O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1411712
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish


O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish
Reja:



  1. O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Hujayralarning o’sish fazalari: embrional, cho’zilish, differensiallanish, qarish va o’lish.

  3. Hujayralarning o’sish jarayonida sodir bo’ladigan o’zgarishlar.

  4. O’sish xillari va ularni o’lchash

  5. O’sishga tashqi sharoit omillarining ta’siri.

Tayanch so’zlar:
O’sish, rivojlanish, hayotiy sikl, yoshlik, voyaga yetish, ko’payish, qarish, o’lish, morfologik, fiziologik o’zgarishlar, urug’larning unishi, hujayra ontogenezi, embrional, cho’zilish, differensiallanish, o’sish xillari, o’lchash usullari, tezligi, harorat, yorug’lik, gazlarning miqdori, suv, mineral oziqlanish.
O’simliklar ontogenezini xarakterlovchi eng muhim jarayonlar o’sish va rivojlanishdir. Ular o’simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarninng natijasi hisoblanadi, bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog’liq bo’lib, faqat o’sish asosida rivojlanish va rivojlanish asosida o’sish xarakterlanadi. Natijada ikkalasi o’simlikning hayotiy siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o’sish va rivojlanish bir-biridan farq ham qiladi.
O’sish – bu o’simliklar boyi va eni tobora ortib, umumiy massaning oshishidir. Bunday o’sish orqasiga qaytmaydi. Chunki yangidan-yangi hujayralar, to’qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi organoidlar (xloroplastlar, mitoxondriyalar va boshqalar) to’xtovsiz shakllanib turadi.
Rivojlanish–o’simlikning hayotiy siklini (ontognezini) xarakterlovchi yoshlik, voyaga yetish ko’payish va o’lish arafalaridagi sifatiy morfologik va fiziologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.
Bu jarayonlarning o’zaro nisbati o’zgarib turishi mumkin. Masalan, ayrim o’simliklarda o’sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi, boshqalarida aksincha bo’lishi mumkin.
O’sish juda faol bo’lgan o’simliklar tanasi yirik bo’ladi. Bunday o’zgarishlar o’simlik turlariga, navlarning xususiyatlariga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog’liq.
O’sish va rivojlanish umumiy bir yaxlitlikni tashkil etib, o’simlik tanasida kechadigan fiziologik va bioximik jarayonlarga, o’simlikning ildiz orqali va havodan oziqlantirishga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman assimilyasiya va dissimilyasiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig’indisiga bog’liq bo’ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling