4-sinfo‘quvchisi DTS talabi bo‘yicha 1 daqiqada nechta so‘z o‘qishi lozim?
50 - 55 so‘z
“ Non qayerdan keladi” she’ri kimning qalamiga mansub?
Shukur Sa’dulla
O‘qish faniga oid kompetensiya nechta?
2 ta
O‘qish darslarida o‘rgatiladigan o‘qish turlarini toping?
ifodali, shivirlab, ichda ongli o‘qish
Sinfdan tashqari o‘qish darslari 3-4 - sinflarda qancha vaqt oralig’ida o‘tkaziladi?
2 haftada bir marta
Ichida o‘qish deb nimaga aytiladi?
ichida o‘qish ham tovushga asoslangan lekin unda ovozsiz o‘qiladi
Shivirlab o‘qish deb nimaga aytiladi?
yarim ovoz bilan o‘qishga aytiladi
Ovozli o‘qish nima?
ovozli o‘qish ovozga asoslangan o‘qish bo‘lib, undan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi
Sinf kutubxonasi qachondan tashkil etiladi?
1-sinfdan
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qachondan boshlab kutubxonaga a’zo bo‘ladi?
1-sinfning ikkinchi yarmidan
STO‘(sinfdan tashqari o‘qish) darslari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda nechta talabga bo‘ysinadi?
7 ta
Adabiy janr turlariga nimalar kiradi?
ertak,hikoya,masal,she’r,doston,maqol,topishmoq.
“Shamol va quyosh ” masalida shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?
Chunki ko‘p narsaga zo‘ravonlik bilan emas, oliyjanoblik bilan erishiladi.
1-sinf o‘qish darsligidagi“Yaxshi niyat ” she’rining muallifi kim?
Anvar Obidjon
Do'stlaringiz bilan baham: |