O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1411712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish

Harorat. O’simliklarning o’sishiga eng faol ta’sir etadigan omillardan biri haroratdir. Ko’pchilik o’simliklarning o’sish tezligi harorat 0 dan 350 gacha o’zgarganda Vant-Goff qonuniga boysunadi. Lekin harorat 35-400 S dan oshgandan keyin o’sish tezligi ham pasayadi. Umuman o’sishga nisbatan ham haroratning uchta kordinal nuqtasi bor: 1) minimal, 2) optimal, 3) maksimal. Bu nuqtalar darajasi o’simliklarning turlariga bog’liq.
Quyidagi jadvalda ayrim o’simliklarning unib chiqishi uchun harorat darajalari keltirilgan ( 0 S).



O’simliklarning nomi

Minimal

Optimal

Maksimal

Arpa, suli, bug’doy

0-5

25-31

31-37

Kungaboqar

5-10

31-37

37-44

Makkajo’xori

5-10

37-44

44-50

Oshqovoq

10-15

37-44

44-50

Qovun, bodring

15-18

31-37

45-50

G’o’za

10-12

25-35

40-46

Haroratning minimal va maksimal nuqtalarida o’sish eng past darajada bo’ladi yoki to’xtaydi. Lekin nobud bo’lmaydi. O’sishning to’xtab qolishi uzoqqa cho’zilganda o’simlik kasallikka chalinishi yoki asta-sekin nobud bo’lishi mumkin. Optimal harorat darajasi o’sishning eng faol bo’lishini ta’minlaydi.


O’simliklar haroratga bo’lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo’linadi: 1) issiqsevar o’simliklar-minimal harorat darajasi 100C dan yuqori, optimal 30-400 C atrofida, 2) sovuqqa chidamli o’simliklar –minimal harorat 0 dan 5 0 C va optimal-25-310 C.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling