O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot
Download 27.89 Kb.
|
kurs ishi 3
Hujayraning Ichki Harakatlari.
O'simlik hujayrasining sitoplazmasi doimiy harakatda bo'ladi. Hujayra ichki va tashqi ta'sirlarga o'z sitoblazmasining harakatlanishi yordamida javob beradi. Sitoblazmaning bir necha xil harakatlanishlari farqlanadi. Masalan, tebranuvchan ( spirogiradagi kabi hujayra komponentlarining tartiblashmagan harakatlari), aylanma harakat ( tradeskaniya va boshqa o'simliklar hujayralaridagi kabi vakuolani kesib o'tuvchi protoblazmaning ipsimon- naysimon hosilalari tufayli,) rotatsion harakatlar ( xara o'simlilgiga o'xshash suv o'tlarining bo'g'im oraliqlari hujayralari katta vakuolasi tufayli), fontansimon harakatlar ( ildiz tukchalaridagi kabi yuqoriga o'suvchi hujayralarda ), xuddi zamburug'lar giflarining uning o'sish tomoniga harakatlanishi ya'ni quyilish tipida bo'lishi mumkin. O'simliklarning sitoplazmasida muskullar tarkibida uchramaydigan aktin va miozin mavjud. Sitoplazmaning harakatlanishiga mikro-filamentlarning xossalari sabab bo'ladi. Har bir 50- 100 dona mikrofilamentlar birikib, diametri 5-6 nm bo'lgan va tarkibida F-aktin tutgan fibrilalarni hosil qiladi. Faol filamentlar , ATFaza faolligiga ega miozinning endoplazma bilan kompleksi ishtirokida faoliyat ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda sitoplazmani harakatlantiruvchi kuch sifatida aktin mikrofilamentlarining ektoplazma mikronaychalari bilan o'zaro ektop va endoplazmalar orasidagi bog'lar tufayli bo'ladi deb qaraladi. Sitoplazmaning harakatlanishi ATF energiyasining sarflanishi va Ca ionlarining 0,1 mkmol miqdordan kam konsentratsiyalari ishtirokida boradi. Agar Ca ionlarining miqdori 1 mkmol darajadan ortiq bo'lsa , unda xuddi natella hujayrasidagi kabi, sitoplazmaning harakatlanishini to'xtadadi. Bundan kelib chiqadiki , sitoplazmadagi qisqaruvchi oqsillarning faoliyati Ca ionlari konsentratsiyasiga va binobarin sitoplazmadagi harakatlanish jarayonlari ham bog'liqdir. Sitoplazmadagi kalsiy miqdorini oshishi uning gel (yarim suyuq) holatdan jelatina (yarim quyuq) holatiga o'tishiga olib keladi va harakatlanish sekinlashishi hamda to'xtashi mumkun. Jelatinlanish , aktin monomerlarining polimerlanishi va mikroflamentlar turlarining uchlamchi tuzilishga o'tishi natijasida sodir bo'ladi. Sitoplazmadan ortiqcha Ca ionlarini chiqarish Ca-ATFazalarning funksional faolligi yoki plazmolemmadagi , ehtimol endoplazmatik to'r va tonoplastda ham ro'y beruvchi H+/Ca almashinuvga bog'liqdir. Mitoxondriyalar ham ortiqcha kalsiy ionlarini yutishi mumkun. O'simlik hujayralaridagi Ca ionlarining deposi bo'lib, uning devirlaridagi poligalakturon kislotalari (pektinlar) xizmat qiladi. Sitoplazmaning harakatlanishi tezligi har xil hujayralar uchun turlichadir. Masalan, changchi naychalari va ildiz tukchalari sitoplazmasida 2-5 mkm/s bo'lsa , natella bo'g'im oraliqlari hujayralari sitoplazmasida 50 mkm/s va miksomitsitlar plazmodiylarida 1350 mkm/G/s atrofida . Bu yerda miozin molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi, dum tomoni bilan esa xloroplastlarning yuza qismi bilan ta'sirda bo'ladi Download 27.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling