O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi
Ishlab chiqarishda titrash va uning ko’rinishlari
Download 0.63 Mb.
|
5 mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titrashning organizmga ta’siri.
Ishlab chiqarishda titrash va uning ko’rinishlari. Mashinalarning yoki uning detallarini mexanik tebranishlari titrash deb yuritiladi. Davlat standartiga ko’ra titrash odamga uzatishish (ta’sir etish) usuli, tasir yo’nalishi va yuzaga kelish manbai bo’yicha klassifikasiyalanadi.
-Odamga uzatish (ta’sir etish) usuli bo’yicha titrash, umumiy titrash (odam tanasiga tayanch yuza orqali uzatiladi) va lokal titrashlarga (odam qo’li orqali uzatiladi) bo’linadi. SHovqindan himoyalovchi quloqchin: 1-plastmassali korpus; 2-shisha vata; 3-jipslashtiruvchi prokladka; 4-chexol. -Tebranish yo’nalishi bo’yicha titrash ortogonal koordinatalar sistemasining o’qlari bo’ylab ta’sir etuvchi titrashlarga bo’linadi. -YUzaga kelish manbai bo’yicha titrash umumiy titrash, transport titrash, texnologik va transport-texnologik titrashlarga bo’linadi. Titrash chastota, amplituda va tezlik bilan xaraktyerlanadi. Titrashning barcha diapazon chastotalari oktav polosalariga bo’lingan ya’ni: 1; 2; 4; 8; 16; 32; 63; 125; 250; 1000; 2000 Gs. Bunday tashqari titrashni xaraktyerlashda titrash parametrlari darajasi ham qo’llaniladi. Titrashning asosiy xarakteristikasi tebranish tezligi darajasining spektrlari hisoblanadi. Tebranish tezligi darajasi L (dB), L = 10lgvd2/v02 = 20lgvd / v0 , tenglamasi orqali aniqlanadi. Bu yerda vd - o’lchash no’qtasidagi tebranuvchi tezlik; v0–tebranuvchi tezlikning bo’sag’asi (kuchsiz) qiymati, v0 =5 10-8 m/s. Titrashning organizmga ta’siri. Titrash spektrida past chastotali titrash mavjud bo’lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi. Titrash ta’sirida ishchilarning ish unumdorligi pasayadi, jarohatlanish soni o’sadi. Ayrim titrash ko’rinishlari asab va yurak sistemalariga yomon ta’sir etadi. Ayniqsa insonni ayrim ichki organlari tebranishi chastotasiga mos tushadigan titrashlar juda zararli hisoblanadi. Lokal titrashlar asab muskullari, tayanch harakatlantiruvchi organlarini jarohatlaydi va titrash kasalligiga olib keladi. Titrashning ta’sirida inson yurak faoliyatida charchash, og’riqlar paydo bo’lishi tormozlanish kuzatiladi. SHu bilan bir vaqtda titrash qon aylanishiga, eshitish va ko’rish organlariga salbiy ta’sir etadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling