O’simliklardan moyli ekstraktlar olish usullariReja


Download 53.93 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi53.93 Kb.
#1573821
  1   2   3
Bog'liq
11amaliy ish


O’simliklardan moyli ekstraktlar olish usullariReja 
1. Moyli ekstraktlar. 
2. Ekstrakt konsentratlarni ishlab chiqarishdan kuzatiladigan maqsad. 
3. Ekstrakt konsentratlarni olishdagi texnologik bosqichlar 
4. Suyuq ekstrakt konsentratlarni olish usullari. 
5. Quruq ekstrakt konsentratlarni olish usullari. 
6. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlarni ishlatilishi. 
Moyli ekstraktlar deb, dorivor o‘simliklardan moylar yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Usimlik xom ashyosidai ta’sir etuvchn moddalarni ajratib olish uchun o‘simlik va mineral moylar (kungaboqar, paxta moyi, vazelin, er yong‘oq moyi va boshqalar) ishlatiladi. 
Sanoatda moyli ekstraktlar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyo 
va ajratuvchini tayyorlash; ajratma olish; yot moddalardan  tozalash; baholash va qadoqlash. 
Ularni tayyorlashda matseratsiya, reperkolyasiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Moyli ekstraktlar issiq xolda bosim ostida, qalin jun matolar orqali suziladi. Ular tashqi ko‘rinishi va ta’sir etuvchi modda miqdori bilan baxolanadi. 
Moyli ekstraktlar tashqi maqsadlar uchun ishlatiladi. Moyli ekstraktlarning soni uncha 
ko‘p bo‘lmasda, ularga mingdevona, bangidevona, qashqarbeda o‘ti va gnafalium moyli ekstraktlari, karotolin va boshqalar kiradi. 
Mingdevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt tarkibida 0,05% alkaloid bo‘lgan mingdevona 
bargidan, kunga-botqar moyidan 3 xil usulda olinishi mumkin. 
1. Matseratsiya usuli. Sirlangan (emal bilan qoplangan) cho‘yan idishda 100 kism yirik maydalangan mingdevona bargini 75 qism 95% li spirt va 3 qism ammiak bilan namlab, xona haroratida qoldiriladi (12 soat) Aralashma ikki qavat devorli maxsus qozonga o‘tkazilib, ustiga 1000 qism kungaboqar moyi va 50 qism quritilgan natriy sulfat solib, 50—60°S xaroratda spirt, ammiak va suv to‘liq bug‘languncha aralashtirib turiladi. Spirt, ammiak va suv to‘liq, bug‘langanda aralashma tiniq bo‘lib koladi va barg barmoq orasiga olib ezilganda, qirsirllaydi. So‘ng ajratma quyib olinadi, ikki kun tindirib, suziladi va moy bilan 1:10 nisbatigacha etkaziladi. 
2. Sankt-Peterburg «Oktyabr» kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish birlashmasida 
maydalangan mingdevona bargidan 1% li ammiak saqlagan 70% li spirt bilan perkolyatorlar batareyasida ajratma olinadi. Olingan ajratma suziladi va teng miqdordagi kungaboqar bilan aralashtiriladi, mo‘‘tadil bosimda spirt, suv aralashmasi vakuum ostida to‘la uchib ketguncha xaydaladi. Moyli konsentrat me’yorigacha moy bilan suyultiriladi, 3— 4 kun
tindiriladi, so‘ng yuqorigi tiniq qismi kuyib olinadi, pastki loyqa qismi esa Nutch-filtr orqali suziladi. 
3. 1959 yili M. T. Tarasova xom ashyoni xloroformli suv bilan perkolyasiya usulida ajratma olishni taklif qildi. Ajratma ion almashgich «Espatit-1» smolasi orqali o‘tkazilib,
tozalanadi. Bunda alkaloidlar «Espatit-1» da ushlanib qoladi. Ular tarkibida ammiak 
bug‘latilib, 50% li spirt bilan yuvib ajratib olinadi, bug‘latiladi va quritiladi. Qurigan tolqon 
isitilgan moyda eritiladi. Tayyor maxsulot tarkibida alkaloid miqdori, xom ashyodagidan 10 
marta kam bo‘lishi kerak. 
Tayyor maxsulot tiniq, yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangli, o‘ziga xos hidli, moysimon 
suyuqlik. Og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Salqin va qorong‘i joyda saqlanadi. 
Baigidevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mingdevona moyli ekstrakti o‘rniga ishlatilishi 
mumkin. Xom ashyoda alkaloidlar miqdori besh baravar ko‘p bo‘lganligi tufayli, ekstrakt 
tayyorlashda uni 5 marta kam olinadi. Olish usullari, baholash, ishlatilishi xuddi mingdevona 
moyli ekstrakti bilan bir xil. 
Qizilpoycha moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mineral yoki o‘simlik moylari yordamida 
matseratsiya usulida olinadi. Maydalangan xom ashyoga 10 baravar ko‘p miqdorda moy 
qo‘shib, suv hammomida 3 soat mobaynida qizdiriladi. So‘ng ekstrakt quyib olinadi va tindirib, 
suziladi. Uning tarkibida giperitsin va psevdogiperitsin flavonoidlari, efir moylari smolalar 
mavjud bo‘lib, ishlatilishi shu moddalarning xususiyatlariga bog‘liq. Bitishi qiyin bo‘lgan
yaralar (troficheskie yazvi) da surtma dori sifatida ishlatiladi. 
CHakanda moyi. Bu moy chakanda o‘simligining

pishgan mevasidan olinadi. YAngi 


yig‘ilgan yoki muzlatilgan chakanda mevasi maxsus mashinalarda urug‘iga shikast etkazmasdan 
maydalanadi. Xosil bo‘lgan sharbat surg‘ich yordamida surib olinadi. Maydalangan xom ashyo 
sentrifugalanadi. Ajralib chiqqan sharbat tindiriladi, suziladi, turg‘unlashtiriladi (pasteriza-
Dyyalanadi). SHarbati ajratilgan xom ashyo tarkibida ma’lum miqdorda suv bo‘ladi. Uni 
maxsus qurutgichlarda 5—7% qoldiq, namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan xom ashyo 0—9 
kg dan maxsus idishlarga solinib, 16 perkolyatordan tashkil topgan batareyada qarshi oqimda 
kungaboqar moyini olishda shu usulda ajratma olinadi. Olingan ajratma tindiriladi va suziladi. 
Maxsulotda karotinoidl a r miqdori 180 m g% dan, kislota miqdori esa 14,5% dan ortmasligi kerak. 
Agar ta’sir etuvchi moddasi ko‘p bo‘lsa, ta’sir qiluvchi moddasi kam bo‘lgan ekstrakt bilan 
suyultirilib, me’yoriga etkaziladi. Xozirgi vaqda chakanda mevasidan chiqindisiz foydalanish 
texnologiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, mevasining yumshoq qismi va urug‘idan metilenxlorid 
yordamida aloxida-alohida ajratma olinadi, so‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, koldiq moy 
baholanadi va kungaboqar moyi bilan suyultirilib me’yoriga etkaziladi. Qolgan xom ashyodan 
ajratuvchi qoldig‘i bug‘latiladi va qolgan quruq tolqonga 60% li s p i r t bilan ishlov berilib 
ajratma olinadi, undan spirt xaydaladi, qoldiq vakuum quritgich asbobida quritiladi. 
CHakanda moyi moysimon, qo‘ng‘ir qizil rangli, o‘ziga xos xidli suyuqlikdir. Preparat 
tarkibida — karotinoidlarga nisbatan xisoblanganda karotinoidlar yig‘indisi 1,8 g/l dan kam, 
kislota miqdori 14,5 dan yuqori bo‘lmasligi kerak. 
CHakanda moyi saraton kasalligini, kuygan joylarni davolashda hamda ginekologiya
amaliyotida ishlatiladi. Og‘zi yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin va qorong‘i joylarda 
saqlanadi. 
Na’matak moyi. Kam vitaminli na’matak turi — itburun urug‘idan metilenxlorid yoki 
dixloretan yordamida olinadi. So‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, ekstrakt suziladi va baxolanadi. Bu 
qo‘ng‘ir-yashil rangli, achchiq ta’mli, o‘ziga xos xidli moysimon suyuqlik. 
Maxsulot tarkibida alfa va beta—tokoferollar 0,4 g/l dan kam va kislota miqdori 5,5 dan 
ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tashqi maqsadlarda dermatoz, qiyii bitadigan yaralarni davolashla 
ishlatiladi. 
Karotolin urug‘idan tozalangan na’matak mevasining moyli ajratmasi. Bu qo‘ng‘ir 
rangli, o‘ziga xos xid va mazaga ega bo‘lgan suyuqlik. Kislota miqdori 3,5 dam ortiq 
bo‘lmasligi, beta karotinga xisoblanganda karotinoidlar 1,2 g/l bo‘lishi kerak. 
Dermatoz, qiyin bitadigan yaralarni davolash uchun ishlatiladi. 

Download 53.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling