O’simliklar dunyosini muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 55-modda


Download 1.47 Mb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1096674
1   2   3
Bog'liq
O\'simliklar dunyosini muhofaza qilish slayd

Milliy bog’lar

  • Milliy bog’lar — tabiiy landshaftlarning (noyob o’simliklar va hayvonot turlari, o’ziga xos o’simliklar hamjamoalari) muhofaza qilinadigan maydon. Milliy bog’lar qo’riqxonalardan farq qilib, ulardan aholi dam olish, sog’lomlashtirish va estetik zavq olish maqsadlarida foydalanadi. Tabiat yodgorliklari — milliy, madaniy va tarixiy jihatdan tabiatning ayrim qismlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Ularga ayrirn asrdosh, kamyob daraxtlar, g’orliklar, buloqlar, sharsharalar, tarixiy obidalar va boshqalar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda insoniyat oldida biologik xilma-xillikni saqlashdek muhim ekologik muammolar vujudga keldi. Biologik xilma-xillikni saqlab qolishda maktab o’quvchilari faol ishtirok etishlari lozim. Tevarak-atrofimizda qanchalik yashil o’simliklar qoplami ko’p bo’lsa, sayyoramizdagi hayot shunchalik go’zal, barqaror va abadiy bo’ladi.

22 may – Xalqaro bioxilma-xillik kuni

  • Sayyoramizda 22 may – Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida nishonlanadi. Bu jarayonda o‘simliklarni asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, “yashil olam” hayotimiz uchun g‘oyat zarur mahsulotlar manbaidir.
  • O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi ma’lumotlariga qaraganda, yurtimizda 4,5 mingga yaqin o‘simlik turi mavjud. Ularning to‘qqiz foizi boshqa joyda uchramaydi. Bu yurtimiz tabiatining noyob flora turlariga boyligidan dalolatdir. O‘simliklarning ko‘p turlari yovvoyi holda o‘sadi, ular orasida dorivor giyohlar ham talaygina. Mazkur tabiiy shifo vositalaridan inson salomatligini asrash maqsadida dorivor va ozuqabop o‘simliklarni yig‘ib-yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tabiatdan bunday nomaqbul foydalanishning oldini olish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgani, 1992 yilda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda tabiatning barcha boyliklari, jumladan, o‘simliklardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatning tartibga solingani bu borada muhim huquqiy asos bo‘layotir.

  • Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tabiatdan bunday nomaqbul foydalanishning oldini olish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgani, 1992 yilda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda tabiatning barcha boyliklari, jumladan, o‘simliklardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatning tartibga solingani bu borada muhim huquqiy asos bo‘layotir.
  • Yurtimizda 1993 yildan boshlab dorivor va ozuqabop o‘simlik xomashyosini tayyorlashning yillik miqdori belgilandi. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va ozuqabop o‘simliklarni to‘plash, saqlash, hisobini yuritish, tayyorlash va sotish faoliyati nazoratga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 28 oktabrda qabul qilingan “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori bu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling