O`simliklar sistematikasi


Yuqori sporali o`simliklarga


Download 64.5 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1774055
1   2
Bog'liq
O`simliklar sistematikasi. Tuban o`simliklarga xarakteristika

Yuqori sporali o`simliklarga:
Moxlar- Bryophyta, qirqquloqsimonlar- Pteridophyta ki-radi.
b) URUFLILARGA
1.Ochiq urug`li o`simliklar - gymnospermae yoki Pinophyta
2.Yopiq urug`li o`simliklar - Angiospermea Mognoliophyta
Tuban sporali o`simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, oddiy tuzilgan.Bularning tanasi organlarga bo`linmaydi.
Yuqori sporali o`simliklarning jinsiy organlari, ko`p xujayrali, murakkab tuzilgan. Bularning tanasi organlarga bo`linadi.
Yopiq urug`li o`simliklarning urug`i meva ichida bo`ladi.
Ochiq urug`li o`simliklarning mevasi bo`lmaydi.
Engler sistemasi bo`yicha o`simliklar quyidagi tipga bo`linadi.
1.Bakteriya- Bacteria
2.Ko`k yashil suv o`tlari-Cyanophyceae
3.Yashil suv o`tlari-Chloropyceae
4.Sariq- Diatomea
5.Qo`ng`ir- Phacophyceae
6.Qizil- Rhodophyceae
7.Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar-Myxophyta
8.Zamburug`lar-fungi
9.Lishayniklar- Lichenes
10.Moxlar- Bryophyta
11.Qirqquloqsimonlar- Pteridophyta
12.Ochiq urug`lilar-gymnospermae
13.Yopiq urug`lilar-Angiospermae


Siklik gullar (sabzida). 2. Asiklik gullar (magnoliya). 3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda).

Siklik gulda gul a`zolari doira bo`lib joylashadi. Bu xolat o`rik, g`o`za, pomidor, zig`ir, limon, ko`pchilik yopiq urug`li o`simliklar vakillarida ko`rishimiz mumkin. Gulda, gul a`zolari spiral holda joylashsa, bunday gullar asiklik gullar deyiladi. Misol uchun: magnoliya o`simligida. Gemosiklik gullar yarim doiraviy gullar, ularning bir qismi spiral, ikkinchi qismi esa doira shaklida joylashadi. Masalan uchma o`t, ayiqtovon o`simliklarida shunday gullar mavjud. Gul o`rami bir yoki qo`sh o`ramli bo`ladi. Gul o`ramini hosil qilgan bir xil rangli barglar necha qator bo`lib joylashishidan qat`iy nazar bir o`ramli gul deyiladi. Masalan; lavlagi (Beta vulgaris), otquloq (Rumux), izen` (Kochia prostrata) va boshqalarni keltirish mumkin. Gul kosa barglari gulni g`uncha vaqtida tashqi tomonini o`rab turadi gultoji barglari tiniq rangli bo`lib, xashorotlarni o`ziga jalb qiladi. Gulkosa va gultoji barglari o`zaro birikkan yoki birikmagan bo`lishi mumkin. Karamning gulida gul barglari erkin. Pechakni gulida gulkosa va gultoji barglar birikib o`sib qo`ng`iroqsimon gultoji barglarni hosil qilgan. Gul qismlari gul o`rnida joylashishiga ko`ra, gullar aktinamorf (to`g`ri ), zigamorf (noto`g`ri) assimetrik gullarga bo`linadi. Aktinomorf gulda uning yuzasidan bir nechta simmetriya o`tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simetriya o`tkazish mumkin. Assimetrik gullar yuzasidan birorta simmetriya o`tkazish mumkin emas.


O`zida gul o`rami, changchi va urug`chisi bo`lgan gullar to`liq gullar deyiladi, faqat changchisi yoki urug`chisi bo`lgan gullar yalong`och gullar deyiladi. Guldagi changchilarning to`plami androsey deb ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o`sadi. Gulning o`rtasida mevabargchalar o`rnashgan bo`lib ular, megasporabargchalar hisoblanadiyoki urug`chi deyiladi. Urug`chilar-ning to`plamiga genesey deb ataladi. Geneseyda urug`chilarning tumshug`i, ustunchasi va tugunchasi mavjud. Tumshuqchasi chang hujayrasini qabul qilib oladi va changlanish jarayoni o`tadi.
Ko`pchilik o`simliklarda gullari to`p-to`p bo`ladi va ular to`pgullar deyiladi. To`pgullar shoxlanishiga ko`ra, monopodial va sipodial to`pgullarga bo`linadi.
Monopodial to`pgullarda gullar to`pgulning birinchi tartibida joylashgan bo`lsa, oddiy monapodial to`pgul, aksincha gullar 2 - 3 tartibli shoxlarda joylashgan bo`lsa murakkab to`pgul deyiladi. Monopodial to`pgulda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarning soni aniq bo`lmaydi. Gullar, to`pgulning asosidan uchiga qarab doimiy ravishda ochilib boradi. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullarning o`sishi cheklangan bo`lib, har bir oilaga kiruvchi o`simlik turlaridan farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli to`pgulning uchidan asosiga qarab ochilib boradi. Oddiy monopodial to`pgullarga boshoq, zubtrumda, kuchalayong`oqda, so`ta makkajo`xorida, shingil karamdoshlarda, qalqoncha nokda, boshcha sebargada, soyabon ziradoshlarda, savatcha kungaboqarda.
Murakkab monopodial to`pgullar murakkab boshoq bug`doy, arpa, murakkab soyabon sabzi, shivitda, murakkab shingil yoki ro`vak sholida, qo`ng`irboshda. Meva.
Urug`langandan keyin o`sgan va ichida urug`i bo`lgan tugunchaga meva deyiladi, har-xil o`simliklarning mevasi yirik maydaligi tashqi ko`rinishi, rangi va hakozolarga qarab bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ular bir qancha belgilariga, kelib chiqishi, meva qatining tuzilishi va miqdoriga qarab klassifikasiya qilinadi. Kelib chiqishiga qarab mevalar, haqqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to`p mevalarga bo`linadi. Haqiqiy mevalar faqat, urug`chi tugunchasining o`sishidan, soxta mevalar urug`chi tugunchaning o`zidan emas, balki juda o`sib ketgan gulqo`rg`on va gulkosa ishtirokida xosil bo`ladi. Olcha, o`rik mevalari haqiqiy meva, qulupnay, na`matak, olma mevalari soxta meva hisoblanadi. Agar gulda 1ta urug`chi bo`lib uning tugunchasidan meva hosil bo`lsa, oddiy meva deyiladi (o`rik, olcha, gilosda). Murakkab soxta meva bitta gulning bir necha urug`chisi ishtirokida hosil bo`ladi (malina, maymunjon). To`p meva gullari juda zich joylashgan, keyinchalik mevalar ham qo`shilib o`sgan to`p gullardan hosil bo`ladi. Mevalar qatining tuzilishiga qarab quruq va ho`l mevalarga bo`linadi. Quruq mevalarning meva qati quruq qalin va yog`ochsimon bo`ladi, ba`zan esa po`choqqa o`xshaydi. Ho`l mevalarning meva qati seret sersuv ko`pincha ochiq rangli bo`ladi. Quruq va ho`l mevalarning urug`i har xil miqdorda bo`ladi urug` bir donadan bir necha yuz donagacha bo`lishi mumkin. Shuning uchun mevalarning urug`ini soniga qarab; bir urug`li va ko`p urug`li quruq meva; bir urug`li va ko`p urug`li ho`l mevaga bo`lish mumkin. Bir urug`li quruq mevaga pistacha, don, yong`oq, xakalak, qanotli mevalar kiradi, ko`p urug`li quruq mevalar ko`sak, qo`zoq, qo`zoqcha dukkak va boshqalar. Bir urug`li ho`l mevalar olcha, o`rik, shaftoli. Ko`p urug`li ho`l mevalar umimiy nom bilan rezovor mevalar deb ataladi. Bu mevalarda seret meva qati bo`ladi. Uzum pomidor, qoraqat, qovun, tarvuz, bodring, olma, nok, behi va boshqalar kiradi Partenokarpiya - urug`siz mevalarning hosil bo`lishidir (uzum, anjir, mandarin, limon). Su`niy yo`l bilan urug`chi tumshiqchasi kuydirilsa partenokarp meva hosil bo`ladi.
Urug`. Gulli o`simliklarning hayotiy sikli davomida. urug`ning unib chiqishidan voyaga etgan o`simlikda yangi urug` paydo bo`lguncha barcha asosiy organlar shakllanadi. Urug`dan urug` hosil bo`lguncha o`tgan bu hayotiy sikl - davr ontogenez yoki o`simlik organizmining indivudial rivojlanish davri deb ataladi. Gulli o`simliklar ontogenezning davomiyligi bir birinikidan katta farq qilishiga qaramay, har bir induvudning hayoti urug`ning unib chiqishidan boshlanib, urug` hosil bo`lishi bilan tamomlanadi. Urug`ni unib chiqishi ya`ni murtagi rivojlanishi uchun albatta zahira oziq moddalar bo`lishi shart. Bu moddalarning vazifasi urug`ning rivojlanayotgan murtagini oziqlantirib turishdan iborat. chunki, bu vaqtda murtak hali tashqaridan oziqlana olmaydi, shuning uchun gulli o`simliklarning har bir urug`ida murtakdan tashqari alohida to`qimalarida endosperm yoki peresperimda zahira oziq moddalar to`planadi. Persperm urug` kurtakning nusellusidan hosil bo`ladi. Unda zahira moddalar ko`p peresperm ba`zi bir chinniguldoshlarda uchraydi. Ularning tarkibida odatda kraxmal ko`p, oqsil kam bo`ladi. Zahira oziq moddalar murtakning to`qimalarida va qisman urug` pallalarida hosil bo`ladi. Urug`ning zahira oziq moddalari uglevodlar, lipid, oqsildan iborat.
Adabiyotlar:

1. V.A.Burыgin. F.X.Jongurazov., J.K..Saidov., G.D.Mustaqimov Botanika va o`simliklar fizologiyasi. T, "O`qituvchi" 1972 yil.


2. L.I.Kursanov., N.A.Komaranitskiy, K.I.Meyyer, Razdorskiy, A.A Uranov Botanika I,II tom.T. «O`qituvchi» 1963-72y.
3. F.Kamilova., Jongurazov., Botanikadan amaliy mashg`ulotlar. T. "Mehnat", 1986 yil.
4. I.Xamdamov., I.Shukurullayev.,YE.Tarasova.,YU.Qurbonov., A.Umirzoqov. Botanika, asoslari. T., Mehnat 1990 yil.
5. V.G.Xrjanovskiy. Kurs obshey botaniki. Chast I,II.M."Vыsshaya shkola "1982 god.
6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. "O`qituvchi», 1995 yil.


7. www.ziyonet.uz
Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling