O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, fanning maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixstrrepla


Download 68 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1378014
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1404220789 52086


O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, fanning maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi

R e j a:

1. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari fanining qisqacha tarixi, hozirgi zamon ahvoli, o‘qitish maqsadi va vazifalari.
2. O‘simliklarni himoya qilish usullari,kimyoviy usulning tutgan o‘rni.
3. Pestitsidlarga qo‘yilgan talablar.
Respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom ashyoga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun jamoa, shirkatlar uyushmasi, fermer xo‘jaliklarida o‘simliklarni himoya qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Bunga agronomiya yunalishidagi talabalarni o‘simliklarni himoya qilish fanining barcha bo‘lim va qismlarini puxta eg‘allashlari orqali erishish mumkin.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishning o‘ziga xos ko‘plab tomonlari mavjud, ammo shularni ichida shular orasida yetishtirilgan hosilni zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar ta’siridan saqlash muhim muammolardan biridir.
O‘simliklarni himoya qilish respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash yulida bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning biridir. O‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy moddalardan foydalanish juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lsada, XIX asrga qadar amaliy ahamiyatga ega bo‘lmasdan kelgan, fan va texnikaning taraqqiyot etishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘plab yetishtirilishiga qaratilishi, o‘simliklarni himoyalashda kimyoviy moddalar- pestitsidlardan ko‘plab foydalanish kimyoviy kurashni rivojlantirishni taqozo etdi. Kimyoviy kurash boshqa usullar samarasi kam bo‘lgan hollarda tavsiya qilinib, o‘zining tez ta’sir etishi, yuqori biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi bilan farqlansada ko‘pchilik pestitsidlar o‘simliklar, oziq ovqat mahsulotlari, atrof muhitni nooqilona maqsadsiz qo‘llaganda birmuncha ifloslashi mumkin, chunki ayrim pestitsidlarning zararli ta’siri issiqqonli hayvonlar, o‘simliklarga yetarlicha o‘rganilgan emas. G‘alla ekinlarining qorakuya kasalliklariga mis birikmalari, tokning un shudring kasalligiga oltingugurt, kalorado qo‘ng‘iziga parij ko‘ki, tokning mildyu kasalligiga mis kuporosi va ohak aralashmasi qo‘llanilgan va yaxshi samaraga erishilgan.
Kimyoviy moddalar kimyo sanoatini rivojlanishi va fan yutuqlarining bu sohada erishilgan natijasi sifatida 1924 yilda zaharli moddalar ilmiy tekshirish laboratoriyasi, yigirmanchi yillar oxiriga kelib o‘simliklarni himoya qilish stansiyalari, 1929 yilda o‘simliklarni himoya qilish instituti (VIZR) tashkil etildi, 1931 yilda (NIUIF) o‘g‘itlar va insektoakaritsidlar buyicha ilmiy-tadqiqot instituti va keyinchalik (VNIIXSZR) o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari buyicha izlanishlar olib boruvchi ilmiy-tadqiqot instituti barpo qilindi.
Dunyo tajribasidan (FAO) ma’lumki qishloq xo‘jaligini juda ham tez sur’atlar bilan rivojlantirish dehqonchilikda yuqori texnologiya bilan bir qatorda o‘simliklarni ilmiy asoslangan himoyasiz qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori, sifatli mahsulot olish mumkin emas, zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar ta’sirida har yili 20-30% yalpi mahsulot nobud bulmokda, ayrim ekinlar bo‘yicha bu ko‘rsatkich yanada yuqori, chunki zararli organizmlar urchishi, rivojlanishi bir tekis kechmaydi ob-havo, tuproq-iqlim sharoitiga agroekologik, antropogen va ayrim paytda kutilmaganda ular depressiya, epizootiya va epifitotiya holatida bo‘lib mudhish hollarni tug‘dirishi mumkin. Masalan 2000 yilda Rossiyada chigirtkalarning ayrim turlari juda ko‘payib ketib katta zarar keltirdi. Tabiiyki o‘simliklarni himoya qilish muammolari hal kilinadi, qishloq xo‘jalik ekinlaridan turg‘un, samarali mahsulot yetishtirish qiyin bo‘ladi.
O‘simliklarni himoya qilish yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi, pestitsidlar assortimentida yangi samarali preparatlarni kiritib turish, oldini olish choralari, organizmlar urchishi rivojlanishini oldindan aniqlash, ishlov berish texnikasi va texnologiyasini mukammallashtirib borish lozim.
Hozirgi kunda kimyoviy usul dunyo miqyosida yetakchi usullardan hisoblanadi, buni qo‘yidagi jadval misolida ko‘rish mumkin.
O‘simliklarni himoya qilish fanini o‘qitishdan maqsad- talabalarni o‘simliklarning asosiy zararli organizmlari bilan tanishtirish va ularga qarshi samarali kurash usullarini o‘rgatishdan iborat.
Bu fanning asosiy vazifasi- o‘simliklarga zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar tomonidan yetkaziladigan zararni kamaytirish yoki unga butunlay barham berishdan iborat.
O‘simliklarni himoya qilish juda murakkab jarayon o‘ziga xos kompleks tadbirlarni o‘z ichiga oladi ya’ni:
1.Agrotexnikaviy
2.Karantin
3.Fizik-mexaniq
4.Biologik
5.Kimyoviy kurash usullari
1.Agrotexnikaviy (agrotexnik) kurash usuli qishloq xo‘jalik ekinlari, omborlarda saqlanayotgan mahsulotlarining zararkunandalariga qarshi kurashda olib boriladigan tadbirlari hisoblanadi.
Agrotexnikaviy tadbirlar o‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy, biologik, fizik-mexaniq tadbirlar bir qatorda umumiy tadbirlarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Agrotexnikaviy usul bir tomondan zararli organizmlarning xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan miqdorda paydo bo‘lishidan himoya qilsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni zararli organizmlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini oshirish, o‘simliklarning himoyalanish reaksiyasini kuchaytirishga qaratilgan. Almashlab ekish- uzluksiz bir turdagi ekin bir dalada ekilganda shu maydonda shu ekinning zararkunanda hasharot va kasalliklari to‘planib qoladi. Ekinlar almashtirilib ekilganda hasharotlar, zamburug‘lar, bakteriyalar, xatto begona o‘tlarning faol yashash sharoiti birmuncha buziladi.
Masalan bedapoyada fitonomus qo‘ng‘izi to‘planadi, karam kuyasi, karam qurti va boshqa ko‘plab hasharotlar ekinlar almashtirilmay ekilganda maydonlarda shu ekinlarga moslanib ko‘plab zarar keltiradi. Almashlab ekilganda ozuqasi o‘zgarishi bilan yashash sharoiti buziladi va miqdori va keltirgan zarari kamayadi.
Yerni ishlash- yerni o‘z vaqtida sifatli qilib ishlash sog‘lom va tez rivojlanadigan o‘simlik o‘stirib yetkazishga imkon yaratadi. Yerni haydash tuproqda yashovchi karadrina, simqurt, kuzgi tunlam va boshqa hasharotlarning miqdorini kamaytiradi, yashash sharoitini buzadi.
Ekish muddatlari - ekish muddatlari meteorologik agrotexnik, tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lsada, zararli organizmlarning urchishi, rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni ham tiklash imkoniya tini yaratadi.
Masalan g‘o‘za bitlari kechikib ekilgan g‘o‘zani ko‘proq zararlaydi, poliz burgasi ko‘p uchraydigan maydonlarga poliz ekinlarini biroz kechroq ekilishi tavsiya etiladi.
G‘allaning zang kasalligini tarqatuvchi zamburug‘ning rivojlanishi erta bahorda qishlab qolgan joylari va erta bahor ob-havosiga bog‘liq bo‘lishini hisobga olib ekinlarni ekish muddatini tanlash zang kasalligi bilan kasallanishini birmuncha oldini oladi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling