O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3

Organoidlarning harakatlanishi. Sitoplazma kabi undagi organoidlar ham doimo harakatlanishda bo'ladi. Masalan, eng katta organoid bo'lgan xloroplastlar faqatgina sitoplazma oqimi bilan birgalikda harakatlanib qolmasdan , balki uning o'zi ham muxtor ravishda harakatlanish xususiyatiga ega . Bu holni natella hujayralari sitoplazmasi misolida sinab ko'rish mumkun. Sitoplazma tomchisida ektoplazmaning yo'qligi sababli harakatlanish yo'q, ammo xloroplastlar bir soniyada bir maratoba aylanib turishadi. Xloroplastlar sitoplazmatik mikrofilamentlar tutami bilan miozin orqali bog'langan.
Uning molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Xloroplastlarning ATF molekulasi hisobiga aylanishi aktin va miozinning o'zaro ta'siri, ya'ni miozin molekulasi burilishi burchagining aktinga nisbatan o'zgarishi natijasida yuzaga keladi.
YUQORIGA O'SISH
Tuproq va havoda ildiz tukchalarining changchi naychalarining , zamburug' giflarining va moxlar protonemalarining harakatlanishi yuqoriga o'sish tufayli yuzaga chiqadi. Bu yuqori darajada qutblangan o'sish tipi bo'lib , unda hujayralarning o'qiga nisbatan qat'iy ravishda hujayra devorlari bo'ylab moddalar sintezi ro'y beradi. Yuqoriga o'suvchi hujayralarning uchki qismida turli elektron zichligiga ega bo'lgan vezikulalar, Golji apparati va Endoplazmatik retikulum hosilalari joylashgandir. Hujayraning boshqa organoidlari uning ushbu uchki qismidan birmuncha nariroqda joylashgandir.
Hujayralarning uchki o'suvchi qismiga xos xususiyatlardan biri bu sitoplazmada mikronaychalarning gumbazchasimon uchining yo'qligidir. Ular hujayraning silindrik qismida paydo bo'ladi. Yuqoriga o'sishning asosiy ishtirokchilaridan biri bu maxsus shiraning ajralishidir. Ushbu shiraning ajralishi esa Ca ionlarining miqdoriga bog'liqdir. Masalan, tradeskasiya o'simligi changchi naychalarining o'sishi uchun Ca miqdori 0,1-1,0 mkmol/l oralig'ida bo'lishi lozim.
Tajribalarda tasdiqlanishisha yuqorigi o'sish uchun shirasi vezikulalarning hujayraning uchki qismiga tashiluvi o'ta muhimdir. Ular o'zlari bilan birga biosintez uchun material va sintetaza fermentlarini tashiydi. Litik fermentlar yuqori turgor bosimiga qarshilik qilinmaydigan darajada hujayra devorini yumshatadi. Buning natijasida hujayra devorlari mikrofibrillari suriladi. Ushbu turgor bosimi tufayli cho'zilgan va bo'shashgan hamda oralari ochilgan joyga sintazning ishlashi uchun zarur bo'lgan yangi konponentlar kela boshlaydi. Hujayraning uchki qismida selulozaning mikrofibrillari qatiy bir o'lchamsiz yig'ila boshlaydi . Zamburug'larda esa xitin yi'g'iladi

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling