O'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari mundarija kirish I bob. O’simliklarning ko’payishi haqida tushuncha


O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi


Download 135.81 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.81 Kb.
#1571971
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mahlubax

2.3. O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi
Hozirgi zamon bujlogiyasi moddalar almashinuviga chuqur kirib bormoqda. Shuni aytib fitish lozimki, somatik hujayralarning fiziologiyasi, biokimyosi va genetikasini o'rganishda hujayra va to'qimalarning izolirlangan hujayralari juda qulaydir. Hujayra va to'qimalar izolirlangan kulturalari uslubining asosiy mohiyati shundaki, izolirlangan protoplastlardan tortib to murtakkacha qattiq nazorat ostida ustiriladi. Organlar, to'qimalar, o'simlik hujayralarining yoki protoplastlarning suspenziyasi oziqa muhitlarida ko'proq o'zida mineral oziqaning mikro va makroelementlari, qandlar (saxaroza yoki glyukoza), vitaminlar, aminokislotalar yoki kazein gidrolizati, fitogormonlar (sitokininlar, auksinlar, gibberellinlar va biologik faol moddalar) tutgan suyuq yoki quyuq agar-agarda o'stiriladi. Birinchi bor hujayra va to'qimalardan o'simlik olish mumkinligi G.Gaberland tomonidan 1902 yilda aytilgan. Ammo ushbu uslubni to'laligicha ishlab chiqqan olimlar amerikalik (AQSh) F. Uayt va frantsiyalik R.Gotredir (1932-1934). Keyingi yillarda izolirlangan hujayralar va to'qimalar bilan ishlashga katta etibor berilmoqda. Bu ishlar o'z ichiga izolirlangan murtak va organlarni agarli muhitda,saqlash, izolirlangan protoplastlarni suyuq muhitda va hujayra liniyalarini o’ta past haroratda muzlatib saqlash va boshqalarni oladi. Ushbu yo'nalishlardan har biri nazariy muammoni yechadi va ular amaliyotda qo'llaniladi. Masalan, jenshin o'simligi izolirlangan to'qimalarini ko'paytirib sanoat asosida dorivor moddalar olish yo'lga qo'yilgan.
Hozirgi vaqtda meristemalardan regeneratsiya usulida o'simlik olish o'simliklarning yuzdan ortiq turi uchun ishlab chiqilgan va ularning ko'pchiligi o'simliklarning genofondini saqlash va xushmanzara turlarini sog'lomlashtirish uchun qo'llanilmoqda. Masalan, kartoshka o'simligini viruslardan tozalashva mana shu usuldan keng qo'llanilmoqda Shuningdek yuksak o'simliklarning geofondi bankini yaratish uchun ularning o'sish nuqtalari, embrioidlarining meristematik to'qimalari uta sovuq (-196°C) holatda saqlanadi. Buning uchun izolirlangan to'qimalarni muzdan tushirish dasturi ishlab chiqilgan, yani hujayralarni zararlanishdan saqlaydigan maxsus kriprotektorlarni (glitsin, qandlar, etilenglikol va ularning hosilalari, polivinilpirrolidin va dimetilsulfoksid) qo'llagan holda harorat ~l°C G'daqiqa tezlikda pasaytirib boriladi. Ushbu krioprotektorlar avvaldan izolirlanuvchi hujayra va to'qimalarni muzlatishdan oldin qushiladi. Shuni aytib utish lozimki, o'simliklar genofondi bankini tashkil qilish yer yuzining hozirgi zamon zamon o'simliklar dunyosini saqlab qolishning asosiy usullaridan biridir. Hozirgi vaqtda bizning Respublikamizda ham izolirlangan hujayra va to'qimalar kulturalaridan foydalanib selektsiya materiallarini yaratishga katta etibor berilmoqda. Shunday izlanishlarning markazi mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutidir.
Hujayra seleksiyasi asosan kasalliklarga va sho'rlanishga, og'lr metallarga va noqulay haroratlarga chidamli o'simlik navlarini yaratishga qaratilgandir. Shuningdek hujayra selektsiyasi mutatsiyalar miqdorini oshiruvchi va o'simliklarning hujayra mutant liniyalarini yaratish maqsadida protoplast va gaploid hujayralar miqyosida mutagenlardan foydalanish uslubini ham o'z ichiga oladi. Somatik hujayralarning izolirlangan protoplastlarni qushish orqali hujayralarning va to'qimalarning yangi formalarini olish orqali o'simliklarning yangi formalarini olish, oddiy gibridlarni gibridlash tufayli olib bo'lmaydigan tajribalarni ham amalga oshirishga imkon beradi. Keyingi yillarda, ushbu ususlda sabzi, tamaki, kartoshka va boshqa o'simliklarpning gibridlari yaratilgandir. Shuningdek keyingi yillarda amaliyotda Tomatdoshlar oilasi vakillari kartoshka (Solanium tuberosum L.) bilan pomidori (Solanium esculentum L.) hamda Karamdoshlar oilasining vakillarining Arabidopsis thaliana va Brassica campestris (dala karami) turlararo gibridlar olingandir.
Somatik gibridlash va transgenoz, yani hujayra (protoplastga) makromolekulalar orqali begona ma’lumotlarni kiritish, xususan bakteriyalarning genlarini kiritish o'simliklarning yangi formalarini yaratishda qoplanilishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda avvaldan kasalliklardan tozalab olingan poya meristemalaridan klonlash orqali o'simliklarni ko'paytirish uslubi keng qo'llanilmoqda. Ushbu uslub bilan manzarali gullar (lola, chinnigul, georgina va boshq.), danak-mevali (malina, gilos, olma va boshq.) texnik ekinlar (xmel, lavlagi) va boshqalarning yangi navlarini yaratish iqtisodiy jihatidan foydalidir. Ammo bu uslub kartoshkaning yangi navlarini yaratishda ayniqsa qul keladi. Chunki kartoshka texnik ekinlar orasida eng ko'p viruslar bilan zararlanadigan o'simlikdir.
Kartoshka tuganaklarini issiqlik bilan ishlash yani o'sayotgan tuganaklarni 37-38°C atrofida qizdirish ham ajratib olinayotgan virussiz meristemali zonani 60-100 mkm.dan 150-250 mkm.gacha oshirishga olib keladi. Bu esa meristemalardan olinayotgan o'simliklar regeneratsiyasini 60-100%yetkazishga yani 10 marotaba oshirishga yordam beradi.
Umuman olganda to'qimalar kulturalari tufayli sog'lomlashtirish kartoshka hosildorligini 1,2-2 marotaba oshirish imkonini berishi mumkin.
O'simliklarning jinsiy ko'payishi ularning yoshiga qarab yoki yarovizatsiya va fotoperiod ko'rsatkichiga qarab gullash induktsiyasidan boshlanadi. O'simliklarning jinsiy ko'payishi bo'yicha yani fotoperiod yani kun va tun uzunligining gullashga ta’siri bo'yicha o'simliklarni, befarq, uzun kunli, qisqa kunli yoki uzun-qisqa kunli va boshqalarga bo'lish mumkin. Fotoperiodik ta’sirlar barglar tomonidan qabul qilinadi va fitoxrom ishtirokida amalga oshiriladi. Ehtimol barglarda gullash gormoni bo'Igan va tarkibiga gibberellin hamda antezin kiruvchi florigen sintezlanishi mumkin.
Uzun kunli o'simliklarda antezinning miqdori yetarli ammo ularga uzun kunda sintezlanuvchi gibberellin gormoni yetishmaydi. Qisqa kunli o'simliklarda esa gibberellinning miqdori yuqori bo'lib, qisqa kunli fotoperiodda sintezlanuvchi antezin yetishmaydi. Barglarda sintezlangan florigen o'simlikning vegetativ apeks qismlariga o'tib floral apekslarning (evokatsiya) hosil bo'lishini tezlashtiradi. Ikki uyli o'simliklarda jinsning differentsiallanishi genotip tufayli gormonlar miqdorining nisbati tufayli yuzaga chiqadi. Jinsiy ko'payishning keyingi bosqichlari gulning rivojlanishini, changlanish, urug'lanish, urug' va mevalarning shakllanishini o 'z ichiga oladi.
O'simliklarda vegetativ ko'payish usuli juda keng tarqalgandir. Ayrim hollarda vegetativ ko'payish uchun zarur bo'Igan gormonlarning sintezlanishi uchun ham zarur bo'Igan muqobil fotoperiodik rejim talab qilinishi mumkin.
O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi evolyutsiya davomida muhim bir joyda o'tganligi sababli ularda bir qancha hayotiy harakatlanish mexanizmlari vujudga kelgan. Bu hol o'z navbatida ularning quyosh nurlaridan va tuproq oziqasidan keng foydalanishga va yashash uchun kurashga yordam beradi.
O'simliklarning harakatlanish usullari. Ma’lumki, o'simliklar evolyutsiya jarayoni mobaynida o'troq yashashga moslashgandir. Shuning uchun ularning o'suvchi organlari tashqi ta’sirlarga o'z harakatlari bilan javob reaktsiyalarini beradi.
Harakatlanish-bu organizm yoki uning qismlarining tuproq va havo muhitida siljishidir. Metabolik energiya sarflanishi bilan boradigan faol harakatlanish barcha organizmlar uchun xosdir. O'simliklarning faol harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi oziqlanish, himoyalanish va ko'payish uchun zarurdir. Ko'pchilik o'simliklarning harakatlanishi juda ham sekin borganligi sababli ularni ko'z bilan ilg'ash qiyin. O'simliklarning tepa novdalari va ildiz uchlari aylanma (nutatsiya) harakatlanadi. Shuningdek novdalar va barglar quyosh nurlari tomonga intiladi (tropizmlar). Gullarning ochilishi va yopilishi tun va kunning almashishiga (nastiyalar) bog'liq. Ushbu barcha holatlarni seytrafer pribori yordamida kuzatish mumkin. Masalan mimozalar, uyatchanlar, hashororxo'rlar va boshqalarning harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi o'ta tez ro'y beradi. Shuningdek hujayra ichkarisidagi sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi, bir hujayralilarning xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanishi ham juda tez sodir bo'ladi.
O'simliklarning (zamburug'laming giflari, changchi naychalari, ildiz tukchalari) harakatlanishi ayrim hollarda ularning tepa qismlarining o'sishi tufayli ham bo'lishi mumkin. Avval aytib o'tganimizdek turgorning o'zgarishiga nisbatan barg og'izchalarining ochilishi va yopilishi ro'y beradi. Ammo xivchinlilardan boshlab barcha o'simliklarning harakatlanishi ularning o'sishi bilan bog'liqdir. O'simliklardagi harakatlanish, qisqaruvchi oqsillar tufayli bo'ladigan hayvonlardagi harakatlanishdan farqli o'laroq, osmotik harakatlanishga asoslangandir.
O'simliklarning harakatlanishi usullarini quyidagilarga bo'lib qarash mumkin:
1. Sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi.
2. Xivchinlar yordamida harakatlanish.
3. Ildiz tukchalaridagi, changchi naychalaridagi va moxlarning protonemasidagi kabi yuqoriga o'sish harakatlari.
4. O'sish harakatlari (o'q organlarining uzayishi, aylanma nutatsiyalar,
tropizmlar: foto-, geo-, xemo-, termo va boshqalar, o'sish nastiyalari: foto-, termo- gigro-).
5. Turgor harakatlari (barg og'izchalarining harakatlari, sekin turgor harakatlari-nastiyalar, jadal turgor harakatlari-seysmonastiya). Bularga qo'shimcha qilib harakatlanishning loqayd formalarini, masalan sporangiylar va mevalarning yorilishini ko'rsatishimiz mumkin. Shuningdek hayvonlar va shamol tufayli bo'ladigan changlanish hodisasi ham harakatlanishning faol bo'lmagan bir ko'rinishidir. Evolyutsiya jarayonida ushbu harakatlanish uchun xilma xil moslanishlar vujudga kelgandir.
Yuqoridagi harakatlanish xillaridan faqatgina birinchi ikkitasi o'simliklar va hayvonlar uchun birdek xos.bo'lib qisqaruvchi oqsillar tizimi ishtirokida yuz berib harakatlanishning muskullarsiz turiga xosdir. Qolgan barcha harakatlanish xillari faqatgina o'simliklargagina xosdir.

Xulosa
Yuqorida aytib o'tilganidek, o'simliklar vegetativ ravishda ham sun'iy, ham tabiiy ravishda ko'payadi. Tabiiy vegetativ ko'payishning eng keng tarqalgan usullari yetuk o'simlikning ixtisoslashgan tuzilmalaridan yangi o'simlik rivojlanishini o'z ichiga oladi. Vegetativ ko’payish xozirgi kunda urug’idan yaxshi unib chiqmaydigan o’simliklarni ko’paytirish uchun qulay jarayon hisoblanadi. Vegetativ ko’payish bog’dorchilikda hamda qishloq xo’jaligida hozirgi kunda muhum ahamiyat kasb etadi. Dunyo aholisi ko’payib borayotgan bir payti o’simliklarni yangi oziqbop navlarni yaratishda ko’payishni bu usulidan kengroq foydalanish zarur. Bu kurs ishida vegetativ ko’payishni turlari va ularni ahamiyati yaxshiroq yoritilgan. Bu usulni yaxshiroq o’rganish hamda uni amaliyotga tadbiq etish kur ishimni asosiy maqsadi desa bo’ladi. Bu usullarni zamonaviy davrda qo’llash samarali natija beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Mustafaev S. Botanika. «O’qituvchi», 2002 . 2. Velikanov L.I. va bosh. Tuban o‘simliklar. Moskva, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschadan qisqartirilgan tarjima).
3. Kurs nizshix rasteniy. Pod red. Gorlenko M.V., M, «visshaya shkola», 1981. 4. V. A. Burigin., F. X. Jonguzarov Botanika “O’qituvchi” T.: 1977. 5. V. A. Kursanov., N. A. Kamarnitskiy va bosh. – Botanika “O’qituvchi” 1977. I II tom.
6. I. Hamdamov., P. Shukrullayev va boshqalar – botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990.
7. S. Soxabiddinov “O’simliklar sistematikasi” I II bob. “O’qituvchi” T.: 1976.
8. Hamidov “O’simliklar geografiyasi” “O’qituvchi” T.: 1984.
9. F. Kamilova., Jongurazov., Botanikadan amaliy mashg’ulotlar. T. “Mehnat”, 1986.
10. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. “O’qituvchi” 1995.



Download 135.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling