O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3


Reja;

  1. Kirish
    2. O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot .

3 Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot.
4. O'sishning nastik harakatlari;
5. Xulosa;
6. Foydalandigan adabiyotlar,

O'simliklarning Harakatlari.



O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi evolyutsiya davomida muhim bir joyda o'tganligi sababli ularda bir qancha hayotiy harakatlanish mexanizmlari vujudga kelgan. Bu hol o'z navbatida ularning quyosh nurlaridan va tuproq ozuqasidan keng foydalanishga va yashash uchun kurashga yordam beradi.
O'simliklarning harakatlanish usullari. Ma'lumki , o'simliklar evolyutsiya jarayoni mobaynida o'troq yashashga moslashgandir. Shuning uchun ularning o'suvchi organlari tashqi ta'sirlarga o'z harakatlari bilan javob reaksiyalarini beradi.
Harakatlanish - bu organizm yoki uning qismlarining tuproq va havo muhitida siljishidir. Metobolik energiya sarflanishi bilan boradigan faol harakatlanish barcha organizmlar uchun xosdir. O'simliklarning faol harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi oziqlanish , himoyalanish va ko'payish uchun zarurdir. Ko'pchilik o'simliklarning harakatlanishi juda ham sekin borganligi sababli ularni ko'z bilan ilg'ash qiyin. O'simliklarning tepa novdalari va ildiz uchlari aylanma harakatlanadi. Shuningdek, novdalari va barglar quyosh nurlari tomonga intiladi (tropizmlar). Gullarning ochilishi va yopilishi tun va kunning almashishiga (nastiyalar) bog'liq. Ushbu barcha holatlarni seytrafer pribori yordamida kuzatish mumkun. Masalan , mimozalar, uyatchanlar, hasharorxo'rlar va boshqalarning harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi o'ta tez ro'y beradi. Shuningdek, hujayra ichkarisidagi sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi, bir hujayralilarning xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanishi ham juda tez sodir bo'ladi.O'simliklarning ( zamburug'larning giflari, changchi naychalari, ildiz tukchalari) harakatlanishi ayrim hollarda ularning tepa qismlarining o'sishi tufayli ham bo'lishi mumkun. Avval aytib o'tilganimizdek , turgorning o'zgarishiga nisbatan barg og'izchalarinig ochilishi va yopilishi ro'y beradi. Ammo xivchinlilardan boshlab barcha o'simliklarning harakatlanishi ularning o'sishi bilan bog'liqdir. O'simliklardagi harakatlanish, qisqaruvchi oqsillar tufayli bo'ladigan hayvonlardagi harakatlanishdan farqli o'laroq , osmotik harakatlanishga asoslangandir.
O'simliklarning harakatlanishi usullarini quyidagilarga bo'lib qarash mumkun:
1. Sitoblazma va organoidlarning harakatlanishi.
2. Xivchinlar yordamida harakatlanish.
3. Ildiz tukchalaridagi , changchi naylaridagi va moxlarning protonemasidagi kabi yuqoriga o'sish harakatlari.
4. O'sish harakatlari ( o'q organlarining uzayishi, aylanma nutatsiyalar , tropizmlar: foto-, geo- , xemo-, termo va boshqalar , o'sish nastiyalari : foto-, termo-, gigro-.).
5. Turgor harakatlari( barg og'izchalarining harakatlari, sekin turgor harakatlari - nastiyalar, jadal turgor harakatlari- seysmonastiyalar). Bularga qo'shimcha qilib harakatlanishning loqayd formalarini, masalan, sporangiylar va mevalarning yorilishini ko'rsatishimiz mumkun. Shuningdek, hayvonlar va shamol tufayli bo'ladigan changlanish hodisasi ham harakatlanishning faol bo'lmagan bir ko'rinishidir. Evolutsiya jarayonida ushbu harakatlanish uchun xilma xil moslanishlar vujudga kelgandir.
Yuqoridagi harakatlanish xillaridan faqatgina birinchi ikkitasi o'simliklar va hayvonlar uchun birdek xos bo'lib, qisqaruvchi oqsillar tizimi ishtirokida yuz berib harakatlanishning muskullarsiz turiga xosdir . Qolgan barcha harakatlanish xillari faqatgina o’simliklargagina xosdir.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling