O‘SIMLIKLARNING ATROF MUHIT VA EKOLOGIK OMILLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATI - Muhit va ekologik omillar
- Yashash muhiti deb tabiatning bir-biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi.
- Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi.
- Muhit elementlarining turlar moslashish reaksiyasini chaqiruvchi omillari ekologik omillar deyiladi.
- Organizmlar murakkab va o‘zgaruvchan dunyoda yashab, ular o‘z hayotini asta-sekin shunga moslashtirib boradi.
Evolutsion taraqqiyot davomida organizmlar to‘rtta asosiy hayot muhitini o‘zlashtirgan. - Evolutsion taraqqiyot davomida organizmlar to‘rtta asosiy hayot muhitini o‘zlashtirgan.
- Ulardan birinchisi-suv muhiti. Hayot suvda paydo bo‘lgan va tarqala boshlagan.
- Keyinchalik tirik organizmlar yer-havo muhitini egallagan.
- Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi.
- Hayotning o‘ziga xos to‘rtinchi muhiti bu tirik organizm tanasidir
- Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha "adaptasio" — moslashuv).
- Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, mavjudotlarning yashab qolishi va ko‘payishini ta’minlaydi.
- Sharoitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik sistema faoliyatigacha bo‘lgan darajada vujudga keladi.
Muhit-ayrim organizmlar, populatsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga kо‘payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatadigan tirik va о‘lik tabiatning barcha sharoitlariga aytiladi. - Muhit-ayrim organizmlar, populatsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga kо‘payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatadigan tirik va о‘lik tabiatning barcha sharoitlariga aytiladi.
- Ekologik omillar deb, muhitning mavjudodlarga ta’sir qiluvchi ayrim elementlariga aytiladi.
- Ekologik omillar quyidagi guruhlari ajratiladi:
- Abiotik omillar.
- a) iqlim omillari-yorug‘lik, harorat, namlik;
- b) edafik omillar-tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari;
- v) orografik omillar-relef sharoitlari
Do'stlaringiz bilan baham: |