O'simliklar (qisman hayvonlar) to'qimalarida tayyor holda boladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga EGA bolgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi


Download 13.92 Kb.
Sana25.06.2023
Hajmi13.92 Kb.
#1654914
Bog'liq
Xinolizidin


O'simliklar (qisman hayvonlar) to'qimalarida tayyor holda boladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bolgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha - “alkali” - ishqor va yunoncha “eydos” - o'xshash (sitnon) so'zlaridan iborat bolib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 1819-yilda Meysner sabadilla o'simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bolib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bolgan o'simliklar qadimdan ishlatib kelinsa-da, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o'rganish va tekshirish sohasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792-yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‘stlog‘i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni smola holida ajratib oldi. 1797-yilda Bome, 1804-yilda Derozn hamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni «opiy tuzi» deb atadi. Shunday bolsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachasi Sertyurner hisoblanadi. U 1806-yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811-yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi.
Alkaloidlar o'simliklar dunyosida keng tarqalgan. 1974-yil malumoti bo'yicha yer yuzida tarqalgan yuqori o'simliklarning 327 oilasidan 140 tasida (40% ini tashkil qiladi) alkaloidlar borligi aniqlangan. Tarkibida alkaloidlar bo'lgan turkumlar Yer sharida o'sadigan o'simliklar turkumlaming 8,7% ni (10615 turkumdan 926 tasini), turlar ichida esa taxminan 2% ini tashkil qiladi.
Tarkibida alkaloidlar bolgan o'simliklami sinflarga bo'lishda ular tarkibidagi alkaloidlarning uglerod-azotli skeletining tuzilishi asos qilib olingan. Shunga ko'ra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan alkaloidlar va ularni o'z tarkibida saqlovchi dorivor mahsulotlar quyidagi sinflarga bolinadi: 1. Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda bolgan alkaloidlar. Atsiklik alkaloidlarga sferofizin, azot yon zanjirda bolgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar kiradi. 2. Pirrolidin unumlari bolgan alkaloidlar.

Pirrolidinning oddiy unumlariga gigrin, kuskgigrin, karpain va boshqa alkaloidlar kiradi.


3. Pirrolizidin - geliotrindan (pirollidinning ikki molekulasini azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari bolgan alkaloidlar
4. Piridin va piperidin unumlari bolgan alkaloidlar.

5. Tropan (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi), unumlari bolgan alkaloidlar


6. Xinolizidin (piperidinni ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari bo'lgan alkaloidlar.


Xinolizidin unumlariga paxikarpin, sitizin, termopsin, nufaridin va boshqa lupinan alkaloidlari kiradi.
7. Xinolin unumlari bolgan alkaloidlar:

8. Akridin unumlari bolgan alkaloidlar:




9. Izoxinolin unumlari bolgan alkaloidlar
Download 13.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling