O’simliklarni himоya qilish


O‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy usuli


Download 120 Kb.
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi120 Kb.
#1377664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1483899027 67309

5. O‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy usuli Kimyoviy usul qo‘llanganda zararli organizmlarni o‘ldiruvchi, yoki ularning hayot faoliyatini bo‘g‘ib qo‘yuvchi kimyoviy moddalar ishlatiladi. Demak, kimyoviy usulda zararli organizmlarga qarshi organik, anorganik zaharli moddalar qo‘llaniladi. Kimyoviy moddalarni barcha qishloq xo‘jalik ekinlarida, o‘rmon, yaylovlarda, issiqxona, omborxonalarda, elevator va boshqa inshootlarda barcha turdagi hasharotlar, zararli organizmlarga qarshi ishlatilish mumkin. Kimyoviy moddalar sanoatdan ancha arzon narxlarda chiqarilishi tufayli qo‘llashda xarajatlarni tez qoplaydi, 1985 yilda bir so‘mlik xarajat 3,8 so‘m bo‘lib qoplangani ma’lum, ayrim yillari xarajatlar qo‘shimcha mahsulot hisobiga 10-15 barobar qoplanishi mumkin (issiqxonalarda). Dunyo mikyosida hozirgi kunda 1000 dan ortiq kimyoviy birikmalardan o‘n minglab har xil preparatlar tayyorlanmokda. O‘simliklarni himoyalashda pestitsidlarni qo‘llash 1980 yillar o‘rtasigacha ko‘tarilib borgan bo‘lsa, 1986 yildan boshlab asta sekin kamayib bordi va 1989 yilda bu ko‘rsatkich 1981 yildagiga teng miqdorda tushib qolgan.
Statistik analiz ma’lumotlariga ko‘ra, 1995-2000 yillarda ichki va dunyo miqyosida o‘simlikshunoslik mahsulotlari narxlari tenglashib, o‘simliklarni himoya qilishdagi pestitsidlarni asta-sekin to‘xtatish va yillar oxirida yana o‘sishiga olib keladi. Gerbitsidlardan foydalanish 30%, insektitsid va fungitsidlardan foydalanish 40% ga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
1990 yilda dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan pestitsidlar 24,6 mlrd. dollarlik qiymatga ega bo‘lgan.
Hozirgi kunda bizning mamlakatimizda pestitsidlarning assortimentiga katta e’tibor berilmokda, yildan yilga o‘zgarib ekologik toza pestitsidlarni yaratish ustida ko‘p izlanishlar amalga oshirilmokda. Masalan: gerbitsidlarni bir yula sug‘orish suvi bilan berish, pestitsidlarni mineral o‘g‘it bilan qo‘llash shular jumlasiga kiradi.
O‘simliklarni himoya qilish O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga karashli O‘zbekiston respublikasi o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan boshqarilib ilmiy izlanishlar o‘tkazilib turiladi.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling