O’simliklar hayotida fosforning ahamiyati. O’simliklarning hayotida oltingugurtning ahamiyati


Download 47 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1469522
  1   2
Bog'liq
1425985015 60273


O’simliklarda asosiy makroelementlarning fiziologik o’rni

Reja:




  1. O’simliklar hayotida fosforning ahamiyati.

  2. O’simliklarning hayotida oltingugurtning ahamiyati.

  3. O’simliklar hayotida kaliy va kalsiyning ahamiyati.

  4. O’simliklar hayotida magniy va temirning ahamiyati.

  5. O’simliklar tanasida natriy, xlor, kremniy miqdori va ularning roli.

Tayanch so’zlar:
Fosfor, appatitlar, eriydigan tuzlar, anion, makroergik bog’lar, oltingugurt, aminokislotalar, disulfid, sulfgidril, kaliy, kation, protoplazma, hujayra shirasi, reutilizasiya, kalsiy, kalsiyfill, kalsiyfob, neytral tuzlar, qovushqoqlik, fermentlar, natriy, galofitlar, xlor, nordon tuzlar, kremniy, g’allasimonlar, magniy, xlorofill, temir, xlorofillaza.
Fosfor. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati nihoyatda katta, lekin tuproqda uning o’zlashtiriladigan shakllari juda kam. Tuproqda fosfor asosan tirik organizmlarda, o’simliklarning nobud bo’lgan organlarida, chirindilar tarkibida, tuproqning mineral tarkibida va tuproq eritmasida bo’ladi, fosforning o’simliklar o’zlashtirilishi qulay bo’lgan birikmalari oz. Ular minerallanish natijasida vujudga keladi.
O’rta Osiyo tuproqlarida o’zlashtiriladigan fosforning miqdori 0,08% dan 0,3 % gacha bo’ladi. Bu o’simliklar uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ular qo’shimcha fosfor bilan ta’minlanishi zarur.
Fosforning tabiatdagi asosiy manbasi tog’ jinslari tarkibidagi apatitlar [Ca5(PO4)3F] va boshqalardir. Bu apatitlar superfosfat zavodlarida qayta ishlash natijasida o’zlashtiriladigan fosfor o’g’itlariga aylantiriladi. O’simliklarga zararli ta’sir etuvchi ftor ajratib olinadi. Fosforning suvda eriydigan va o’simliklar o’zlashtirishi uchun eng qulay bo’lgan manbasidir Ca(H2PO4)2dir. o’simliklar ildizlari Ca3(PO4)2 tuzini ham qisman o’zlashtiradi. Bu tuzlar tuproqda uchraydi.
O’simliklar fosforni tuproqdan asosan PO4- anioni holida qabul qiladi. Ular ayrim organik fosfor (shakarlar, fitin va boshqalar) birikmalarni ham o’zlashtirishi mumkin. Natijada fosforning doiraviy almashuvi hosil bo’ladi.
O’simliklar tanasida fosfor organik birikmalar, fosfor kislotasi va tuzlari holida uchraydi. Fosfor o’simliklar tanasidagi oqsillar (fosfoproteinlar), nuklein kislotalari, fosfolipidlar, shakarlarning fosfor efirlari, nukleotidlar, makroergik bog’larga ega bo’lgan (ATF, NAD+) birikmalar, vitaminlar va boshqalar tarkibiga kiradi.
Fosfor ayniqsa hujayraning energetik asosini tashkil etishda juda katta ahamiyatga ega. Eng erkin kimyoviy energiya fosfor birikmalaridagi makroergik (C-O~P) bog’lar holda tirik hujayralarda to’planadi. Ayniqsa, ATF molekulalari tarkibidagi energiya o’simlik hujayralarida energiya almashinuvining asosini tashkil etadi. Nukleotidlar bir yoki ikki molekula fosfat kislota biriktirib olishi natijasida di –va trifosfat nukleotidlar hosil bo’ladi. Bular energiyaga boy birikmalar deb ataladi. Chunki gidroliz qilinganda ko’p kimyoviy energiya ajralib chiqadi.
Umuman, o’simliklardagi metabolitik jarayonlarning juda ko’p reaksiyalari fosforga bog’liq. Uning o’rnini boshqa bironta element almashtirolmaydi.
O’simliklarga fosfor yetmaganda to’qimalardagi parchalanish jarayonlari kuchayadi. Sintez jarayonlari aksincha sekinlashadi yoki to’xtaydi. Asosiy belgilar o’simliklarning tashqi ko’rinishida ham sodir bo’ladi, ya’ni o’sish va rivojlanish sekinlashadi.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling