Respublikamizdagi elektr energetikasi tizimining umumiy tuzilishi. Elektr uzatish tarmoqlari va uskunalarining umumiy tasnifi
Download 82.92 Kb.
|
Content
1.1 Respublikamizdagi elektr energetikasi tizimining umumiy tuzilishi. Elektr uzatish tarmoqlari va uskunalarining umumiy tasnifi Elektr energetikasi - elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni o’z ichiga olgan energetika sanoatining bir tarmog’idir. Elektr energetikasi energetika sanoatining eng muhim tarmog’i bo’lib, u elektr energiyasining boshqa energiya turlariga nisbatan uzoq masofalarga uzatishning nisbatan qulayligi, isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishi va boshqa energiya turlariga (mexanik, issiqlik) aylanishi kabi afzalliklari bilan izohlanadi. Respublikamizda elektr va issiqlik energiyasini, ko’mirni ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek neft, gazni qazib olish, ularni qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va ulardan foydalanish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solinishini O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi amalga oshiradi. Energetika vazirligi oldiga bir qator, vazifalar qo’yilgan: - energetika sohasini muvofiqlashtirish; - mahsulot taqsimoti bo’yicha bitimlar tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish; - energiya manbalarini qazib olish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni jalb qilish; - DXShni (davlat-xususiy sherikligi) rivojlantirish; - raqobatbardosh biznes muhitini shakllantirish, energiya manbalarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va diversifikatsiya qilish maqsadida tarif siyosatini takomillashtirish; - energetika sohasida zamonaviy korporativ boshqaruvni, shu jumladan, Jahon bankining ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi taklifini hisobga olgan holda joriy etish. Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog’ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi PQ-4249-sonli “O’zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog’ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi qaroriga asosan “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini tubdan qayta qurish amalga oshirildi. “O’zbekenergo” AJ negizida uchta: “Issiqlik elektr stantsiyalari”, “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishini ta’minlaydi; “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turi O’zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo’shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish hisoblanadi; «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan (“Buxoro HETK” va “Farg’ona HETK” AJlar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, mazkur obektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi. Bundan tashqari 3 ta filial (“EEHOAM” filiali, “D va SHXR” filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali) tomonidan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat kо’rsatiladi. Jamiyatning 12 ta hududiy filiali hamda 2 ta hududiy korxonasi (“Buxoro HETK” va “Farg’ona HETK” AJlar) tarkibidagi 211 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 788 ta podstansiyadan uzatiladigan elektr energiyasi 95 789 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali О’zbekiston Respublikasining barcha maishiy va yuridik elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib beriladi. O’zbekiston Respublikasi energotizimida elektr energiyasi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi IES lar, GES lar orqali ishlab chiqarilib, “Milliy eketr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi markazlashgan magistral elektr tarmoqlariga uzatadi. “Milliy elektr tarmoqlari” AJ dan Hududiy elektr tarmoqlari AJ tasarrufidagi korxonalar tomonidan elektr energiyasi sotib olinadi. Elektr energiyasining iste`molchilariga elektr energiyasini yetkazib berishni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi tizim tashkilotlari amalga oshiradi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tassarufidagi elektr uskunlari hamda tarmoqlari 2023 yil 1 yanvar holatida quyidagicha: Jami 04-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari (270 266,2 km); shundan, 110 kV – 15 379,2 km; 35 kV – 13 492,3 km; 10 kV – 88 211,0 km; 6 kV – 14 079,2 km; 0,4 kV – 139 104,5 km. Jami transformator punktlari (95 789 dona) shundan, 10/0,4 kV gacha – 78 291 dona; 6/0,4-160 kV gacha – 17 498 dona. Jami podstansiyalar (1 788 ta), shundan, 110 kVli – 715 ta; 35 kVli – 1 073 ta mavjud. О‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasidan foydalanuvchilarning umumiy soni: yuridik iste’molchilar – 388,3 ming ta; maishiy iste’molchilar (aholi) – 7,8 mln. kishi Download 82.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling