O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3

Xemotropizm . Tropizmning ushbu ko'rinishi o'simlikka kimyoviy moddalar ta'sir etganda nomoyon bo'ladigan harakatlanishdir. O'simlik buning natijasida o'zining ildiz va so'rg'ichlarini ozuqa tomonga qaratadi. O'simlik ildizlari tuproqdagi organik va mineral o‘g‘itlar tomonga qarab o'sadi va ulardan unumli foydalanadi (musbat xemotropizm). Bu yerda shuni aytib o'tish lozimki, moddalarning muhitdagi miqdoriga qarab kimyoviy birikmalarga nisbatan harakat manfiy yoki musbat bo'lishi mumkun. O'simlik ildizlaridagi xemotropizm sezgirligi ildiz uchlarida joylashgandir. O'simliklarda suvda eruvchi kimyoviy birikmalardan tashqari gazsimon birikmalarga nisbatan ham xemotopizm bo'lishi mumkun.





Gidrotropizm. Bu o'simlik ildizlarining zamburug' giflarining tuproq tarkibidagi namlik tomonga harakatlanishidir. Masalan, o'simlik ildizlari doimo tuproqda namlik ko'p bo'lgan tomonga qarab o'sadi.


Tigmotropizm. Bu o'simliklarga tekkandagi javob reaksiyalari bo'lib o'sish davomida buralishlar yuz berishi bo'lib, ayrim hollarda tigmotropizm ham deyiladi. Masalan, koleoptileyning tigmotropik harakatlari, devorlar va daraxtlarga o'rmalab o'suvchi ayrim o'simliklarning gajaklari, havo ildizlarining uchki qismlari va ko'pchilik o'simliklardagi barglar bandlarining buralishlari. Shuni aytib o'tish lozimki, barcha tigmotropik (ta'sirga javob reaksiyasiga ega) o'simliklarda qo'zg'atuvchilar ta'sirini qabul qiluvchi o'ziga xos moslamalari bo'ladi.



Termotropizm. Tropizmning ushbu turi o'simliklarga haroratning ta'siri natijasida sodir bo'ladigan harakatlanishdir. O'simlik o'sayotgan muhitda harorat notekis tarqalganda, ildiz va poyada egilish paydo bo'lishi mumkun. Ushbu holatda ham musbat va manfiy termotropizm kuzatiladi. Masalan, no'xot o'simligida 32 C haroratdan past ko'rsatgichda musbat egilish, undan yuqori bo'lganda esa manfiy egilish sodir bo'ladi. Tajribalarda no'xot o'simligiga yaqin joyning harorati 26 C dan 41 C gacha ko'tarilganda uning ildizlari qizdirilgan joyga nisbatan burilishi 5 marotaba oshgan ( manfiy termotropizm).
Elektrotropizm (galvanotropizm). Ushbu holat o'simlik orqali elektr toki yuborilganda yoki o'simlikning organlarini elektr maydoniga joylashtirganda sodir bo'lishi mumkin. Masalan, koleoptilning apikal zonasi bo'ylab 2 daqiqa davomida 20 mkA tok yuborilsa uning egilishi kuzatiladi. Shuningdek ,maysalari yuqori kuchlanishli (1sm yuzaga nisbatan yuzlab volt kuchlanish) kondensator plastinkalari orasida joylashtirilsa novda musbat zaryatka , ildiz esa manfiy zaryadlangan plastinkalari tomonga buriladi.
Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling