O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3

Fototropizm. Bu bir tomonlama yorug'lik ta'sirida o'simlikni manbaga burilish xususiyatidir. Bu hol xonada o'suvchi o'simliklarda yaqqol kuzatiladi. Fototropizm musbat va manfiy bo'lishi mumkun. Fototropizm o'simlikning faqatgina yer ustki organlariga xos bo'lib, xlorofilga bog'liq emas. Aksincha xlorofilsiz o'simliklar yorug'likni yaxshi sezadilar.
Fototropik sezgirlikni o'simlikning apikal qismidagi meristematij hujayra to'qimalari bajaradi. Fototropizmlar musbat yoki manfiy bo'lishi mumkin. Musbat fototropizm deganda yorug'likning yo'nalishi emas balki organlarning yoritilgan va qorong'ulik tomonlari o'rtasidagi farq tushiniladi. Manfiy fototropiz o'simliklarning ildizlarida kuzatilishi mumkun Barglar yorug'likga nisbatan perpendikulyar joylashib diafototropizm hodisasi ham yuzaga chiqarishi mumkun. Fototrofik bukilishlar yorug'lik tushgan va tushmagan tomonlarning har xil darajada o'sishiga bog'liqdir. Ammo o'simlikning qorong'ulik tomoni nisbatan tezroq o'sadi. Fototropizm hodisasi nisbatan bir Pallali o'simliklarda to'laroq o'rganilgandir. O'simlikning o'sishi jarayonida bukilishi uning uchki qismidan boshlanib So’ngra butun koleopteley bo'ylab tarqaladi. Fototropik reaksiyalarning belgilari tajriba boshlanganidan so'ng 20-25 daqiqadan keyin boshlanishi mumkun. Ammo uning yuzaga chiqishi 24 soatdan keyin bo'ladi.
Fototropizm chaqiruvchi nurlar spektrida bitta ultrabinafsha (370) va uchta ko'k nurlar (425, 445, va 474 nm) uchraydi. Ushbu nurlarning barchasi riboflavin, sitoxrom b5 va B-karotinlarning nur yutish zonalarida joylashgandir.
V.V. Polevoyning fikricha karotinoidlar o'simlik organining ikki tomoniga tushuvchi nurlarni konstatatsiyalovchi ekran vazifasini bajarishi mumkun. Riboflavin esa ko'k nurlarning kriptoxrom deb ataluvchi flavoproteinli retseptorlari tarkibiga kiradi. Makkajo’xori koleoptellari hujayralari plazmolemmasida flavoprotenga bog'liq oksidoreduktaza va sitoxrom b5 topilgan.
Shuni aytib o'tish kerakki, fototropizmning ro'y berishi auksin gormoni bilan tubdan bog'liqdir, ya'ni nisbatan ko'p yorug'lik olayotgan barglardan poyaga ko'p miqdorda auksin kela boshlaydi va poyaning shu yerga yaqin joylashgan bo'g'im oraliqlari tezroq o'sa boshlaydi. Auksin gormoning diafototropik bo'linishi o'z navbatida barg bandlari holatiga ham ta'sir qiladi va buning natijasida barglarning o'ziga xos yorug'likga tomon burilishi (《 barglar mozoikasi》) ro'y beradi.





Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling