O'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari mundarija kirish I bob. O’simliklarning ko’payishi haqida tushuncha


Download 135.81 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.81 Kb.
#1571971
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mahlubax


O'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. O’simliklarning ko’payishi haqida tushuncha…………………....…....5
1.1. Jinsiz ko’payishi haqida umumiy ma’lumot……………………….................5
1.2. Jinsiy ko’payish haqida umumiy ma’lumot ……………………......................8
II BOB. Vegetativ ko’payish va uning turlari ……….......................................13

    1. Ildizpoya, tugunaklar,jngalaklar,ildiz

bachkisi va piyozboshlar yordamida ko’payish ………..................................….20
2.2. O’simliklarning ayrim bo’laklari yordamida ko’payish …………................15
2.3. O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi..........................19
Xulosa………………………………………………………………………..........24
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….....……………………..26

KIRISH
Har qanday tirik organizm uchun nafas olish, oziqlanish, rivojlanish, ko‘payish va oxirida nobud bo‘lish kabi jarayonlar xosdir. Barcha tirik organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko’payish deb ataladi. O’simliklar dunyosida ko’payish usullari juda xilma-xildir. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xili mavjud. Tuban va yuksak o‘simliklar uch xil ko’payish: jinssiz, vegetativ va jinsiy ko’payish usullari bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ikki xil hayotiy xususiyatga ega bo‘lgan jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham jinsiy ko‘payish jinsiy yangilanish deb ham yuritiladi. Jinssiz ko‘payish ham jinsiy ko‘payish ham maxsus ko‘payish uchun xizmat qiluvchi hujayralar yordamida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida ko‘payishdir. Sporaning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u ikkinchi bir hujayra bilan qo‘shilmay turib, yangi individ hosil qiladi. Ikkinchidan, u ona o‘simlikdan har doim ajralib chiqib, ushbu turni uzoq masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. O‘simlik sporalari uning tarqalishida va ko‘payish jarayonida har xil rol o‘ynashi mumkin. Ko‘pchilik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlari hamda zamburug‘lar sporalarining o‘sishi natijasida ona organizm o‘xshash yosh individ rivojlanadi va ko‘payish jarayonini tugallaydi. Suvo‘tlar va barcha sporali yuksak o‘simliklarda yangi individning qayta tiklanishi faqat sporalar yordamida ko‘payish bilan jinsiy jarayonlarning birgaligida amalga oshadi. Vegetativ ko'payish tufayli o'simliklar tezda joylashib, yangi hududlarni egallaydi. Ba'zi hollarda urug'larni ko'paytirish qiyin va vegetativ ko'payish yagona mumkin bo'lgan usuldir. Bundan tashqari, vegetativ ko'payish odamlar tomonidan qishloq xo'jaligi va manzarali o'simliklarni ko'paytirishda faol qo'llaniladi, chunki. qimmatli nav xususiyatlarini saqlashga imkon beradi. Urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklar hamda yo’qolib ketishi xavfi bor o’simliklarni saqlab qolish uchun vegetativ ko’paytirishdan foydalanish maqsad qilingan. Yangi navlarni yetishtirish uchun ham bu ko’payish turidan foydalanish nazarda tutilgan.

Download 135.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling