`t C daraxt, buta D daraxt, buta, yarim buta, ko`p yillik o`t 13. Yopiq urug’li o’simliklarni fanga ma’lumi qancha? A) 250 000; B) 2500; C) 25 000; D) 500 000; 14. Qirqbo’g’imning erkak o’simtasi qaysi belgilari bilan urg’ochi o’simtasidan farqlanadi? A urg’ochi o’simtasi kolba shaklida bo’ladi B yirik, chetki qirrasi o’tkir C erkak o’simtasi kichkina, chetlari bo’lingan D A va C 15. Jinssiz bo`g`in nimadan boshlanadi va nimadan iborat A spora; sporangiyband, sporangiy, spora B zigota, sporangiyband, sporangiy, spora C ko`p hujayrali yashil ipdan, sporangiyband, sporangiy, spora D t.j.yo`q 16. Archaning tuxum hujayrasi nimaning ichida bo`ladi A urug`chili qubba B arxegoniy C urug`kurtak D changchili qubba 17. O`zbekistonda qirqbo`g`imlarning qancha turi uchraydi A 10 000 B 10 turkum 15 turi C 30 turi D 1 turkum 2 ta turi 18. Urug‘kurtakka tushgan chang donasining … o‘sib chang nayini hosil qiladi. A vegetativ hujayra B generativ hujayra C tuxum hujayra D spora 19. Urug‘kurtakli qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo‘ladi. Qubbaning o‘rtasidan o‘tgan o‘qqa 15 ta urug‘chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarning ustida nechta urug‘kurtak joylashadi. A 15 B 2 C 30 D 4 20. Qirqbo`g`imga xos xususiyatlarni aniqlang 1. ildizpoyali 1 yillik o`t 2. ildizpoyali ko`p yillik o`t 3.daryo, kanal, ariq bo`ylaridagi sernam yerlarda uchraydi 4.zovur yoqasida, buloqlar atrofida marzalarda o`sadi 5. poyasi serqirra bo`g`imlarga bo`lingan 6. bo`g`im oralig`i g`ovak 7. shoxlari faqat poya bo`g`imlaridan chiqadi 8. Barglari halqa hosil qilib joylashadi 9.barglari ketma-ket joylashgan 10. barglari yo`qolib ketgan 11. poyasi uchida spora beruvchi boshoq hosil bo`ladi 12. shoxlari uchida spora beruvchi boshoq hosil bo`ladi 13. sporafill hosil qiladi 14. sorus hosil qiladi 15. sporafill poyaning o`zgarishidan hosil bo`ladi 16. sorus poyaning o`zgarishidan hosil bo`ladi 17. sporafill bargning o`zgarishidan hosil bo`ladi 18. sorus bargning o`zgarishidan hosil bo`ladi 19. 1 ta sporafilli bo`ladi 20. sporafillari halqa hosil qilib joylashadi 21. soruslari halqa hosil qilib joylashadi A 1,3,5,6,10,11,14,18,21 B 2,4,5,6,7,8,12,13,15,19 C 2,3,4,5,7,8,11,12,13,17,20 D 2,4,5,6,7,9,11,12,13,17,19 21. Zuhrasochga xos xususiyatlarni aniqlang 1. bargi 2-3 karra patsimon 2. bargi keng nashtarsimon 3.ko`p yillik ildizpoyali 4. ildizsiz o`simlik 5.barglari qisqa bandli 6. barglari bandsiz 7.barglari 3 ta dan joylashgan 8. barglari 2 tadan joylashgan 9.sporali mevasi 4-8 ta 10. ildizpoyasi suv ichida mayda bo`laklarga bo`lingan 11. sporalari avgust-sentabr oyida hosil bo`ladi A 1,3,6,8,9 B 2,3,5,9,11 C 1,2,3,5 D 4,7,9,11 22. Qirqbo`g`imning sporangiylari qayerda hosil bo`ladi A 6-8 ta, sporofillning yuqori qismida B 8-10 ta sporofillning yuqori qismida C 8-10 ta sporofillning yonida D 6-8 ta, sporafillning ostki tomonida 23. Ochiq urug’lilarga xos bo’lmagan belgi va xossalarni aniqlang: a)daraxt va butalardan tashkil topgan; b)ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan; c)urug’lari meva ichida yetiladi; d)urug’lari qubbalarda yetiladi; e)urug’lardan ko’payadi; f)sporalar yordamida ko’payadi. A a, d, e B b, c, f C c, f D a, b,d,e 24. Qirqbo`g`imning rivojlanish ketma-ketligini aniqlang 1. sporafit 2. spora 3. zigota 4. erkak va urg`ochi o`simta 5. murtak A 3,4,1,5 B 2,4,5,1 C 3,4,5,1,2 D 2,4,3, 5,1 25. Funariyaning a- arxegoniy, b- anteridiysi, qirqbo`g`imning c-erkak va d-urg`ochi o`simtasiga xos belgilarni aniqlang 1. ko`p hujayrali 2. ko`p xivchinli spermatozoid hosil bo`ladi 3. 2 xivchinli spermatozoid hosil bo`ladi 4.kichkina chetlari bo`lingan 5. kolba shaklida 6. 1 ta tuxum hujayra yetiladi 7. ko`p tuxum hujayra yetiladi 8. 1 ta spermatozoid yetiladi 9. ko`p spermatozoid yetiladi A a-1,5,7; b-1,3,8; c-1,5,6; d-1,3,4,9 B a-1,2,8; b-1,5,6; c-1,3,4,9; d-1,6 C a-1,5,6; b-1,3,9; c-1,6; d-1,2,4,9 D a-1,5,6; b-1,3,9; c-1,2,4,9; d-1,6 26. Virgin archasining vatanini aniqlang A Shimoliy Afrika B Janubiy Afrika C Sharqiy Afrika D Shimoliy Amerika 27. Qirqbo’g’imning bahorgi poyasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ildizpoyasidagi kurtaklardan hosil bo’ladi 2)qulay sharoitga tushgan zigotadan hosil bo’ladi 3)shoxlangan 4)shoxlanmagan 5)qo’ng’ir rangli 6)yashil rangli 7)har bir shoxlangan poyasi uchida ko’plab spora beruvchi boshoqlar yetishadi 8)poyasi uchida 1ta spora beruvchi boshoq yetishadi A 1,3,5,7 B 2,4,6,8 C 1,4,5,8 D 1,4,5,7 28. Qirqbo`g`im tabobatda nima maqsadda foydalaniladi A ichni yumshatuvchi B qon ketishni to`xtatadi C siydik haydovchi dori D oshqozon-ichak kasalliklarida 29. Oddiy qarag’ayning urug’chili(1) va changchili(2) qubbalari tanasining qaysi qismlarida hosil bo’ladi? a) novdalarining uchki qismida b) novdalarining pastki qismida c) barglari asosida d) barglari ostida A 1-a; 2-b; B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-d; D 1-d; 2-a; 30. Suv qirqqulog’ida soruslar qayerda joylashgan. A ingichka, kalta poyasida B suv yuzasidagi bargi ostida C suv ostidagi bargi asosida D t.j.y. Download 156.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling